Alles Familie!
Vom Kind der neuen Freundin vom Bruder von Papas früherer
Frau und anderen Verwandten
Bularning barchasi oila!
Yangi qiz oʻrtogʻining bolasi haqida, otasining sobiq xotinining akasi va boshqa qarindoshlar haqida
Leipzig: Klett Kinderbuch, 2010. – [15] Bl. ISBN 978-3-941411-29-6
Bu kitob bugungi oilalarning xilma-xilligi haqida gapirish borasidagi muvaffaqiyatli urinishlardan biri boʻlib,
unda rasmlarda ifodalangan, nomidan maʼlum boʻlganidek quvnoq va qiziqarli hikoyalardan foydalanilgan. Gap qanday oilalar haqida ketganidan – oʻgaymi yoki asrab olganlarmi, bundan qatʻi nazar – mualliflar ularga oʻzlaricha baho berishmaydi. Anʻanaviy burjua oilasini zarracha eslatmaydigan hikoyalarni oʻqir ekansiz, biror pand-nasihatni oʻz ichiga olmagan jiddiy yondashuv va joʻshqin rasmlar norozilik bilan qoshlarini chimirish hissini keltirib chiqarmaydi. Kitobdan siz “ikkinchi ota”, “chorak kam dada” yoki “oʻgay ona” kabi tushunchalarning
mohiyati haqida, shuningdek, qaynotalar va qaynonalarni Shvetsiyada “plastik dadalar va onalar” deb atashlari haqida bilib olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, unda egizaklar,
farzand asrab olish, homiylik ostidagi oilalar va oilalarning xilma-xil – sershovqin, notinch, quvnoq boʻlishi mumkinligi haqida gapiriladi. Hech kim divandan ortiqcha
turishni yoqtirmaydigan, uydan chiqmas oilalar ham bor. Shuningdek, unda tutingan va qondosh qarindoshlik oʻrtasidagi farq nimadaligi va tomirlarida bir xil qon oqadigan odamlardan nimalar meros boʻlib oʻtishi mumkinligiga toʻxtalib oʻtiladi: masalan,
qizil sochlar, tugʻma xollar yoki katta burun.
Ushbu rasmli kitob – haqiqiy xazina. U kayfiyatni aʼlo darajada koʻtaradi va shu bilan birga bagʻrikenglikni juda yengillik bilan oʻrgatadi. (Butun oila uchun)
Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi