Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet18/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Bimbo und sein Vogel
Bimbo va uning qushi
Weinheim: Beltz & Gelberg, 1988. – [44] S. ISBN 3-407-80354-0
Bir kuni Bimbo ota-onasiga “Men qush boqmoqchiman”, – dedi. “Ana boʻlmasam!” – dedi onasi. “Xoʻsh, xoʻsh, xoʻsh!” – dedi otasi. Va ikkalasi ham oʻz gazetasini yuziga tutib oʻqishda davom etishdi. Biroq, Bimbo ota-onasining rad javobini eshitsa ham qaroridan qaytmadi va soʻzida qatʼiy turib oldi. “Unda hozirni oʻzidayoq oʻlib qolaman!” “Mayli olaqol”, – dedi onasi. “Faqat qafasi bilan”, – dedi otasi. Bimbo qush sotib olishga bordi va oqqushni tanladi, biroq ota-onasi oqqushni uyga kiritishga qarshilik qilishdi. Shunda Bimbo qushi bilan birga oʻrmonda yashash uchun ketishdi va u yerda koʻplab xavf-xatarga yoʻliqishdi. Bimbo uyiga qaytgach boshidan kechirganlari haqida ota-onasiga aytib bermoqchi boʻldi, biroq ular uni yana eshitishmadi va tez orada maʼlum boʻladiki, ularning bu harakatlari behuda.

Bu Martin Auerning teatr pyesasi uchun Simona Klages tomonidan ertak uslubida chizilgan rasmlardan foydalanilgan, aql bovar qilmas darajada qiziqarli, juda koʻp sonli mukofotlar bilan taqdirlangan kitob kuchli tabiat sohibi boʻlgan bola bemehr ota-onaga qarshi qanday tura olishi mumkinligini koʻrsatib beradi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Vernachlässigung • Tashlab qoʻyilganlik




Heidelbach, Nikolaus (Text/Ill.)
Albrecht Fafner fast allein Albrext Fafner deyarli yolgʻiz
Weinheim: Beltz & Gelberg, 1992. – [44] S.
ISBN 3-407-80394-X
Kichkina bolakay kattakon uyda mutlaqo yolgʻiz ota-onasi ishga ketgan va u haqda hech kim oʻylamaydi. Shunda u oʻzining sevimli plashini, onasining choʻmilish qalpogʻini kiyib, argʻimchogʻiga oʻtiradi va hayollarida uzoq oʻlkalarga ketadi. U zerikkanida katta uch qavatli uyni aylanib chiqadi va oʻz-oʻzicha bu xonalarda har xil hayvonlar, masalan baliq, oq ayiq yoki uzun tumshuqli qushlar yashashini tasavvur qiladi. Mehmonxonada esa mehribon pari yashaydi. Soʻngra eshik qoʻngʻirogʻi chalinadi. Ostonada yuvilgan kirlar solingan sumkani olib kelgan Sofiya ismli qizcha turardi. U qizchani ham oʻz oʻyiniga tortadi va ular birgalikda uyni ertaklar mamlakatiga aylantirishadi. 15-sahifada Haydelbax bu ertaklar mamlakatini oʻzi va uning qahramonlari qanday tasavvur qilganini matnsiz, rasm yordamida koʻrsatib beradi. “Soʻngra esa, uyga ota-onam kelgach, biz allaqachon Sofiya bilan yegulik tayyorlab qoʻyganimizni koʻrib hayratda qolishsa edi. U juda koʻp boʻlsa, Sofiyaga esa, yana ozroq qolishiga ruxsat berishsa va biz barchamiz birgalikda kechki ovqat tanovul qilishga oʻtirsak edi”. Bolaning bu istak maylida ifodalangan tasavvurlari va orzulariga Haydelbax qoyilmaqom tasvirlar chizgan.
Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi
Familienleben in der Diktatur • Diktatura sharoitidagi oilaviy hayot


Chen, Jianghong (Text/Ill.) Scheffel, Tobias (Übers.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling