Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

5. Huquqiy ong va jamiyat
Huquqiy ong - kis hilar o ’zaro munosabatlarining, ularning mavjud 
ijtimoiy hodisalarga, muassasa, taslikilot va sliu kabilarning faoliyatiga 
munosabatlarining 
liaqlik 
yoki 
noliaqlik, 
qonunga 
muvofiqlik 
yoki 
nomuvofiqlik, to ’g ’rilik yoki noto'g’rilik nuqtai nazaridan aks etishidir. 
K ishining huquqiy ongi qanchalik kuchli b o ’lsa, huquq norm alarining ixtiyoriy 
bajarilishiga olib keladi. H uquqiy ong huquqiy bilim lar asosida shakllanadi va 
huquqiy m adaniyat orqali amal qiladi.
K ishilarda huquqiy ong va huquqiy m adaniyat kuchli bo ’lsa jam iyat 
barqaror rivojlanadi. Jam iyat esa huquqiy ong va huquqiy m adaniyatning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. D em ak ikkalasi o ’zaro aloqada bo ’ladi.
H ar bir jam iyat fuqarosining burchi belgilab q o ’yiladi. Burch - qonun va 
boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan ayrim harakatlarni sodir etish, ayrim 
harakatlarni sodir etishdan tiyilishdir. F uqarolam ing burchlari O ’zbekiston 
K onstitutsiyasida belgilab q o ’yilgan. Fuqarolar K onstitutsiya va qonunlarga rioya 
etishga, boshqa kishilam ing huquqlari, erkinliklari, sh a’ni va qadr-qim m atini 
hurm at qilishga, O ’zbekiston xalqining tarixiy, m a’naviy va m adaniy m erosini 
avaylab asrashga, atro f tabiiy m uhitga ehtiyotkorona m unosabatda b o ’lishga, 
qonunda belgilangan soliqlar va m ahalliy y ig ’inlarni to ’lashga, harbiy yoki 
m uqobil xizm atni o ’tashga m ajburdirlar. Burchni buzish turli javobgarlikka tortish 
va ja zo la sh g a sabab b o ’ladi. Burch ixtiyoriy bajarilganda jam iyat taraqqiyotiga 
ijobiy ta ’sir qiladi.
O ’zbekiston Respublikasini him oya qilish - O ’zbekiston Respublikasi har 
bir fuqarosining burchidir. A lbatta bu burchlarni bajarish fuqarolarga bir qator 
m ajburiyatlar ham yuklaydi. M ehnat qilish, oilani, bolalarni boqish, ota-onaga 
qarash va h.k. Burch va m ajburiyatlar bir-birlari bilan o ’zaro bog’liqdir, biri
130


ikkinchisini to ’ldirib boradi. Biri bajarilmay qolsa ikkinchisiga ham ta ’sir 
ko’rsatadi.
M amlakatimizda huquqiy dem okratik davlat qurmoqchi ekanm iz fuqarolami 
huquqiy tarbiyalash zaruriyati doimo dolzarb masala b o ’lib qoladi. Chunki 
fuqaroning huquqiy bilimi b o ’lmasa u oddiy m asalalarda ham qiynalib qolishi hech 
gap emas. Shu sababli 1997 yil 29 avgustda O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
"Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi"ni qabul qildi. Dastur 
fuqaro, jam iyat va davlatning o ’zaro m unosabatlarida aholining huquqiy 
madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, fuqarolam ing huquqiy ta ’limi va 
huquqiy tarbiyasini takom illashtirish, davlat organlari xodimlari, mansabdor 
shaxslar va fuqarolam ing huquqiy savodxonligini oshirish, yuridik kadrlami 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ulam ing malakasini oshirish, huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish kabi masalalami o ’z ichiga oladi. 
Ushbu dastumi bajarish b o ’yicha k o ’p qirrali, har tom onlam a aholining huquqiy 
bilimlarini yuksaltirishga m o’ljallangan qator ishlar am alga oshirilmoqda.
Huquqiy m adaniyat - fuqarolam ing etukligi va ongliligini k o ’rsatuvchi 
mezon. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqning rivojlanish darajasi, aholining 
huquq haqidagi tushunchasi, qonunlam ing ahvoli, huquqni am alga oshirish 
ishlarini tashkil darajasi, huquqning obro’yi singari elementlardan tashkil topadi. 
Huquqiy madaniyatga huquq fanining rivojlanish darajasi, huquqni tashviqot 
qilishning qanday yo ’lga qo ’yilganligi, m adaniyatning umumiy darajasi ta ’sir 
qiladi. Huquqiy madaniyat huquqiy ongning am aliyoti, y a’ni huquqni q o ’llash, 
am aliyotga tatbiq etishdir. SHaxs qanchalik huquqiy bilim ga ega b o ’lmasin, qonun 
va boshqa qoidalarga amal qilmasa, u jam iyat uchun katta zarardir. Bu huquqiy 
madaniyatsizlikdir.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun o ’rta um um ta’lim maktablarida
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy ta ’lim muassasalarida o ’quv 
kurslari tashkil etilgan. Undan tashqari aholi uchun maxsus adabiyotlar 
chiqarilmoqda, gazetalarda shu haqda maqolalar, radio va televidenieda maxsus 
eshittirish va ko’rsatuvlar tashkil etilmoqda. Huquqiy bilim lar bo ’yicha 
respublikamizda maxsus gazetalar va jurnallar chop etilm oqda ham da advokatlar 
konsultatsiyasi punktlari ishlab turibdi.
Umumiy o ’rta, o ’rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi va oliy ta ’limni isloh qilish 
bevosita "Ta’lim to ’g ’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 
asosida 
olib 
borilmoqda. 
Bundan 
asosiy 
maqsad 
m utaxasislar 
sifatini 
yaxshilashdir. SHuningdek chet el o ’quv m arkazlari bilan aloqalam i y o ’lga q o ’yish 
orqali kadrlar salohiyatini ko ’tarish muhim aham iyatga ega bo ’lmoqda. K o’rilgan 
bu tadbirlaminghamm asi kishilarning m a’naviy salohiyatini, jam iyatning m a’naviy 
qiyofasini yaxshilashga qaratilgan b o ’lib, sezilarli natijalar bermoqda.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, jam iyatning m a’naviy hayoti va 
O ’zbekistonda m a’naviy yangilanish masalalari yuqorida k o ’rsatib o ’tilganidek 
kishilarning m a’naviy olam ini rivojlantirishga, jam iyatning m a’naviy qiyofasini 
yaxshilashga va u bilan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, pirovard 
natijada Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksaltirishga 
qaratilgan.
131



Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling