Ochunda porsiy daftarlaring bor. Muhabbat nardini ko`plardan o`ttung, Shakartek til birla olamni tuttung. Tilarmenki,bizing til birla paydo Kim ush eldek kechar ayyomi foniy, Jahonda qolsa bizdan armug`one. “Muhabbatnoma” shu tariqa milodiy 1353-yilda dunyoga kelgan. Demak, shoir tojik tilidagi daftarlari, ya`ni to`plamlari, “shakartek til” bilan el orasida ma`lum-u mashhur bo`lgan. Muhammad Xojabek esa undan aynan o`zbekcha asar yozishini so`rayapti. Adabiyotimiz tarixi uchun bu muhim bir fakt. Chunki shoirlarimizning o`z tilimiz qolib, forsiyda asarlar yozishiga qarshi kurash Alisher Navoiy yashagan XV asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi. Taxallusidan ham bilish mumkinki, shoir xorazmlikdir. Lekin asar Sirdaryo yoqalarida bitilgan. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, faqat Amudaryoning Orolga quyiladigan joylarigina emas, Sirdaryoning dengizga tutash bo`lgan hududlari ham Xorazm deyilgan bo`lishi mumkin. Shuning uchun “Xorazm” degan joy nomini anglatgan tushuncha bilan XIV asrdagi hudud bir-biridan keskin farq qilishi tabiiy hol. “Muhabbatnoma”ning bizgacha ikki nusxasi yetib kelgan. Birinchisi milodiy 1432-yili Yazd shahrida Mir Jaloliddin degan kishi taklifi bilan Boqi Mansur degan xattot uyg`ur yozuvida ko`chirgan nusxa. Bu matnda ayrim qisqarishlar uchraydi. Ikkinchisi milodiy 1508-1509-yillarda arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko`chirilgan nusxa. Bu nisbatan to`laroq – jami 473 baytdan iborat. Asarning ikkala nusxasi ham Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Asar tuzilishiga ko`ra o`n bitta nomadan iborat. Noma uning asosiy janriy yo`nalishini belgilab turibdi. Biroq unda nomalardan tashqari g`azal, masnaviy, qit`a, fard janrlari namunalari ham uchraydi. Shoir nomalar orasida shu lirik janrlardan foydalanib ketavergan. Nomalardan tashqari holda kelgan masnaviylarni shoir alohida tepasiga sarlavha tarzida yozib, bildirib o`tgan. Asarda zullisonaynlik (ikki tilda ijod qilish) qoidasiga oxirigacha amal qilingan. Ya`ni, mavjud o`n bir nomadan ikkitasi – to`rtinchi, sakkizinchi nomalar, asar tuzilishiga asosan ulardan keyingi masnaviy, shuningdek, dastlabki g`azal forsiy tilda bitilgan. Shoir maxsus ravishda shunday ish tutganini qayd etib o`tadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |