Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Huaiici - boshaarnvnins iitimoiv-sivosiv instituti sifatida


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

4. Huaiici - boshaarnvnins iitimoiv-sivosiv instituti sifatida
H uquqning vujudga kelishi haqidagi g ’oyalar davlatning kelib chiqishi 
haqidagi konsepsiyalar bilan m ustahkam aloqadorlikda bo ’lib, albatta o ’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Huquq tarkib topishi m asalalari k o ’pincha huquqiy boshqaruv 
m exanizm i v a huquqning tabiati, mohiyati va aham iyati m uam m olari bilan 
birgalikda k o ’rib chiqiladi.
Huquq shunchalik darajadi o ’ziga xos, m urakkab va ijtim oiy aham iyatga 
m olik hodisaki, unga b o ’lgan ilmiy qiziqishlar asrlar’m obaynida nafaqat y o ’qolib, 
balki tobora kuchayib borm oqda. H uquqning o ’zi qanday hodisa ekanligi 
to ’g ’risida k o ’plab ilmiy g ’oyalar, y o ’nalishlar va nuqtai nazarlar mavjud.
Hozirgi zam on fanida "huquq" iborasi bir necha m azm unda q o ’llaniladi. 
B irinchidan, kishilarning m uayyan d a’volari (talablari) huquq deb ataladi, m asalan
- yashash huquqi yoki yuqorida eslatib o ’tilgan xalqlam ing o ’z taqdirini o ’zi 
belgilash huquqi. Bunday talablar insonning tabiati bilan belgilangan va "tabiiy" 
huquqlar deb hisoblanadi. Tabiiy-huquqiy qarashlarning ibtidosi qadim gi dunyoga 
borib taqaladi: "Q onun kishilar hayotiga yordam berishga intiladi. Am m o bunga 
fuqarolam ing o ’zlari baxtli yashashni xohlasalargina erishish m um kin; qonun unga
112


bo'ysunuvchilar uchun - ularning o ’z yaxshi fazilatlaridan dalolat xolos", - deb 
yozgan edi D emokrit. Tabiiy-huquqiy nazariyalar natijasida huquq va qonunni bir 
biridan farqlash imkoniyati vujudga keldi, ular huquq va axloqni konseptual 
jihatdan birlashtirishdi.
Ikkinchidan, huquq deganda yuridik norm alar tizimi, y a ’ni davlat tomonidan 
o ’m atilgan um um m ajburiy qoidalar tushuniladi, ularning buzilishi esa yuridik 
javobgarlikni vujudga keltiradi (huquqning ob ’ektiv m a’nosi). "Huquq" iborasi 
"konstitutsiyaviy huquq", "jinoyat huquqi", "xalqaro huquq" va shu kabi so’z 
birikm alarida aynan ana shu m a’noda ishlatiladi. 
"Huquq" iborasi shunday 
m a’noda k o ’plik shaklida ishlatilmaydi. Norm ativ huquq nazariyasining asoschisi 
G .K elzenning fikricha, huquq "asosiy norma" boshchilik qiluvchi ierarxiyali 
"piram ida"ga o ’xshaydi. Bunday piram idada har qanday norm a o ’z o ’m iga ega, 
uning yuridik kuchi o ’zidan yuqorida turuvchi norm alarga buysunishi bilan 
belgilanadi. Huquqni ushbu nazariya doirasidagi hozirgi qarashlarni quyidagi 
sxem a orqali aks ettirish mumkin:
• H uquq - bu norm ativ aktlarda (tekstlarda) bayon etilgan o ’zaro bog’liq va 
o ’zaro ta ’sir etuvchi norm alar tizimidir;
• H uquq norm alari davlat tom onidan chiqariladi, unda qonun darajasiga 
k o ’tarilgan davlat irodasi aks ettiriladi;
• H uquq normalari eng m uhim ijtimoiy m unosabatlam i boshqaradi;
• H uquqning o ’zi va uning am alga oshirilishi zaruriy hollarda davlatning 
m ajbur etuvchi kuchi orqali ta ’minlanadi;
• H uquqiy m unosabatlarning vujudga kelishi, huquqiy ongning tarkib 
topishi, huquqiy faoliyat norm alarga bog’liq bo ’ladi.
Uchinchidan, fuqarolam ing yoki yuridik shaxslar (tashkilotlar) hatti- 
harakatining rasm iy tan olingan imkoniyati chegaralariga ham huquq deyiladi. SHu 
m a’noda, fuqarolar mehnat qilish, dam olish, sog’lig’ini saqlash, ijtimoiy ta ’m inot 
va shu kabi, tashkilotlar esa m ulkka egalik, davlat va ijtimoiy hayotning muayyan 
sohasida faoliyat k o ’rsatish huquqlariga ega. Bu holatlarda huquqning sub’ektiv 
mazmuni haqida fikr yuritilm oqda, chunki bunda huquqning u yoki bu sub’ektiga 
tegishli huquq nazarda tutilm oqda. Asosiy huquq va erkinliklarning qonunchilikka 
nisbatan birlam chiligini ta ’kidlaydigan tabiiy-huquqiy nazariyadan farqli ravishda 
pozitivizm deb atalgan qarash sub’ektiv huquqni davlat tomonidan tashkil etilgan 
o b ’ektiv huquqqa b o g ’lab q o ’yadi. Bu nazariyaga muvofiq jism oniy va yuridik 
shaxslar "pozitiv" huquqda, y a’ni davlat tomonidan o ’rnatilgan qonunchilikda 
belgilangan huquqlargagina egadir, bu huquqlar davlat tom onidan tan olingan va 
ularga 
"sovg’a 
qilingan"dir. 
Pozitivizm da huquq 
va 
qonun 
bir biriga 
tenglashtiriladi.
H ar qanday 
m illiy 
huquqiy tizim ming-minglab yozm a normalar 
y ig ’indisidan iborat b o ’lgan g ’oyat yirik hodisadir. Shuning uchun huquqning u 
yoki bu norm alari tom onidan boshqariladigan ijtimoiy m unosabatlar (huquqiy 
m unosabatlar) m azm uniga bog’liq holda ham da m o’ljallashni osonlashtirish uchun 
huquq tizim lari sohalarga ajratiladi. Huquqni sohalarga ajratishning asosiy belgisi 
u yoki bu huquq sohasi boshqaradigan ijtimoiy munosabatlarning bir tarkibli
113


ekanligidir. M asalan. fuqarolik huquqi mulkiy (m ol-m ulk, tovarlar va xizm atlar 
ishlab chiqarish va ulardan foydalanish va shu kabi) va u bilan b og'liq nom ulkiy 
(m ualliflik huquqi, ism -sharifini, tasvirini, or-nom usini, qadr-qim m atini him oya 
qilish va shu kabi) m unosabatlarni boshqaradi. M ehnat huquqi ish beruvchi va 
ishchining ish vaqti, m ehnatga haq to ’lash, m ehnatning ishlab chiqarish va ijtimoiy 
sharoitlari b o ’yicha o ’zaro m unosabatlarini boshqaradi. Jinoyat huquqi jism oniy 
shaxslarning qanday hatti-harakati jam iyat uchun xavfli ekanini aniqlaydi va ulami 
am alga oshirganlik uchun javobgarlik doirasini belgilab beradi.
Y uqorida aytilgandardan huquq um um ijtim oiy m ohiyatga ega ekanligi 
haqida xulosa chiqarish m um kin. U jam iyatning barcha a ’zolari m anfaatlariga 
xizm at qiladi, ijtimoiy aloqalam ing rivoji, barqarorligii, tartibi va tashkiliyligini 
ta ’m inlaydi. Insonning huquqni qanday tushunishidan uning o ’z erkinligi 
chegaralarini tushunishi, dem akki, uning o ’z huquqlari doirasidagi erkinligi, 
jam iyatning esa davlat shaklida ushbu erkinliklarning him oyasida turganligi ayon 
b o'ladi. H uquq (sub’ektiv m a’noda) - bu oddiy erkinlik emas, balki kafolatlangan, 
tajovuzlardan him oyalangan erkinlikdir. H uquq sharofati bilan "yaxshilik" hayot 
norm asiga aylanadi, "yom onlik" esa ana shu norm aning buzilishi sifatida 
tushuniladi.
Shu bilan bir qatorda xalqaro huquq haqida ham bir necha o g ’iz fikr bildirish 
lozim. U k o 'p in ch a "xalqaro m unosabatlarni boshqaruvchi tam oyil va norm alar 
y ig ’indisi" sifatida ta ’riflanadi. "Xalqaro huquq" iborasini ingliz mutafakkiri I. 
Bentam (1748-1832) ta k lif etgan, u ushbu ibora davlatlam ing o ’zaro aloqalarini 
(m unosabatlarini) bildiradi, deb hisoblagan. K eyinchalik bu fikr yuristlar 
tom onidan qabul qilinib, xalqaro m unosabatlar deganda faqat davlatlararo huquqiy 
aloqalar tushunila boshlagan. Hozirgi paytda esa xalqaro huquq boshqacharoq, 
kom pleksroq tushunilishi kerak. H ozirgi xalqaro m unosabatlar ijtimoiy hayotning 
ju d a turli sohalarini - iqtisodiy alm ashuvlardan tortib sport m usobaqalarigacha -
qam rab oladi. Ularning qatnashchilari ham turli-tum an, unda davlatlar, davlat 
birlashm alari va hatto oddiy individlar ham bor. Xalqaro ham jam iyatning 
xarakteristikasi ham noyobdir: qonunchilik, ijroiya va sud hokim iyatlariga 
b o ’linuvchi davlatlardan farqli ravishda xalqaro darajada ana shunday vazifalam i 
bajaradigan organlar y o 'q . Shuning uchun ana shu ham jam iyat a ’zolarining 
m unosabatlarini boshqaruvchi huquqiy norm alar ham noyob va qaytarilm asdir.
H aqiqatan ham, xalqaro huquqning k o ’pchilik normalari jism oniy yoki 
yuridik 
shaxslarning 
em as, 
davlatlam ing 
hatti-harakatini 
boshqarishga 
y o ’n altirilgan. Chunki aynan davlatlar ja h o n m aydonidagi asosiy harakat qiluvchi 
kuchlarni tashkil etadilar. Biroq tarixiy taraqqiyot davom ida birorta davlat yoki 
davlatlar guruhi jahon ham jam iyatiga o ’z irodasini "o’tkaza" olm adi; aksincha, 
xalqaro m a ’m uriy m unosabatlar ham uzuq-yuluq va nobarqarordir. A lbatta. siyosiy 
va harbiy ittifoqlar tuzilishi shuni k o ’rsatadiki, u yoki bu davlatlar guruhining 
m anfaatlari u la r o ’rtasidagi o ’zaro m unosabatlam ing muayyan darajada o ’zaro 
m uvofiqlashtirilishiga olib keladi. A m m o universal xalqaro hokim iyat tizimlari 
m avjud em as: hatto BM T X avfsizlik K engashi ham "butun jahon hokim iyati" 
em as, 
bu tashkilotning Bosh A ssam bleyasi "um um jahon parlam enti" emas, 
X alqaro S udning qarorlari esa ham yuridik, ham siyosiy jihatdan chegaralangan.
114


S ub’ektlam ing 
o ’zaro 
munosabatlari 
oxir-oqibatda 
vertikallik 
tam oyilga 
asoslanuvchi m illiy huquqiy tizim lardan farqli ravishda xalqaro m unosabatlar 
asosan gorizontal hisoblanadi. X alqaro huquq uning m ohiyatini ifodalovchi 
kam ida uchta xarakterli xususiyatga ega:

X alqaro-huquqiy 
boshqarish 
o b ’ekti 
davlatlararo 
m unosabatlar 
hisoblanadi. Bu m unosabatlar xalqaro huquqning o b ’ektiv chegaralarini belgilab 
beradi. M illiy huquqiy tizim lar davlatlarning suveren tengligi tamoyili jihatidan 
ham, huquqiy tizim larning turli-tum anligi uchun ham davlatlararo m unosabatlam i 
boshqarishga qodir emas, albatta. Xuddi shuning uchun xalqaro normativ 
tizim larning eng munozarali masalasi tu g ’iladi: m illiy va xalqaro huquqning 
norm alari o ’zaro qanday munosabatda bo ’ladi? M onistik qarash tarafdorlari m illiy 
va xalqaro huquq b o ’linm asdir, chunki har qanday yuridik norm alarning tabiati 
birdir, deyishadi. Dualistik qarash tarafdorlariesa, milliy va xalqaro huquqni bir- 
biridan ajratishadi, chunki ularning boshqarish ob ’ektlari va ularga ta ’sir etuvchi 
yuridik vositalar turlichadir. Milliy huquqning xalqaro huquqdan ustunligi 
tarafdorlari esa xalqaro va m illiy huquq normalari o ’rtasidagi ziddiyatni milliy 
huquq foydasiga hal qiladilar. Nihoyat, hozirgi paytda keng tarqalgan qarashlardan 
yana biri xalqaro huquqni milliy huquqdan ustun q o ’yuvchi qarashdir. U lam ing 
fikricha davlatlar xalqaro shartnom alarni imzolaydilar, bunda ular o ’z irodalariga 
k o ’ra xalqaro tam oyillarni tan oladilar, shuning uchun milliy huquq normalari 
xalqaro standartlarga moslashtirilishi kerak. 
Hozirgi 
paytda davlatlarning 
k o ’pchiligi ana shu nuqtai nazarni yoqlab chiqishmoqda. O ’zbekiston respublikasi 
K onstitutsiyasining M uqaddim asida ham "xalqaro huquqning umum e ’tiro f etilgan 
qoidalari ustunligi" m ustahkam lab q o ’yilgan.
X alqaro huquq uning asosiy sub’ektlari hisoblanuvchi ikki yoki undan ortiq 
tom onlarning 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling