NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING IJTIMOIY TARBIYAGA TA’SIRI
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: _____–guruh talabasi
_______ ___________
Raxbar: _______ _____________
Toshkent - 2023 y
M U N D A R I J A
KIRISH……………………..…………………………………………
1. Informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi…………………………………………………
2. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi………………………………………………………………
3. Bugungi kunda turli ommaviy axborot vositalarida televidenie ko‘rsatuvlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda, gazetalar……………………………………………………………….
4. Maxsus ommaviy axborot vositalari .…………………………………………………………………………
Xulosa………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………..…..……
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Barcha sohalarda axborot olish va uni etkazish, ta’sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda.
Ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy tarbiyaviy maqsadning amalga oshishiga ham xizmat qiladi. YAngi taraqqiyot davrida yoshlarni oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarini shakllantirishda samaradorlikka erishish masalalarining tadqiq etilishiga dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoevning “.....biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur1” – deb ta’kidlab o‘tganlar.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. CHunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |