Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 2-”V” guruh talabasi Ametova Gulnurning adabiyot nazariyasi va tarixi fanidan “Noma janridagi asarlar tahlili” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 2-”V” guruh talabasi Ametova Gulnurning adabiyot nazariyasi va tarixi fanidan “Noma janridagi asarlar tahlili” mavzusida tayyorlagan taqdimoti. Reja:
Noma janri haqida tushuncha.
“Muhabbatnoma” – turkiy adabiyotdagi noma janridagi ilk asar.
“Latofatnoma” haqida.
Said Ahmadning “Taashshuqnoma”si to`g`risida.
Yusuf Amiriy haqida.
Said Qosimiyning noma janridagi asarlari.
Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi” kitobida keltirgan ma`lumotlari bilan tanishib chiqsak. “Noma janri uzoq tarixga ega. Noma so`zi xat, maktub ma`nolarini bildiradi. Nomaning ilk ko`rinishlari O`rta Osiyo tarixida yozuv paydo bo`lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham ifodalangan. Bunga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning Eron shohi Doroga yuborgan buyumlari – kamon o`qi, baqa, sichqon va qushdan iborat o`ziga xos “maktub”ini eslash kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir. Nomaning ildizlarini yana xalq og`zaki ijodida ko`ramiz. “Alpomish” dostonida nomaning ilk namunasi bor. Qalmoqlar yurtida qolgan Barchin o`zining nochor ahvolini bayon etib, Hakimbekdan yordam so`rab unga noma yozadi va uni o`nta navkar orqali yuboradi. Mahmud Koshg`ariy “Devon-u lug`otit turk” asarida irqish so`zini izohlar ekan, “maktub”, “noma” ma`nosida ham qo`llanadi deb izoh beradi. Shuningdek, Koshg`ariy qo`shug` so`ziga izoh berganda ham, lirik qahramon Turkon xotunga noma yo`llab, “xodimi xizmatga tayyor” ekanini bikldiradi. “Qutadg`u bilig”da Kuntug`di elig tog`dagi g`orda zohidona hayot kechirayotgan O`zg`urmishga maktub yuborib, u bilan uchrashib, suhbatlashishni ixtiyor qilganini yozadi. Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining maishiy, ma`naviy va madaniy hayotida muhim rol o`ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |