Norac, Carl (Text)
Download 1.07 Mb.
|
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakai, Komako (Text/Ill.) Gräfe, Ursula (Übers.) Mama, ich mag dich ... Oyi men sizni...
- Tashlab qoʻyilganlik Auer, Martin (Text) Klages, Simone (Ill.)
Papa wohnt jetzt in der Heinrichstraße
Otam endi Xaynrixshtrasseda yashaydi 10. Aufl. – Zürich: Atlantis, 2002. – [32] S. ISBN 978-3-7152-0363-3 (Erstausgabe: Lohr: Modus Vivendi, 1988) Bernd hamma narsadan koʻra koʻproq Bobo va Dodo laqabli ayiqchalari bilan oʻynashni yaxshi koʻradi. Bobo – dadasi, Dodo – oyisi va avvaliga ular juda ahil edilar. Xuddi Berndning oyisining fotoalbomidagi tasvirlardagi ota-onasi kabi. Biroq, keyinroq ota-onasi janjallasha boshlashdi va bir-birlari bilan gaplashmay qoʻyishdi. Soʻngra Berndning otasi butunlay uydan ketib qoldi. Bernd gangib qoldi, uning tabiatida jizzakilik va umidsizlik uygʻondi. U oʻzining qoʻrquvini ayiqchalar yordamida, rolli oʻyinlar orqali yengishga muvaffaq boʻldi. Asta-sekin u oʻzgargan voqelikni tushuna boshladi. Biroq, ota-onasi endi bir-birlarini yaxshi koʻrmasliklarini qabul qilish uchun unga biroz koʻproq vaqt kerak boʻldi. Hikoyaning oxirida u otasinikiga ketayotib, Dodoni oʻzi bilan birga oladi. “Endi Dodo men bilan bir yotoqda uxlaydi, Bobo esa – boshqasida!” Verena Ballxaus rasmlari oilaning asta-sekin parchalanish jarayonini taʼsirchan va qaygʻuli qilib tasvirlagan. Ayniqsa, kitobning oʻrtasida yolgʻiz bolakay yolgʻiz otadan yolgʻiz ona tomon uzun zina boʻylab koʻtarilishi tasviri juda taʼsirli ifodalangan va oʻquvchini kuchli hayajonga soladi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Mutter und Kind • Ona va bola Sakai, Komako (Text/Ill.) Gräfe, Ursula (Übers.) Mama, ich mag dich ... Oyi men sizni... Frankfurt a. M.: Moritz, 2005. – [16] Bl. ISBN 978-3-89565-160-1 Japanischer Originaltitel: Boku oka- san no koto. Tokyo: Bunkeido, 2000 Yapon rassomi Komako Sakayi ona va bola munosabatlaridagi har kuni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xafagarchiliklar va tushunmovchiliklar haqida quyoncha nomidan ajoyib bir yumor bilan hikoya qiladi. Qahramon birinchi sahifada boshlagan “Oyi men sizni...” jumlasi, ikkinchi sahifada kutilmagan tarzda davom etadi: “YAXSHI KOʻRMAYMAN”. Ushbu soʻzlarning tasdigʻi sifatida biz quyonchaning yaqqol norozilik ifodasi koʻzga tashlanib turgan, xafanok tarzda burib olgan yuzini koʻrishimiz mumkin. Keyin esa, butun bolalik hayotini toʻldirgan barcha mayda xafagarchiliklar va shikoyatlar sanab oʻtiladi: “Siz har doim meni koyiysiz”, “har doim meni shoshirasiz, turtkilaysiz va tortqilaysiz, oʻzingiz esa, imirsilab, sekin harakat qilasiz”, va hokazo, va hokazo... Va bu ayblovlar zanjiri eng muhimiga borib ulanadi: “Siz menga hech kim UYLANMASLIGINI aytdingiz”. Ha bunday ona kimga kerak! “Xayr ahmoq oyi!” TAQ! Eshik yopildi. Mana endi ona yotogʻida yotgancha oʻylardi. Yaxshiyam-ki, quyoncha koptogini unutibdi va u uni olish uchun ortiga qaytishiga toʻgʻri keldi. “Axir sen mening eng katta boyligimsan!” Qahramonlar xuddi oʻquvchining nigohlarini haqiqatda kuzatib turgandek sahnada namoyon boʻladi. Harakatlar och moviy fonda sodir boʻladi. Patdek yengil, mayin ranglar bilan boʻyalgan va ortiqcha detallar bilan toʻldirib yuborilmagan tasvirlar bolaning kayfiyatini aniq ifodalaydi. Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi Vernachlässigung • Tashlab qoʻyilganlik Auer, Martin (Text) Klages, Simone (Ill.) Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling