Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet22/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Mein Papi, nur meiner! oder: Besucher, die zum Bleiben kamen
Mening dadam faqat meniki!
Yohud mehmonga kelib qolib ketganlar
4. Aufl. – Frankfurt a. M.: Alibaba, 1998 – [16] Bl.
ISBN 3-922723-35-7 (1. Aufl. 1984)
Englischer Originaltitel: The Visitors Who Came to Stay. London: Hamilton, 1984

Bu kitob 1984-yil Germaniyada nashr etilgan va darhol jamoatchilikning qizgʻin muhokamasiga sabab boʻlgan. Bolalar bunday tasvirlarni yetarli darajada toʻgʻri qabul qila oladilarmi? Biroq, nemis yoshlar adabiyoti mukofotining hakamlari hayʼati jasorat koʻrsatib, 1985-yilda unga eng yaxshi rasmli kitob unvonini berdi. Annalena Makafi ota-onasi ajrashganidan soʻng otasi bilan yashaydigan Keti ismli qizcha haqida hikoya qiladi. Tashqi dunyodan biroz uzilib qolganligiga qaramay, bu ikkovlonning hayoti yaxshi va tinch kechayotgandi va Keti bundan mamnun edi. Biroq, bir kuni otasi mehmonga oʻzining qiz oʻrtogʻini oʻgʻli bilan birgalikda olib keladi. Soʻngra bu “bosqinchilar” ularning uyiga butunlay koʻchib kelishadi va Ketiga xuddi uni siqib chiqarishayotgandek tuyuladi va u oʻzini xavf ostida his eta boshlaydi. Bu xavfning ifodasi sifatida Entoni Braun grotesk uslubida ishlangan maxluqning – hazilomuz buyumlar doʻkonchasidan olingan, Shonning ryukzagida toʻlib yotgan oʻyinchoqlarning tukli qoʻllari tasviridan foydalanadi. Mashhur ingliz rassomining rasmlari Keti va uning olamidagi oʻzgarishlarni qoʻrqinchli detallar va noodatiy elementlar yordamida ifodalaydi. Keti, nihoyat, “bosqinchilarni” haydab otasiga yana yolgʻiz egalik qila boshlagach, birdan uydagi sukunatga chidab boʻlmasligini va unga bu “mehmonlar” olib kelgan jonlanish yetishmayotganligini sezadi. Shundan soʻng u oʻzgarishlar va toʻrt kishidan iborat hayot tomon qadam qoʻyishga qaror qiladi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi

Familie in Auflösung • Oilaning buzilishi





Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling