Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri


Download 154.23 Kb.
bet2/11
Sana25.04.2023
Hajmi154.23 Kb.
#1397656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ ТАРБИЯГА ТАЪСИРИ КУРС ИШИ

Tadqiqotning maqsadi: Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri taxlilini o‘rganish asosida pedagogik munosabatlarni mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri xususiyatlarini aniqlash va tadqiq etish;
- Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri o‘rtasidagi aloqadorlikning tamoyillarini ochib berish;
ta’limiy munosabatlarda Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri ustuvorligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
-o‘quvchilarga Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri singdirishda umumta’lim maktablari va jamoatchilikning tutgan o‘rnini asoslab berish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri taxlilini o‘rganish jarayoni tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarbiyaga ta’siri metod va usullarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotningusullari. Kurs ishida analizvasintez, qiyosiytahlil, umumlashtirish usullaridan foydalanilgan.
Kurs ishining tuzilishivahajmi.Kurs ishi kirish, ikki bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ___ betni tashkil etadi.


1. Informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq.
Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasada, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas. CHunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o‘z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik
qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi.
Zamonaviy OAV, televidenie, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirib yubormoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o‘zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.


Download 154.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling