Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet15/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Schnipselgestrüpp
Qogʻoz changalzor
Zürich: Bajazzo, 2010. – [36] S.
ISBN 978-3-905871-16-6
Qanday zerikarli oila! Ota, ona, bola – hamma oʻzi bilan oʻzi. Ota-ona televizorga tikilgancha miq etmay oʻtirishadi, bola esa oʻz xonasida eski gazetalar bilan oʻynaydi. Oila nochor yashaydi, biror oʻyinchoq yoʻq. Biroq bolaning tasavvur dunyosi unchalik ham qashshoq emas va uning qaychisi bor. Gazetalar uning uchun butun bir sarguzashtlar olami, qogʻoz parchalaridan esa, u oʻz hikoyalarini va har safar yangilarini yarata oladi. Beshiktervatarlar haqidagi maqolani topib olib u qiziqarli oʻyin oʻynashni boshlaydi va oʻyiniga keyinroq otasini ham jalb qiladi. Xoʻsh endi bu ikkovlon oʻzlarining rang-barang olamiga onani ham – chamasi allaqachon televizor dunyosiga kirib ketgan onasini jalb qilishga erisha olarmikan. Nima boʻlganda ham Kristian Duda va Yuliya Krizening bu ajoyib kitobi yakunida onaning sochlarida yaqinlashib qolgan murosadan ishora beruvchi gul paydo boʻladi.

Rasmlar bilan ishlashda rassom koʻmir bilan chizilgan rasmlar va kollaj texnikasini birlashtiradi. Boshida ancha odmi boʻyalgan rasmlar har bir keyingi sahifaga oʻtish davomida, bolaning tasavvur dunyosi ortgani sari xilma-xil ranglar bilan toʻlib, jonlanib boradi va kitob butkul oʻzgarish – toʻliq yorqin boʻyoqlar bilan yakunlanib, unda bola – beshiktervatarga, ota esa – qurbaqaga aylanib qoladi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi
Adoption • Asrandi


Duda Christian (Text) Friese, Julia (Ill.)
Alle seine Entlein
Uning barcha oʻrdakchalari
3. Aufl. – Zürich: Bajazzo, 2008. – [28] Bl.
ISBN 978-3-907588-85-7
(1. Aufl. 2007)
Aslida tulki Konrad shunchaki oʻrdakni yemoqchi boʻladi. Biroq oʻrdak uchib ketadi va unga faqat tuxumi qoladi. Juda och qolgan Konrad tuxumni pishirib yeyish uchun ehtiyotkorlik bilan uyiga olib boradi. Afsuski, u tuxumni pishirishga ulgurmay, undan oʻrdakcha ochib chiqdi. Endi Konradning muammolariga ochlikdan tashqari yana mana shu uni “oyi, oyi” deb chaqirayotgan oʻrdakcha ham qoʻshildi. “Yoʻq! Dada”, – kutilmaganda oʻziga oʻzi eʼtiroz bildirdi Konrad. Umuman olganda, tulki avvalgidek oʻrdakchani yemoqchi edi, shunchaki u to oʻrdakcha uning qornini toʻygʻizadigan tushlik boʻla olgunga qadar ulgʻayishini kutib turishga qaror qildi. Bu xato edi, sababi keyinchalik Konrad bu bolasini yaxshi koʻrib qoldi va unga Lorans deb ism qoʻydi. U oʻrdakchani oʻziga bola qilib olishi bilan hikoya butunlay kutilmagan tus oldi.

Yuliya Frize bu gʻayrioddiy chuqur maʼnoli hikoyani qoyilmaqom tasvirlar bilan boyitgan boʻlib, unda qahramonlarning ismlari Kornad va Lorans oʻziga xos hazilomuz tarzda etologiya bilan bogʻlangan. Rassom oʻz ishida kollaj va rasm kabi texnikalardan foydalanadi, shuningdek komiks elementlarini ham chetda qoldirmaydi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Mutter und Tochter • Ona va qiz

Dörrie, Doris (Text) Kaergel, Julia (Ill.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling