Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Prognoz
-
ilmiy 
oldindan k o ’rishdir.
O ldindan k o ’rishning ilmiy turidan tashqari ilm iy b o ’lm agan 
turlari ham m avjud. B undan tashqari oldindan k o ’rishning ilmiy va noilm iy turlari 
oralig ’ida jo y lash g an
empirik oldindan aytish
ham m avjudligini qayd etish kerak.
Ilmiy b o ’lmagan oldindan ko'rish
fantastik, real b o ’lm agan, su n ’iy o ’ylab 
chiqilgan o ’zaro aloqadorliklarga tayanadi. K o’pincha esa bu "folbinning" 
o ’zigagina ayon b o ’layotgan "vahiylarga asoslanadi" - 
uning yagona maqsadi


odamning qarashlari va hatti-harakatida aslida asosi b o ’lmagan sabablarni qidirib 
topish va unga ishontirishdir. G ’oyibdan bilish, avliyolik, karom at qilish, fol (rom) 
ochish, astrologiya (yulduzlarga qarab rom ochish) va shu kabilar ilmiy b o ’lmagan 
oldindan ko’rishning shakllariga kiradi. Bunga shuningdek, payg’ambarlik ham 
kiradi. Yangi davrda vujudga kelgan ijtimoiy utopiyalam i ham mana shu guruhga 
kiritish mumkin. Ammo ulam ing noilm iy xarakteri ulam ing jam iyat hayotida
kishilam ing qism atida albatta salbiy rol o ’ynaydi, degan fikmi bildirmaydi. 
Tarixdan m a’lumki, diniy va ijtimoiy y o ’nalishdagi shunday qarashlar ju d a ko ’p 
hollarda ilg’or va ijobiy, hatto inqilobiy rol o ’ynaganlar.
Ilmiy oldindan k o ’rislt
ilmiy g ’oyaning natijasi b o ’lgan, ilmiy nazariyalar 
doirasida qonuniyatlami sistemali ravishda ilm iy-nazariy tahlil qilish asosida 
olingan va ulam ing am alga oshirilish sharoitlariga tayanuvchi oldindan ko’rishga 
aytiladi. Faqat ana shunday, y a ’ni real sharoitlam i tahlil qilishga asoslangan 
oldindan ko’rishgina "bashoratning" mum kin qadar ishonchliligini ta ’minlashi va 
unga asoslangan hatti-harakatlarga q at’iylik bera olishi mumkin hamda 
kelajakning ehtimol tutilgan va zaruriy tendensiyalarini aniqrok k o ’rishga imkon 
beradi. Kelajakni to ’liq va absolyut aniq bilish hech qachon ilmiy oldindan 
ko ’rishning o ’ziga xos belgisi b o ’la olmaydi. Bunday bilim, aslini olganda
mantiqiy jihatdan bem a’nilikdir. Prognozlashtirish o ’tmish va hozirgi paytdagi 
hodisalam ing qanday kechganligi v a o ’zgarishlari tendensiyalarini o ’zaro 
solishtirish asosida ulam ing zaruriy va ehtimoiy kelajagini aytish mumkin b o ’lgan 
chegaralargacha oldindan aytishi mumkin. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u 
qonunlam i bilishga va haqqoniy m etodikaga suyanadi, prognozlashtirilayotgan 
voqelik o ’zgarishini nazarda tutib, uning natijalari tekshirilishi, aniqlashtirilishi va 
yanada rivoj 1 antiri 1 ishi mumkin.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling