Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet10/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Wir gehören zusammen Unsere Patchworkfamilie

Birga quroq oilamiz


Wien: Annette Betz, 2011. – [28] S. ISBN 978-3-219-11485-0
Paul onasi, Paulina otasi bilan yashaydi va ikkisining ham bundan ko‘ngilari to‘q edi. Paulning onasi va Paulinaning otasi bir-birini sevib, birga yashashga qaror qilishganda, bolalar dastlab sarosimaga tushishdi. Bu mutlaqo foydasiz, deb o‘ylashdi. Ammo Paulina hali ham yangi uyga ko‘chib o‘tishdan va hatto malika libosini kiyishdan xursand edi - axir, shahzoda uni u yerda kutayotgan edi-da. Pol o‘zini ko‘proq kema bortiga chiqqan qaroqchi kabi his qilardi. To‘rtalasi birga yashashi avvaliga g‘alati tuyuldi. Ko‘pincha tushunmovchiliklar va muammolar vujudga kelardi. Paulina Paulning sevimli ko‘rpasiga o‘ranib olganida, uning sabr kosasi nihoyatda to‘lib ketardi. Yig‘lab, ko‘rpani mayda bo‘laklarga kesib tashladi. Yaxshiyamki, onasi bunga xotirjamlik bilan qarab, birgalikda ulardan yangi quroq ko‘rpa tikishni taklif qildi. Dadasi va oyisi buni o‘yinga aylantirdilar. Ko‘rpa tikish juda qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib chiqdi.
Yozuvchi Lyusi Scharenberg tomonidan nozik va psixologik tarzda hikoya qilingan bu voqea, shubhasiz, xuddi shunday vaziyatdagi bolalarda aks-sado beradi. Bu kitob asosida biz muallifning yangi qiralarini kashf qildik. Verena Balxaus ushbu kitobda o‘zini kollaj, bo‘r va siyoh bilan chizish detallari kabi texnikalarni birlashtirib, hayratlanarli darajadagi ko‘p qirrali illyustratsiyalarni yaratdi, ularda qahramonlarning taqdir chalkashliklarini va tushunarsiz tuyg‘ularini ifodaladi. Oxirgi rasmda oilaning to‘rt a'zosi tayyor quroq ko‘rpa ostida hotirjam uxlayotgani tasvirlangan — bu baxtli oila qiyofasining ajoyib vizual talqini.

Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi



Junge Eltern •
Yosh ota-onalar



Blake, Quentin (Text/Ill.) Blum, René (Übers.)
Sagasu

Zagazu


Berlin: Aufbau, 2010. – 32 S.
ISBN 978-3-351-04110-6
Englischer Originaltitel: Zagazoo. London: Cape, 1998
Bella va Jorjning Zagazu ismli farzandi dunyoga keldi. Ular uni pochta orqali olishdi va jo‘natmani ochishganda juda shodlanishdi. (Bu o‘rinda ma’rifatli bolalar, albatta, norozilik bildirishadi, ular bilan bu kitobni o‘qib, tomosha qilash jarayonida ota-onalar bu ertak ekanligini tushuntiradilar). Zagazu bilan hayot ular uchun har qadamda kutilmagan hodisalar tayyorladi. Avvaliga chaqaloq xursand bo‘lgan ota-onalari uchun shunchaki ajoyib o‘yinchoq edi, lekin keyin u bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib, qichqirayotgan hayvonga, tepkilaydigan filga, siz non bilan harchand boqmang loyda ag‘anab yotadigan cho‘chqacha yoki gilamga o‘t qo‘yishga intilayotgan ajdahoga aylandi. Bir kuni ertalab ular Zagazuning o‘rnida g‘alati uzun sochli bir mahluqni topib olishdi.
“Agar bu hech qachon tugamasa-chi, o‘ylab ko‘ring! - dedi Bella: “Bizga nima bo‘ladi?” Ammo keyin Zagazu to‘satdan xushmuomala yigitga aylandi va dahshatli manzara yo‘q bo‘ldi. Voqeaning asli qanday bo‘lganini hikoyani o‘qib bilib olasiz.
Kventin Bleyk — Angliyadagi eng mashhur illustrator va komiks rassomlardan biri. 2002- yilda u bolalar adabiyoti sohasidagi eng nufuzli — Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Uning akvarel bilan chizilgan nozik rasmlari darhol hajviy rassomning kimligini sotib qo‘yadi. Tana harakatlari, yuz ifodalari va qahramonlarning individual tafsilotlarini karikatura bilan bo‘rttirish ularning kayfiyatlari haqida ko‘p narsalarni hikoya qilib beradi. (Butun oila uchun)
Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi

Elternliebe • Ota-ona mehri

Erlbruch, Wolf (Text/Ill.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling