Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


 Mustaqillik va xalaimiz та ’navivatinins aavta tiklanishi


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

2. Mustaqillik va xalaimiz та ’navivatinins aavta tiklanishi
O ’zbekiston Respublikasi m ustaqillikka erishgandan keyin mamlakatni 
iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ko ’rish bilan bir qatorda m a’naviy 
qadriyatlarim izni tiklash, m illiy o ’zlikni anglashni tiklash vazifasiga alohida 
e ’tibor qaratdi. Chunki chor m ustam lakachiligi va m ustabid sho’ro hukmronligi 
yillarida m a’naviy qadriyatlarim iz kam sitilgan, jahonga m ashhur allom alarim iz al- 
Buxoriy, at-Term iziy, M oturidiy, A. G ’ijduvoniy, Yassaviy va boshqa buyuk zotlar 
unutilgan, hatto Am ir Tem urdek buyuk sarkarda ham "bosqinchi" niqobi ostida 
qora bo ’yoqlarga bo ’yab tashlangan edi.
Undan 
tashqari 
xalqim izning m ashhur tarixiy 
obidalari, 
masjidlar, 
m adrasalar, xonaqohlam ing k o ’plari buzib tashlangan, omborlarga, ishxonalarga 
aylantirilib, qarovsiz holga keltirilgan edi. Bundan asosiy maqsad xalqning tarixini 
y o ’qotib, o ’zligini kam sitish va unga qullik bo ’yinturug’ini kiydirish ham da har 
tom onlam a tobe qilish edi. Kelgusida buyuk xalqqa assimilyasiya qilib butun- 
butun millatlarni y o ’q qilib yuborishdek manfur niyat ko ’zlangan edi.
Shu sababli buyuk istiqlolning birinchi navbatdagi vazifasi xalqimiz ongida 
qullik psixologiyasini y o ’q qilish, uning tarixi, ota-bobolari buyuk ekanligini 
uqtirish, hech bir xalqdan kam em asligini ular ongiga singdirib O ’zbekistonni 
buyuk davlatga aylantirishda xalqni m a’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlash b o ’ldi.
Ilg’or m illat va rivojlangan davlat b o ’lishning zaruriy shartlaridan biri boy 
m a’naviyatga ega bo ’lish ekanligi anglab etildi. Shu sababli birinchi Prezidentmiz
123


I.A .K arim ov: "M a’naviyat - insonning, xalqning, jam iyatning, davlatning kuch- 
qudratidir. U y o ’q jo y d a hech qachon baxt-saodat b o ’lmaydi", deb ta ’kidlaydi. Shu 
sababli m am lakatim iz rahbariyati m a ’naviyat va m a’rifatni k o ’tarish, ta rg ’ib qilish, 
boyitish, har bir fuqaroning yuksak m a’naviy darajasini ta ’min etish y o ’lida katta 
ishlarni am alga oshirm oqda.
M ustaqillik arafasida hali sobiq Ittifoq hukm surib turgan paytda 1990- 
yildan boshlab 21 m art "N avro’z" bayram i nishonlanadigan kun, 1991 yil 20 
iyunda "Diniy bayram - Q urbon hayitni dam olish kuni deb e ’lon qilish haqida"gi 
F arm onlar Prezidentning katta jasorati edi.
M ustaqillik yillarida m a’naviy qadriyatlarim izni tiklash y o ’lida dastlabki 
qadam lardan biri 1992 yil 22 m artda O ’zbekiston Prezidentining "Ram azon 
hayitini dam olish kuni deb e ’lon qilish to ’g ’risida"gi Farmoni b o ’ldi.
O ’zbekiston m ustaqilligini m ustahkam lashda, istiqlol yo ’lida buyuk davlat 
barpo etishda m a’naviyat va m a ’rifat om illarini hisobga olgan holda, um um insoniy 
va m illiy qadriyatlar u y g ’unligiga asoslangan fuqarolik jam iyatini qurish 
borasidagi fikr-m ulohazalam i va takliflarni e ’tiborga olib 1994 yil 23 aprelda 
O ’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika "M a’naviyat 
va m a’rifat" jam oatchilik m arkazi tashkil etildi.
1996 yil 9 sentyabrdagi Prezidentning bu sohadagi Farm onida ham 
"M a’naviy-m a’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor y o ’nalishi deb 
hisoblansin" deyiladi. Undan tashqari boshqa bir qator qonuniy hujjatlarda, 
shuningdek I.K arim ovning "O ’zbekiston XXI asrga intilm oqda" asarida ikkinchi 
ustuvor y o ’nalish - jam iyat m a’naviyatini rivojlantirishdan iborat deyilsa, "Ozod 
va obod V atan, erkin va farovon hayot — pirovard m aqsadim iz" nom li asarida 
m a ’naviyat sohasida ettita bosh vazifa aniq k o ’rsatib berildi.
Shunday qilib m ustaqillik yillarida o ’tgan tarixan qisqa vaqt ichida tilim iz, 
dinim iz xalqim izga qaytarildi. B uyuk bobokalonlarim izning nom lari tiklandi, 
m ashhur tarixiy obidalarim iz ta ’m irlandi. "A vesto" singari buyuk asarlar, unutilgan 
k o ’plab ilm iy yodgorliklar qayta nashr etildi. Eng muhimi xalqim iz ongiga u o ’z 
yurtining egasi ekanligi, kelajakni o ’z kuchiga ishonib qurishi m um kinligi, hech 
bir xalqdan kam em asligi g ’oyasi singdirildi va bu ulkan ishlar davom
ettirilm oqda.
Lekin 
bu 
ulkan 
ishlarning 
am alga oshirilishi 
b a ’zi 
bir munofiq, 
O ’zbekistonni mustaqil, qudratli davlat sifatida k o ’rishni yoqtirm ayotgan, uning 
kelajagidan q o ’rqayotgan kim salarga yoqm adi. N atijada turli ekstrem istik kuchlar 
dinni niqob qilib olib yurtim izni o ’rta asr jahoiatiga qaytarm oqchi b o ’ldilar. 
M a’naviy tam oyillarga ekstrem istlarning qarashlari butunlay zid ekanligini 
xalqim iz tushundi va ularga etarli zarbalar berildi.
S harqning buyuk m a’naviyat o ’ch o g ’i ekanligini tarixning o ’zi allaqachon 
isbotlagan. "N ur Sharqdan" - bu Rim im periyasida keng tarqalgan maqol. Sharqda 
"A vesto" kabi buyuk asar m aydonga kelgan paytda G ’arb dunyosi hali uyquda 
ekanligini aytishning o ’zi kifoya. Lekin o ’quvchi faqat o ’tm ish yutuqlari bilan 
m aqtanib yasham asligi, O ’rta asrlardan s o ’ng G ’arbning ulkan qadam lar bilan 
rivojlanganligini va taraqqiyotning m uhim omili - intellektual aql ekanligini,
124


shuning uchun ham o ’qish, yaratish ustida tinm ay m ehnat qilish lozimligini 
tushunishi va bunga amal qilishi zarur.
O ’zbek xalqi boshqa xalqlar kabi o ’z tarixiga, m a’naviyati va m adaniyatiga 
ega. Bu xalqning boshqa xalqlardan ustunlikka erishish, yoki ularga o ’z ta ’sirini 
o ’tkazib "katta aka"ga aylanish niyati y o ’q. Birinchi Prezidentim iz I.Karimov 
"Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga bergan javobida: "B iz o ’zimizni 
doim o m ustaqil millat - o ’zbek xalqi sifatida his etib kelganm iz va bu bilan 
faxrlanam iz", - degan edi. M ashhur sayyoh Vamberi o ’zbeklam ing "m a’naviy 
tom onlari eng a w a lo ulam ing ochiq k o ’ngilliligi, mardligi, jiddiyligi, haqiqiy 
turkiy him m atga egaligida yaqqol k o 'zg a tashlanib turibdi", deydi va o ’zbeklar 
kam gap, o g ’ir-vazm inligi bilan qo ’shnilaridan ajralib turishini ta ’kidlaydi. U 
o ’zbeklar avval o ’ylab so’ngra gapiradi va o ’z s o ’zlarida muqim turadilar, deydi. 
U ning o ’ziga xos xarakteri, boshqa xalqlardan alohida ajralib turadigan belgilari: 
sabr-qanoatliligi, bag’ri kengligi, chidam liligi, tolerantligi, m ehm ondo’stligi, o ’zga 
xalqlarni hurm at qilishi va boshqa axloqiy jihatlari mavjud. Shu sababli bu xalq 
dunyoga al-X orazm iy, Ibn Sino, al-Beruniy, al-F arg’oniy, al-Forobiy, al-Buxoriy, 
A lisher N avoiy, Amir Tem ur kabi m inglab buyuk siym olarni etkazib berdi. Har 
qanday ozgina savodli inson bu xalqning buyuk kelajagiga umid bog’lasa bo'ladi.
XXI asr - m a’naviyat asri b o ’lishi shubhasizdir. Chunki insoniyat o ’zi 
qirilib bitishi uchun etarli darajada ommaviy qirg’in qurollarini yaratib qo’ydi va 
yana yaratm oqda. Bu dahshatli qurollarni m a’naviyatsiz insonning q o ’liga 
topshirib q o ’yilsa Er yuziga qanday ofatlar keltirishi mumkinligi ayon. Shu sababli 
ham m a’naviyat, m a’naviy madaniyat, an ’analar, qadriyatlar m asalasiga yangicha 
yondoshuv, xalqlar d o ’stligini m ustahkam lash, insof-adolatga erishuv, boshqa 
xalqlar bilan hisoblashish XXI asr barqarorligini ta ’minlashning kafolati 
hisoblanadi.
Jam iyatning m a’naviy hayotida m a’naviy siyosatning konseptual asoslarini 
yaratishda insonparvarlik, taraqqiyparvarlik, xalqchillik, vatanparvarlik va yurt 
tinchligi m ezonlariga tayaniladi.
M am lakatim izda m a’naviy hayot sohalarida hozirgi paytda bajarilishi kerak 
b o 'lg an vazifalar quyidagilarni o ’z ichiga oladi:
a. 
xalqning nia’naviy-m adaniy merosini o ’rganish;
b. sharqona va um um insoniy qadriyatlar asosida m amlakat, millat 
kelajagini belgilaydigan ilg’or g ’oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga 
tatbiq etish;
v. jam iyatdagi sog’lom kuchlar - yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining 
aqliy ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari y o ’naltirish; 
g. m illatlararo d o ’stlik, ham jihatlikning ahamiyatini, yurtimizda 
tinchlik va barqarorlikni saqlashni, yoshlarni Vatanimizning har 
tom onlam a etuk farzandlari ruhida tarbiyalash va ulami istiqlol 
ishining faol davom chilari bo ’lib etishishlarini ta ’minlash;
d. m adaniy-m a’rifiy, ijtim oiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot 
y o ’nalishlari bilan bog’liq omillarni, m illiy davlatchilik 
qadriyatlarini o ’rganish va om m aviylashtirish;
e. um um bashariy qadriyatlardan foydalanish maqsadida m amlakat va
125


dunyodagi xilm a-xil m afkura, e ’tiqod, g ’oyalarni o ’rganish, so g ’lom 
dunyoqarashni ham da siyosiy madaniyatni shakllantirish; 
j. ja m o at birlashm alari, ilmiy, ijodiy m uassasa va tashkilotlarning, 
om m aviy axborot vositalarining o ’zaro sam arali ham korligini 
ta ’m inlash;
z. hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;
i. jam iy atn in g axloqiy hayotini yaxshilash.
A lbatta, har bir jam iyatning, xalqning axloqiy qoidalari, o ’ziga xos hayot 
tarzi m avjud. Bu axloqiy hayot boshqa dindagi, boshqa hayot tarzidagi, dem akki
boshqacha qarashlardagi xalqlarga to ’g ’rikelm asligi ham m um kin. Lekin barcha 
xalqlar uchun um um iy bo ’lgan oddiy axloqiy qoidalar ham m avjud.
A xloq - kishilarning yaxshilik va yom onlik, vijdon, or-nom us va shu kabilar 
nuqtai nazaridan bir-biriga, oilaga, Vatanga, jam iyatga bo ’lgan m unosabatlarida 
nam oyon b o ’ladigan hatti-harakatlar y ig ’indisidir. A xloq har bir kishining xulqini, 
ichki dunyosini k o ’rsatadi. A xloqqa milliy urf-odatlar, a n ’analar ta ’sir qiladi. 
A xloqning yuksak darajada b o ’lishi jam iyatning rivojiga bevosita ta ’sir qiladi yoki 
aksincha.
A m aliy axloqiy m unosabatlar axloq norm alari bilan tartibga solinadi, ular 
huquqiy norm alardan farq qilib, majburiy xarakterga ega em as. Axloqiy norm alar 
urf-odat, nam una kuchi, jam oatchilik fikri ta ’sirida vujudga keladi. Axloqiy 
norm alarni bajarish ixtiyoriy, vijdonga bo g ’liq. U ning buzilishiga nisbatan 
om m aviy m unosabat bildirish, jam oat izzasi q o ’llaniladi. Axloq ishontirish, 
tushuntirish 
bilan 
ta ’m inlanadi. 
1.Karimov 
ta ’kidlaganidek 
"Axloq 
-
m a’n aviyatning o ’zagi". Axloq m a’naviyatning am alidir. U in so f va adolat 
tu y g ’usi, iym on va halollik kabi tushunchalar bilan b o g ’liq. Husayn V oiz Koshifry 
quyidagilarni aytadi: "Insonning axloqsizligi uning o ’zigagina emas, balki 
o ’zgalarga ham salbiy ta ’sir qiladi... Dilozorlar, nom unosib fazilatlilar, pastkash va 
razillar, tuhm atchilar, xoinlar, y o lg ’onchilar, laqm alar davr uchun ham, davlat 
uchun ham xavfli kishilardir. Hech qachon odobli-axloqli inson bu kabi salbiy 
fazilatlarga yaqin yurm asligi kerak."

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling