Norac, Carl (Text)
Download 1.07 Mb.
|
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning buzilishi Kittelberger, Kai (Text) Gleich, Jacky (Ill.) Wo ist Papa Dadam qayerda
- McAfee, Annalena (Text) Browne, Anthony (Ill.) Teuter, Abraham (Übers.)
In den Wald hinein
Oʻrmon chakalakzoridaOldenburg: Lappan 2004. – [24] S. ISBN 3-8303-1082-X Englischer Originaltitel: Into The Forest. London: Walker Books, 2004 Bir kuni tunda kichkina bolakay dahshatli shovqin eshitdi. Ertalab maʼlum boʻldiki, otasi yoʻqolib qolibdi. Bola barcha daraxtlarga “Dada uyga qayting”, deb yozib chiqdi – biroq u ertasi kun ham kelavermadi. Shundan soʻng onasi oʻgʻlini buvisinikiga pirog olib borish uchun yuboradi. “Oʻrmon chakalakzoriga kirma, – deb buyuradi onasi. – Aylanib oʻt”. Biroq bolakay ehtimol otasi uning yoʻqligida kelib qolishi mumkinligi oʻylab, tezroq uyga qaytish uchun yoʻlni kesib oʻtishga va oʻrmon orqali yurishga qaror qiladi. Entoni Braunning bola oʻrmonga kirganidagi rasmlari oq-qora rangda tasvirlangan, faqat kichkina bolakayning qiyofasi daraxtlar orasida sehrli yorqin nuqta kabi miltillab turadi. Yoʻlda unga turli-tuman ertak qahramonlari uchraydi. U boʻrining qarshisida qoʻrquvdan titray-titray, oxir-oqibat oʻz manziliga yetib boradi. Qizil qalpoqcha haqidagi ertakdan farqli oʻlaroq, buvisining uyida, toʻshakda boshqa birov emas, buvisining oʻzi yotgan boʻladi. U yerda yana otasi ham boʻladi. Ular birgalikda uyga qaytishadi va ularni oyisi tabassum bilan kutib oladi. Entoni Braunning sirli rasmlari ertaklar olamidagi koʻplab iqtiboslarni oʻz ichiga oladi va bolaning oila buzilishi oldidagi qoʻrquvini ifodali tarzda yetkazib beradi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Familie in Auflösung • Oilaning buzilishi Kittelberger, Kai (Text) Gleich, Jacky (Ill.) Wo ist Papa? Dadam qayerda? Weinheim: Beltz & Gelberg, 2009. – [26] S. ISBN 978-3-407-79397-3 Yulius onasi bilan birga yashaydi. Baʼzida u onasidan otasi haqida soʻrab bilishga urinadi. Biroq, onasi odatdagidek, javob oʻrniga maʼyus qarab qoʻyadi va hech narsa demaydi. Baʼzan otasini astagina koyishga tushadi, bir safar esa, u jahl bilan shunday deydi: “Otang dunyoning narigi burchagida”. Shunda Yulius dunyoning narigi burchagini izlab topishga qaror qiladi. U Ignas ismli yumshoq ayiqchasini ryukzagiga soladi va sayohatga yoʻl oladi. Yoʻlda u dunyoning narigi burchagini qayerdan topish mumkinligi haqida Maks ismli kuchukdan soʻraydi. Biroq u hech qachon bunday joy haqida eshitmaganini aytadi. Shunday boʻlsa-da, u Yuliusga oʻsha joyni topishga yurdam berishga kirishadi va ular ikkovlashib yoʻlda davom etishadi. Soʻngra ularga Mats ismli qushcha qoʻshiladi va endi dunyoning narigi burchagini, agar Ignasni ham qoʻshib hisoblasa toʻrt juft koʻz izlayotgandi. Oʻrmonda ular bahaybat va yovvoyi qoʻngʻir ayiqqa duch kelishadi. Yaxshiyam-ki, u Ignasning amakisi boʻlib chiqadi va ularga yordam berishga vaʼda beradi. Biroq avvaliga ular yaxshilab uxlab olishlari kerak boʻladi. Uygʻonganida Yulius otasining dunyoning narigi burchagidan uzoq yoʻl bosib, uni dam olish kunida oʻsha yerga olib ketish uchun kelganini koʻradi. Jeki Glayks bu umidlarga toʻla hikoya uchun hayot quvonchlariga boy tasvirlar chizgan. Unda hatto qorongʻi oʻrmondagi bahaybat qoʻngʻir ayiq ham bir qarashda tuyulganidek qoʻrqinchli koʻrinmaydi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi McAfee, Annalena (Text) Browne, Anthony (Ill.) Teuter, Abraham (Übers.) Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling