Norac, Carl (Text)
Download 1.07 Mb.
|
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voronova Roza
ChaqaloqFrankfurt a. M.: Moritz, 2015. – [34] S. ISBN 978-3-89565-292-9 Französischer Originaltitel: Bébé Cadum. Paris: L’École des loisirs, 2006 Semyon ismli Quyoncha odatdagi kichkintoylardek jim o‘ynashga odatlanmagan edi. Ilgarilari u Batman kostyumini kiyib olib, o‘z hududlarida qahramonlarcha hukmronlik qilardi. Kunlarning birida uning oilasida chaqaloq dunyoga keldi va avvalgi vaziyat butunlay o‘zgarib ketdi. Endilikda Semyon kichkintoy bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelardi. “Uyga bor, kichkintoy”, - deya buyurardi Semyon: afsuski bu hayqiriqni ukasi hatto tushunmasdi ham. Tun bo‘yi u katta, yomon bo‘ri haqida o‘ylab uxlay olmasdi. “Birdan Semyonga shu narsa ayon bo‘ldiki: atrof minglab yashiringan bo‘rilarga to‘la ... ”. Qanidi shu onlarda ota-onasining yotog‘iga bora olsa — afsuski bu mumkin emas. Ba'zi g‘alati tovushlar qo‘rqinchni battar orttirardi. Ammo bu kichkintoy faqatgina hiqillash va ma’nosiz ovoz chiqarishni bilardi holos. Uni albatta bo‘rilardan qutqarish kerak! Bu hikoyaning o‘ziga xosligi shundaki, kitobda aniq yoritilmagan bo‘lsa-da, quyoncha ota-onasining yordamisiz, mustaqil, katta aka bo‘lishni o‘rganadi. Fransuz rassomi hikoyani ixcham chizmalar orqali, ifodali imo-ishoralardan foydalanib, so‘zsiz ham tushunarli holda tasvirlaydi. U qahramonlarni yorqin rangli fonga joylashtiradi: kunduzgi sahnalar sariq rangda, tungisi esa - ko‘k fonda. Bu yerda kitob muqovasi alohida muvaffaqiyat garovidir: och yorqin qizil fonda Betmenning ko‘k rangli kostyumida quyoncha Semyon tasvirining joylashtirilishi va sariq ranglar bilan“Chaqaloq” deya matnni nomlash kitobni yana-da ko‘zga yaqin qiladi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Adoption • Asrandi Bansch, Helga (Text/ Ill.) Die Rabenrosa Voronova RozaWien: Jungbrunnen, 2015. – 32 S. ISBN 978-3-7026-5874-8 Qizil qalpoq kiygan jajji qizaloq va ikkita qora qarg‘a tasviri tushirilgan kitob muqovasi o‘quvchi e´tiborni darhol o‘ziga tortadi. Qiziqqan kuzatuvchi kitobni ochar ekan, aka va opa-singillari bilan qarg‘aning inida qizil tuxumdan chiqqan Roza haqidagi hikoyani o‘qiy boshlaydi. “Tuxumdan chiqishimiz bilan onam va dadam bizni qanotlari ostiga olishdi. U yer juda issiq edi." O‘zini qarg‘a deb hisoblayotgan Qizaloq faqatgina boshqa qushlar unga achinish hissi bilan tikila boshlagandagina qarg‘a akalari va opa-singillari bilan bir xil emasligini payqaydi. Rassom kitob markazining ikkala betida o‘rmon aholisi — boyo‘g‘li, olmaxon, burgut va hatto ikkita sigirni xavotir bilan g‘alati qarg‘a bolasiga qarayotganlarini tasvirlaydi. Qarg‘alar uchishni o‘rganishni boshlaganda, Rozaning harakatlari samarasiz va hatto uning qag‘illashi juda ayanchli bo‘lib chiqardi.“Avvaliga men ular kabi bo‘lishni xohlardim. Ammo tez orada bu ahmoqgarchilik deya, qaror qildim”. Shunday qilib, u faqat o‘zi yoqtirgan narsani qilishni lozim ko‘rdi. Baxtiga, qarg‘a ota-onasi uni taqdir izmiga tashlab qo‘ymay, o‘zlari bilan janubga sayohatga olib ketishdi. “Men Voronova Rozaman! ” — deydi u so‘ngida. U o‘zligini topdi va bu uning o‘ziga ishonchini oshirdi. Helga Bansh bu hikoyachada hammaga o‘xshamaslik nima ekanligini jon dili ila hikoya qiladi. Kitob bilan ishlash jarayonida u tasvirning o‘ziga hos xususiyatlardan foydalanib, rang va tasvirni uyg‘unlashtirgan, rangli chizmalar va qisqa hikoyalar seriyasini ketma-ketlikda, kayfiyatni ko‘taruvchi illyustratsiyalar bilan boyitgan. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Fröhliche Familien • Quvnoq oilalar Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling