Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
b irod arligi)
nomli siyosiy harakat vujudga kelib o ’z tashkilotini tuzdi. Bu oqim yoshlar orasida Islom fundamentalizmini keng tashviqot qilishni boshladi. Bu tashkilotning asosiy g ’oyasi musulmon birligi, taraqqiyotning Islom yo ’li va Islom demokratiyasidir. 128 "Hizbut-tahrir"chilar "Demokratiya kufr nizomi, buni hayotga tatbiq qilib bo’lmaydi, xalifalikni tiklash bilan haqiqiy islomiy hayotni qaytarish mumkin",- deb da’vo qiladi. Vahhobiylar - dinni Payg’ambarimiz (s.a.v.) davridagi "asl holati"ga keltirish lozim, degan niqob ostida harakat qilib, shu yo ’lda kurash olib boradilar. Vahhobiylikka Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1792) tomonidan asos solingan. U ulug’ sahobalar qabriga qo’yilgan sag’ana toshlami buzishni, qabrlami ziyorat qilmaslikni, avliyolarga nazr qilmaslikni, tamaki chekmaslik, qahva ichmaslik, rasm chizmaslikni targ’ib qildi. U o ’z da’vatlarini yoyishda ko’proq qilichga tayanar edi va Ibn Saud boshchiligida Saudiya Arabistonini birlashtirishga katta hissa q o ’shdi. Vahhobiylik ta’limoti ildizi Ahmad ibn Xanbal (786-865), Taqiaddin ibn Taymiya (1263-1328), Ibn Qayyim (XIV asr)qarashlaridan ozuqa olgan. Ular islomni bid’atdan tozalash masalasini ilgari surdilar. Qur’on va Sunnadan tashqari barcha ta’limotlami bid’at (yangilik) sanadilar. Hozirgi davrga kelib bu harakat har qanday xalqni, har qanday dunyoviy davlatni kufrda, shirkda ayblab unga qarshi kurashish quroliga aylanib qoldi. Vahhobiylar ko’pchilik davlatlarda yashirin siyosiy faoliyat bilan shug’ullanadilar. O ’z faoliyatiga diniy hissiyoti kuchli yoshlami tortishga harakat qiladilar, kishilarda murosasizlik, o ’zgalar fikriga hurmatsizlik ruhini singdirishga intiladilar. Vahhobiylar va "Hizbut-tahrir" orasida katta farq mavjud. Masalan, aqida masalalarida vahhobiylar davlatni xalifa boshqarishini g ’oya qilib olmaydilar. Hizbiylar xalifalik davlatini tiklashni g ’oya qilib olib, demokratiya bo’lishini inkor etadilar. Ular asosan fikriy, falsafiy kurashga e ’tibomi qaratadilar. Garchi bu harakatlar arab davlatlarida paydo bo’lgan bo’lsa-da, barcha arab davlatlarida ulaming faoliyati taqiqlangan. Chunki bu oqimlar islomga zid aqidalami ilgari surmoqdalar. Dunyodagi bir qator rasmiy va norasmiy tashkilotlar, jumladan, hizbut- tahrirchilar, tablig’chilar, nurchilar, tavbachilar va boshqa tashkilotlar islom dinini tashviqot qilish niqobi bilan O ’rta Osiyo davlatlariga o ’z ta ’silarini yoyishga intilmoqdalar. Lekin islom dini arkonlarini olamga mashhur qilgan al-Buxoriylar, at- Termiziylar, Moturudtylar yurti O ’rta Osiyoga islom dinini tashviqot qilib o ’tirishning hojati bormikan? Buning ustiga O ’zbekistonda dinga, shu jumladan islom dini va dindorlarga mustaqillikdan keyin butunlay yangi, hurmat bilan munosabatda bo’lish boshlandi. Mamlakatda minglab yangi machitlar qurildi, haj amallarini bajarishga keng yo’l ochildi. Bu siyosatdan barcha musulmonlar xursanddirlar. O ’zbekistonda dinga, dindorlarga nisbatan davlat munosabati O ’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida belgilab qo’yilgan. O ’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o ’zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Shuningdek O ’zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g ’risida" (1991 yil 14 iyun, yangi tahrirda 1998 yil 1 may) Qonunida "vijdon erkinligi - fuqarolaming har qanday dinga e ’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e ’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir" deyiladi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta’qib qilinmaslik, jazolanmaslik, kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo’lishidir. 129 Biron-bir dinga e ’tiqod qilishga majburlash ham vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. Ushbu qonunda vijdon erkinligi huquqi, fuqarolaming dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqliligi, dinning davlatdan ajratilganligi, davlat organlarining va fuqarolaming o ’zini o ’zi boshqarish organlarining diniy tashkilotlar bilan o ’zaro m unosabat borasidagi vakolatlari, ta ’lim tizimi va din, diniy tashkilotlar maqomi, diniy o ’quv yurtlari, diniy urf-odatlar va marosimlar, diniy tashkilotlar mulki hamda boshqa huquqlari belgilab qo’yilgan. O ’rta Osiyo, jum ladan, O ’zbekiston xavfsizligiga diniy ekstremizm islom fundamentalizmi xavfining qay darajada ekanligini xalqimiz o ’z boshidan kechirdi. 1999 yil 16 fevraldagi begunoh odam lam ing o ’limiga olib kelgan voqealami, keyinchalik Toshkent viloyati, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi, 2004 yil Toshkentdagi iyul voqealarini unutishga hech kimning haqqi y o ’q. Islom fundamentalizmini rag’batlantiruvchi tashqi omillaming faoliyati hali tugagani yo’q. Shu sababli m amlakatimizda diniy fundamentalizm xavfining oldini olish, xalqimizning hushyorligini oshirishga doir ishlar amalga oshirilmoqda. O ’zbekiston turli dinlaming, turli m adaniyatlaming yonma-yon yashashlari, tinch-totuv, o ’zaro hurmat ruhida faoliyat ko ’rsatishlari qonun bilan mustahkam belgilab qo’yilgan. Hozirgacha biron diniy mojaro ro ’y bermagan. Bu narsa boshqa davlatlar uchun ijobiy misol bo’la oladi. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling