Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri


Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi


Download 154.23 Kb.
bet3/11
Sana25.04.2023
Hajmi154.23 Kb.
#1397656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ ТАРБИЯГА ТАЪСИРИ КУРС ИШИ

2. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi
Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniega 13 yil, kabel televideniega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‘tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.
Bugungi kunda Internet manbalari va OAV(ommaviy axborot vositalari) axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan Internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda an’anaviy OAV ning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada YUrtboshimiz alohida ta’kidlab, «… bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi…», — deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Albatta, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatga molik. OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy ta’sirga ega bo‘lgan imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Telekanallarda namoyish etilayotgan va ijaraga beriladigan hamda sotiladigan minglab video, kasseta, lazer disklari vositasida tarqatilayotgan jangari filmlarda yashash uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yoshlar ongini zaharlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish, milliy nigilizm va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon va ochiq haqiqatdir. Mazkur muammolarni echishda, avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rsatuv, eshittirish va matbuot nashrlari, shuningdek, Internetdagi milliy tarmoq manbalarida berilayotgan axborotlar sifatiga, ayniqsa, ularning kontenti, ya’ni materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur.

YOshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki, Internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib etuvchi tele, radio, audio, video va multimedia mahsulotlari, internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib borayotgani, xilma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va yoshlarni psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda — fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim, ya’ni, har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. SHu o‘rinda, «Axborot urushi» xavfi tahdid solayotganini ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining mohiyati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Aynan, hozirgi texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish imkonini beradi. Kundalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar ham axborot urushining primitiv ko‘rinishidir.
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot xurujining oldini olish uchun mafkuraga qarshi mafkura, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmog‘imiz kerak. Zero, yoshlarimiz qalbida ma’naviy-axloqiy pok jihatlar ezgu-maqsadlar yo‘lida xizmat qilsin.

Axborot xurujlarining oldini olish uchun, avvalo, yoshlarimizning mustaqil fikrlashini shakllantirish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab farzandlarimizga turli uslublarda «ommaviy madaniyat»ning salbiy oqibatlari keltirayotgan zararlar haqida tushunchalar berib borish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushishdan saqlash, turli «axborot xurujlari»ga qarshi immunitet hosil qilish, ularning psixologik sog‘lomligini ta’minlashda mazkur tizim muhim rol o‘ynaydi. Jumladan:







  • mavzu yuzasidan maktablarda OAV xodimlari bilan uchrashuvlar uyushtirish.


  • ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari uchun o‘quv treninglari tashkil etish va so‘rovnomalar o‘tkazish;


  • OAV bilan ta’limning uzviyligini ta’minlash va mavzuga doir o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish.


  • o‘quvchilarning ongini buzuvchi, jarohatlovchi axborot ta’siridan himoya qilish, OAV manbalarida shavqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikning tashkiliy-huquqiy mexanizmi sifatida ta’lim maskanlarida o‘quvchilar orasida oshkoralik, xayrixohlik, bag‘rikenglik, tanqidiy-tahliliy mushohadaga asoslangan o‘zaro munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida matbuot kotiblari faoliyatini tashkil qilish;


  • o‘quvchilar orasidan tayinlangan matbuot kotiblarining asosiy vazifasi esa, OAV’da e’lon qilinayotgan ijobiy hamda salbiy axborotolarni tahlil qilish, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, samimiy munosabat, bir-birini tushunish, qo‘llab-quvvatlab, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish kabi fazilatlarni shakllantirish;


  • maktablarda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy bilim va tarbiyalarini rivojlantirishda radio burchaklarini tashkil etish;


  • «Eng yaxshi matbuot kotibi», «Faol mahalla raisi», «Eng yaxshi rahbar», «Eng faol ma’naviyatchi», «Eng faol tadqiqotchi olim» ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish;


  • o‘quvchilar o‘rtasida yot axborot manipulyatsiyasi hamda uning salbiy ta’sirining oldini olishda turli chora-tadbirlar, ijtimoiy-psixologik dasturlar, o‘quv adabiyotlarini yaratish orqali o‘quvchilarda axboriy-psixologik immunitetni shakllantirish masalalarini yo‘lga qo‘yish.


Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo‘q. CHunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma’naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu — bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o‘qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo‘lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o‘zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so‘ngi yangiliklardan boxabar bo‘lib turamiz. Ammo… SHiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida,internet va ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma’naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta’sirining ham guvohi bo‘lyapmiz. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o‘smirlar) u erga borishib, har xil buzg‘unchi g‘oyalar ruhidagi ur-sur, o‘ldir-yondir komp’yuter o‘yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o‘tkazayotganligiga guvoh bo‘lapmiz. Bunday yoshlarni biz internet imkoniyatlaridan to‘laqonli, faqat bilim olish bilan mashg‘ul deya ayta olamizmi? Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar farzandim internetda o‘tirib, bilim olyapti, deb o‘ylashadi. SHu o‘rinda talabalarning ba’zi dars paytlarida qo‘l telefonlari orqali internet saytlariga kirib, bemalol foydalanib o‘tirishlariga munosabat bildirmoqchiman. To‘g‘ri talaba mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida, bilimini ko‘proq boyitishi, turli xil manbaalarga murojaat etishi yaxshi. Lekin dars hisobidan emas… chunki, harnarsaning ham o‘z vaqt-soati bor, shu jumladan internetdan foydalanishning ham. YAqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasi. Hash-pash deguncha ommalashib ham ketmoqda. Qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsam, “Igromaniya” — bu komp’yuterdan o‘rin olgan turli xil o‘yinlarga mukkasidan ketishdir. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, yoshlar buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la shakllanmagani uchun o‘qigan yoki ko‘rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi.
Bunday hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta’sirko‘rsatadigan igromaniyani hech bir jihatdan oqlab bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo‘lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me’yorga amal qilmog‘imiz zarur!
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Evropa, 11,4 % (274 mln. kishi) SHimoliy Amerika qit’alariga to‘g‘ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda
600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. Elektron maktub jo‘natiladi.
Ko‘pgina Internet foydalanuvchilari mobil qurilmalar yordamida Internetga kirishni afzal ko‘rishadi - 2018 yilda keng polosali ulanishning ulanish soni 5,3 milliardga etdi, 2007 yildagi 268 millionga nisbatan. Dunyoda 100 kishiga to‘g‘ri keladigan ushbu turdagi aloqa ulushi 2007 yildagi 4% dan 2018 yilda 69,3% gacha o‘sdi. 2018 yil oxiriga kelib 1,1 milliard simli internet aloqasi qayd etildi. 4 milliard Internet foydalanuvchisi 2018 yil yanvar oyining oxirida biz "We Are Social" global media-agentligi va "HootSuite" ijtimoiy media boshqaruv platformasini ishlab chiquvchisi hisobot chiqardi, unga ko‘ra dunyo bo‘ylab to‘rt milliarddan ortiq odam Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanuvchilar soni 2018 yil oxiriga kelib 4,021 milliardni (dunyo aholisining 53 foizini) tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.
Aholining keng qatlamlari foydalanishi mumkin bo‘lgan smartfonlar va mobil aloqaning tarif rejalari narxlarining pasayishi tufayli yangi foydalanuvchilarning aksariyati tarmoqda paydo bo‘ldi. 2017 yilda 200 milliondan ortiq kishi birinchi marta mobil qurilmani sotib oldi. SHunday qilib, dunyo aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i mobil telefonlarni (asosan, smartfon) sotib olgan. Foydalanuvchilar soni mobil telefonlar 2018 yilda bu 5,175 milliard kishini (68%) tashkil etadi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko‘pdir.
Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra 2020 yilga kelib Internet 60 foizga ega bo‘ldi. Bu degani dunyoda 4,1 milliard kishi Internet bilan ta’minlandi.
O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni -22,1 milliondan oshdi. SHundan mobil internet foydalanuvchilari soni -19 millionni tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘yicha aholi punktlarining mobil aloqa bilan qamrab olinishi darajasi 97 foizni, mobil internet qamrovi esa 87 foizni tashkil etdi.[6] 26 mingga yaqin "uz" domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Internetning ta’sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‘tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‘p darajada bog‘liq.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, "bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv
shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin"[5].
Unda o‘z-o‘zini o‘ldirishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‘la oladi. Mutaxassislar o‘tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‘rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‘idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‘lishi yo‘liga to‘siq qo‘ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi.
SHuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga etishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maqsad hisoblanadi.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‘lanib qolgan.
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan "BMTning global aksilterror strategiyasi"da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti "Tashqi raqamli aloqalar guruhi" nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi - arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‘g‘ri ma’lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko‘ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda tutilgan. So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‘zgartirib turadi.
• Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:
Internetga kirishning osonligi;
• Foydalanuvchilar sonining ko „ pligi ;
• Aloqaning anonimligi;
• Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;
• Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;
• Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish;
• YAngi a’zolarni yollash (verbovka);
• A’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish;
• Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;
• Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish;
• Razvedka va ma’lumot qidirish;
• YAngi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini utaydi", degan. Bu gapning mag‘zini chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. CHuqurroq uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‘rquv va daqshat uyg‘otishga intiladilar. Demaq ularning maqsadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchiliq qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi.
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish yohud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yohud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast etkazish, mol-mulk musodara qilinib, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi [1]. O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunining 5 - moddasi. "Din davlatdan ajratilganligi" Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Davlat
hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga tazyiq o‘tkazishga qaratilgan har qanday urunish, shuningdek yashirin diniy faoliyat qonun bilan ta’qiqlanadi [2]. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.
o`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi.

jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.

aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e’tibor qaratilmoqda.

ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televidenie kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.«ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborotvositalaridir.


ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati katta. o‘zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog‘lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to‘rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o‘zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. xususan, o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29-moddasida “har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. shuningdek o‘zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. o‘zbekiston aholisining ko‘p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televidenie va internet bo‘lib qolaveradi. shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo‘lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy sub’ektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’ekti sifatida e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko‘ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televidenie, axborot agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan, to‘g‘rirog‘i, ommaviy axborotning o‘ziga xos vositasi sifatida namoyon bo‘layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o‘zaro ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida etakchi o‘rin egallaydi. shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog‘lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman yo‘nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida xolis, tezkor va to‘la-to‘kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta’minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste’mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da’vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
ma’lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar, oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma’lum mavzudagi axborotni to`plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug`ullanuvchi shaxsdir. qonunning 5-moddasida aytilishicha:
"jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida:
-axborot to`plash, uni tahlil etish va tarqatish;
-axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
-davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalanish;
-jurnalist tekshiruvi o`tkazish;
-o`zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo`yib tarqatish, ularda o`z fikr-mulohazasini ifodalash;
-jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo`lish;
-ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
-sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo`lish;
-e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
-basharti qonunni buzishga olib keladigan bo`lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;
-o`zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo`ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;
-axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
-taqdim etgan xabarning mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o`ziga etkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;
-jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.
jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi."
6-moddada jurnalistning majburiyatlari quyidagicha bayon qilingan:
"o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida jurnalist:
-qonun hujjatlari hamda o`zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
-o`zi tayyorlayotgan material-larining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
-aybsizlik prezumpsiyasi prin-sipiga amal qilishi;
-shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
jurnalist o`z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin emas.
jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart."
jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog`ida u konstitutsiyada belgilab qo`yilgan shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun, agar ular haqqoniy bo`lsa, jurnalistni ta’qib qilishga yo`l qo`yilmaydi.
fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan ixtiyoriy ravishda ma’lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.
jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma’lumotlarni bu ma’lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o`zining g`arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab foydalanishi taqiqlanadi.
jurnalist axborot to`plash va jurnalist tekshiruvi o`tkazish huquqiga ega. o`z tekshiruvlarining natijalarini u ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi, ularni davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. jurnalist tekshiruvi davrida u qo`lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin emas.
jurnalistning kasbiga doir faoliyati qonunning 10-moddasida shunday kafolatlangan:
"jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo`riqlanadi.
davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
jurnalistning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o`z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog`ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi."
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
-senzura qilganlik;
-jurnalist o`z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo`rin bekor qilish yo`li bilan to`sqinlik qilganlik;
-jurnalistning so`rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;
-jurnalistga tazyiq o`tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
-jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yganlik;
axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
jurnalistning ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning kasbiga doir faoliyati bilan bog`liq holda sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
jurnalistning javobgarligi qonunda shunday ta’riflangan:
"jurnalist o`zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo`lishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
jurnalist rasmiy xabarlarda bayon etilgan axborotni tarqatganlik uchun javobgar bo`lmaydi."
yurtimizda ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlashga, jurnalistlar faoliyatini har tomonlama rag`batlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. shu maqsadda 1997 yilda ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etilgandi. jurnalistlar huquqlariga doir qonunlar qatorida o`zbekiston respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslari, ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy huj-jatlarni keltirish mumkin.
ularda qonun va huquq nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog`liq jinoiy harakatlar va huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero "inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini himoya qilish to`g`risida"gi evropa konvensiyasining 10-moddasida aytilganidek "so`z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatda milliy xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo`lida, tartibsizliklarning oldini olish, axloqni himoya qilish, boshqa shaxslarning obro`-e’tibori va huquqlarini himoya qilish yoxud odil sudlovni ta’minlash maqsadlarida majburiyat va javobgarlik yuklash imkoniyatini keltirib chiqaradi." chop etilgan axborotning xolisligi va ishonchliligi prinsipi buzilgan taqdirda, uni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.



Download 154.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling