Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”


Download 28.72 Kb.
bet2/12
Sana16.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1279267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org

Noma janridan ma`lum tarixiy va ijtimoiy-siyosiy voqealar jarayonida ham istifoda etilgan. Miloddan avvalgi III asrda Markaziy Osiyoda hukmdorlik qilgan Botir tangriqutning Xitoy malikasiga yozgan maktublari va malikaning Botir tangriqutga yozgan javoblari ma`lum.

Noma eski o`zbek tilida “bildirguluk” so`zi bilan ham ifodalangan. “O`g`uznoma” dostonida O`g`uz xoqon barcha ellarning hukmdorlariga bildirguluk, ya`ni noma yuborib, bo`ysunishni va o`lpon to`lashni talab etadi. Shu tariqa ma`lum ehtiyojlar tufayli paydo bo`lgan xabarni ifodalash shakllari ham nomaning shakllanishiga asos bo`lgani aniqroq.

Fors adabiyoti tarixida noma janri. Ikkinchi tomondan, fors-tojik adabiyotidagi noma janri ham o`zbek adabiyotidagi noma janrining shakllanishiga ta`sir etgani shubhasizdir. Fors adabiyoti ham noma janri uzoq tarixga ega. XI asrda yashagan Faxriddin Gurgoniyning “Vis va Romin” dostonida noma janrining mukammalroq namunasini ko`ramiz. Shu o`rinda “Shohnoma”ning ishqiy-romantik parchalari fors adabiyotiga ta`sir etganini aytib o`tish maqsadga muvofiq. E.Bertelsning ta`kidlashicha, fors adabiyotida yangi janr – romantik eposning paydo bo`lishiga aynan “Shohnoma” ta`sir etgan bo`lib, bu janr ijodkorining ilk vakili Faxriddin Asad Gurgoniydir. 1048-yili u “Vis va Romin” dostonini yozadi,dostonda shahzoda Rominning sevgilisi Visga bo`lgan muhabbati va bu muhabbatning fojiali tugaganini hikoya qilar ekan,bu orqali qadimgi Eronning ma`naviy hayoti manzarasini tasvirlab berdi.

“Vis va Romin” dostonida ma`shuqa Vis Rominga yuborgan o`nta noma keltiriladi. Bu nomalar sevgi va hijron azoblariga to`la maktublardir. Bu o`nta nomani Faxriddin Gurgoniy “Dahnoma” nomi ostida beradi.

Keyinchalik Avhadiy (1274-1338)ning tugal noma janri sifatida yaratgan “Dahnoma”si yuzaga keldi. Bu asar qaysi manbalar asosida yaratilganini Avhadiy ko`rsatmagan. Avhadiydan keyin “Dahnoma” yozish an`anaga aylangan. Xoja Imomiddin Faqih Kirmoniy “Muhabbatnomai sohibdilon” yoki “Dahnoma” asarini yozdi. Bu asar ham o`nta nomadan iborat bo`lib, nomalarda muallif sevgi iztiroblarini sakkizta ishqiy-romantik dostonlar orqali izohlaydi. Bular – “Varqa bilan Gulshoh”, “Vis va Romin”, “Vomiq va Uzro”, “Xusrav va Shirin”, “Rubob va Daf”, “Bishr va Hind”, “Yusuf va Zulayho”lardir. Mazkur dostonlar Sharq adabiyotida, bir tomondan, ma`lum va mashhur afsonalar asosiga qurilgan, ikkinchi tomondan, majoziy obrazlar ham ishtirok etgan. Bu dostonlar noma janri yaratilishiga ham asos bo`lgan.


Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling