Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”


Download 28.72 Kb.
bet9/12
Sana16.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1279267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org

Bizgacha “Latofatnoma”ning to’rt nusxasi yetib kelgan. Uning 2 tasi Kobul kutubxonasining muzeyida, bir nusxasi Istambulda va yana bir esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Qo’lyozma hijriy 893-(milodiy 1488) yilda ko’chirilgan bo’lib, 313 baytdan iborat. “Latofatnoma” asarining Kobulda saqlanayotgan uyg’ur yozuvidagi matni fotonusxasi asosida hamda Istambul va Londondagi matnlarning fotonusxalaridan foydalangan holda uning transkripsiyadagi matni 1980-yilda Toshkentda turkolog olim E.Fozilov tomonidan tayyorlanib, nashr etildi. Shuningdek, bu asarning Britaniyadagi fotonusxasidan ayrim parchalar “O’zbek adabiyoti” 4 tomlikning 1-kitobida nashr etilgan. Keyinchalik asar “Muborak maktublar”, “Navoiyning nigohi tushgan” kabi to’plamlarda nashr qilindi.

O`zbek mumtoz shoiri Sayid Ahmad yoki Saidiy (XIV asr oxirida Hirotda tug`ilgan. XV asr ikkinchi yarmida vafot etgan) Sohibqiron Amir Temurning uchinchi o`g`li Mironshohning farzandi edi. U adabiy ijod bilan mashg`ul bo`lib, davlat idora ishlarida deyarli qatnashmagan. U turkiy va forsiyda she`rlar yozib devon tartib bergan hamda noma janrida “Taashshuqnoma” asarini yozadi. Tarjima qiladigan bo`lsak asar nomi “Oshiqlar maktublari”dir. Asar 1435-1436-yillar yaratilgan bo`lib, amakisi Shohruh Mirzoga bag`ishlangan. Doston Xorazmiy “Muhabbatnoma”si va Xo`jandiy “Latofatnoma”siga tatabbu qilingan. Nazira qonuniyatlariga ko`ra, asar tuzilishi, maktublar soni(10 ta) ham yuqoridagilarga o`xshash, masnaviy maktublar g`azal va boshqa lirik janrlar bilan qorishiq. Said Ahmad dostonida har bir g`azalning ma`lum bir maqom bilan bog`langanligi va ikkinchi nomaning barcha misralarida tajnisli qofiya ishlatilganligi bilan Xorazmiy va Xo`jandiy asarlaridan ajralib turadi. Maktublar turkiy tilda. Asar rang-barang poetik shakllarga boy.

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”ning temuriyzoda shoirlarga bag`ishlangan yettinchi majlisida “Sayid Ahmad Mirzo – salim tab` va pok zehn kishi erdi. Hili mashhur nazmlari bor. Ham g`azal, ham masnaviy, ham turkiy, ham forsiy g`azal tavrida devpni bor. Va masnaviy tavrida “Latofatnoma” aningdur. Bu turkcha matla` yaxshi bo`lubturkim:


Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling