Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet3/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Waechter, Philip (Text/Ill.)
Endlich wieder zelten!
Va nihoyat chodir quramiz!
Weinheim: Beltz & Gelberg, 2015. – [32] S. ISBN 978-3-407-82065-5
“Тa´til! Nihoyat, maktab yo‘q.” Timning oilasi bilan lagerda dam olishi haqidagi qiziqarli hikoyasi shunday boshlanadi. Ko‘plab kulgili vaziyatlar umumiy rasmlar jamlanmasida tasvirlanadi: Tim uchun akasi bilan dengiz bo‘yidagi chodirlarda dam olish — katta baxt. Biroq ota-onalar uchun ham shundaymikan? Albatta yo‘q: bu ularning yuz ifodalari va imo-ishoralari komiks uslubida yaratilgan surat va sahnalarda aks etadi.
Mashinaga ko‘plab narsalarni yuklash va uzoq yo‘lga chidab berish bir masala bo‘lsa, dengiz manzarasi yalt etib turgan mukammal joyni qidirish va chodir o‘rnatish — bu ham bir mashaqqat. Ammo, shundan keyin haqiqiy ta´til boshlanadi: na qo‘shni xonadondagi baland ovozli musiqa, na ulkan chivinlarning chaqishi, na yomg‘irli bo‘ron bolalar quvonchiga soya sola olmaydi. Eng ajoyibi esa tungi osmonda shunchalik ko‘p uchayotgan yulduzlarni yana qaerda ham ko‘rish mumkin!
Filipp Vaxterning chizish uslubi Jan-Jak Sempe uslubini eslatadi: jonli tasvirlar, tiniq ranglar. U komik striplarni vimmelbux ruhidagi mayda tafsilotlarga boy ko‘plab rasmlar bilan ketma-ket joylashtirib, butun betni sokin illyustratsiya bilan to‘ldiradi. Bu unga turli darajalarda va turli nuqtayi nazardan hikoya qilish imkonini beradi.

Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Geschwister • Aka-singillar



Aakeson, Kim Fupz (Text) Eriksson, Eva (Ill.) Dörries, Maike (Übers.)
Babyalarm

Chaqaloq uchun signal!


Hildesheim: Gerstenberg, 2012. – [48] S.
ISBN 978-3-8369-5472-3
Dänischer Originaltitel: Søndag. [København]: Gyldendal, 2011
Jonasning ota-onasi chaqaloq tug‘ilishini shunchalik quvonch va sabrsizlik bilan kutishyaptiki, bolakay bu holatni ko‘rib, menga mehri yetmay qolsachi, degan havotirga ham borishni boshladi. Hafta davomida ushbu o‘y ustida bosh qotirarar ekan, huddi o‘zini tashlab ketilgandek his qilardi. Do‘sti Villi uni bolalar uyi va asrab oluvchi ota-onalar haqidagi hikoyalar bilan yupatishga harakat qilsa-da, urinishlar unchalik samara bermasdi. Buvisining, bola dunyoga kelishi bilan ota-onaning mehr yanada ortishi haqidagi gaplariga ham u qadar ishongisi kelmasdi.
Hafta oxirida Jonas xayolida “sevgi va shu haqdagi biladigan barcha narsalari” ro‘yxatini tuzadi, yakshanba kuni sharafiga unga ota-onasi bilan yotoqda nonushta qilishga ruxsat beriladi. Aynan shu daqiqalarda u o‘zini juda yaxshi ko‘rishlarini his qiladi. Balki buvim haq bo‘lgandirlar, degan umid paydo bo‘ladi bolakay qalbida.
Daniyalik yozuvchi aka-uka yoki opa-singil paydo bo‘lishi arafasida, ota-ona mehrini yo‘qotish qo‘rquvi yoki rashk tufayli azob chekayotgan bolaning savollari va shubhalari mavzusiga katta e´tibor bilan murojaat qiladi. Vaziyatni nozik tarzda anglab olib, qahramonlarning yuz ifodalari va tana harakatlari orqali hissiy holatini bir nechta aniq tasvirlar bilan yetkazish qobiliyati Eva Eriksonni esa ushbu tasalli beruvchi hikoyaning mukammal rassomiga aylantiradi.

Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi




Adoption Asrandi


Vincent, Gabrielle (Text/Ill.) Rech-Simon, Christel/ Varin, Heidi (Übers.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling