ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o ‘z ichiga ko'plab ele-
mentlarni oladi. Bular, birinchi navbatda, mahsulot tayyorlash
jarayoni sifatida va foydalanish xususiyatlari. Bular, o ‘z navbati-
da, tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond
sig‘imi kabi ko‘rsatkichlami o ‘z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda
tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko'rsat-
kichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat daraja-
sini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi
nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning
raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan
himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi — korxonada shu tovarni
ishlab chiqarish huquqini saqlab qoladi, boshqa korxona ushbu
tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) oli-
shi lozim bo‘ladi. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko‘rsat-
kichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim
sifatli tovarlarning ulushi va miqdori, ilg‘or tajriba natijalariga
javob beruvchi va alohida xususiyatlari.
105
5.6- rasm. 0 ‘z tovarini raqobatchi tovari bilan
taqqoslash.
0 ‘z tovarini raqobatchi tovari bilan taqqoslash chizmasi quyi-
da keltirilgan.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarilgan tovarlaming
sifatini aniqlashda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: ular tovaming
qanday turi uchun moljallanganligiga bog‘liq. Masalan, ohak va
ganchning sifati ulaming bog‘lovchanlik (yopishqoqlik) xossasi-
ga, yoqilg‘ining sifati esa uning issiqlik berish xossasiga qarab
belgilanadi. Mehnat vositalarining sifati ulaming mustahkamligiga
Do'stlaringiz bilan baham: |