Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet5/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Etwas ganz Großes

Ulkan bir narsa


München: mixtvision, 2015. – [32] S.
ISBN 978-3-95854-019-4
Franz. Originaltitel: Quelque chose de grand. Genève: Éd. La Joie de lire, 2012
Bolakay juda kichkina bo‘lganidan g‘azablanadi. U qandaydir katta ish qilishni xohlaydi. Ammo kichkintoy uchun katta narsa nimani anglatadi? Buni unga otasi ham tushuntirishga harakat qilmoqda. Bu tog‘lar emas — ular juda katta. Fil ham emas — bu juda kulrang. Ehtimol, bu “atrofida dengiz va tunda yorug‘lik beradigan” mayoqqa o‘xshash narsadir.
Kichkintoylarni yaxshi ko‘rgan kattalar bolaning xohish-istaklarini bajarishga harakat qiladi, garchi ularni to‘liq tushunmasada. Oxirida ikkalasi yomg‘ir ostida sohil bo‘ylab sayr qilishadi. “Dengizga qaraganimda, juda katta ish qila oladigandek tuyuladi menga”, deydi bola.
To‘satdan u baliqni qutqarish imkoniyatiga borligini anglab qoldi. Bola xursand edi, chunki bu harakat unga juda katta narsadek tuyulardi.
Belgiyalik rassom Ingrid Godon bu sokin, she'riy hikoya uchun oq fonda qizil, qora, yashil va ko‘k rangli bo‘rlardan foydalanib rasmlarni tasvirladi. Ranglarda ota va bola o‘rtasidagi kayfiyat va chuqur samimiy munosabatlar hayratli tarzda jilolangan. Ajoyib va ​​juda g‘ayrioddiy dizaynlashtirilgan kitob hatto kattalar uchun ham chiroyli sovg‘a bo‘lishi mumkin.

Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi



Großfamilie • Katta oila

Jünger, Brigitte (Text) Dürr, Julia (Ill.)
Ida und das Gürkchen

Ida va bodring


Wien: Jungbrunnen, 2015. – [36] S.
ISBN 978-3-7026-5873-1
Yozef katta oilada yashaydi. U beshta akasi bilan juda faxrlanadi, singlisi Ida haqida esa hech kimga aytmaslikni afzal ko‘radi. U doimo unga g‘amxo‘rlik qilsa-da, do‘stlari oldida bu ishidan uyaladi. Ida ham o‘z navbatida uni boshqa akalariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘radi: uxlashga faqatgina u yotqizishini, bog‘chadan olib ketish uchun ham Yozef kelishini xohlaydi.
Ammo mahallaga yaqinda ko‘chib kelgan bolaning umuman uka-singillari bo‘lmay, u Yozefning katta oilasiga hasad qilardi. Ular bilan tanishgani chiqqanida esa aksiga olib Idadan boshqa hech kim uyda yo‘q edi. Uni o‘zlari bilan o‘rmonga, xazina qidirishga olib borishdan boshqa iloj qolmadi. Ammo Ida bilan o‘ynash juda maroqli ekanini Yozef inkor qila olmasdi. Nima bo‘lishidan qat´i nazar, Idani uyga juda kech olib kelgani uchun uni jazo kutardi.
Ertasi kuni onasi va Ida buvisini ko‘rish uchun ketishganda, u akalari bilan qolishga majbur bo‘ladi. Shunda anglaydiki, Idasiz unga nimadir yetishmayotgandek. Axir faqat ugina oxirgi bodringni Yozefning yostig‘i ostiga g‘amxo‘rlik bilan qo‘yardi, chunki bodringni yaxshi ko‘rishini Idadan boshqa hech kim payqamagan edi.
Muqovadagi rasmning pastki qismida joylashgan olti aka-ukaning tasviri singlisiga bo‘lgan o‘ziga xos munosabat haqida bevosita kitobxonga xabar beradi.
U xuddi farishtaga o‘xshab o‘z ismidagi “A” harfi ustida pturibdi. Qiziqarli tafsilotlarga to‘la, kitob sahifalaridagi rasmlar ushbu katta oilada hukm surayotgan quvnoq tartibsizliklar haqida hikoya qiladi.
Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi

Vater und Sohn Ota va o´g´il


Saudo, Coralie (Text) Giacomo, Kris di (Ill.) Kersten, Jacqueline (Übers.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling