O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Xalqaro  valuta  likvidligini  davlatlararo  muvofiqlashtirish


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34

Xalqaro  valuta  likvidligini  davlatlararo  muvofiqlashtirish. 
Xalqaro 
valuta  likvidligini  muvofiqlashtirish valuta tizimining  elementi  sifatida 
xalqaro  hisob-kitoblarni  zarur  t o ‘lov  vositalari  bilan  ta ’minlashdan 
iborat.
X a l q a r o   v a lu ta   lik vid lig i  —  bu  m a m la k a t  (yoki  bir  g u ru h  
m am lakatlar)ning vaqtida o ‘z Xalqaro  majburiyatlarini  kreditor uchun 
muqobil bo'lgan  to'lov vositalarida so‘ndirilishini ta ’minlashdan  iborat. 
J a h o n  x o ‘jaligi nuqtayi  nazaridan Xalqaro valuta likvidligi jah o n t o ‘lov 
m uom alasini  moliyalashtirish  va  kreditlash  manbalarining  yig‘ indisini 
bildiradi  ham d a u ja h o n  iqtisodiyotining  Xalqaro  zaxira  aktivlari  bilan 
t a ’minlanganligiga  bog‘liqdir.
Xalqaro  valuta  likvidligi  4  asosiy  qism  (kom ponent)dan  iborat:
—  m amlakatning  rasmiy  oltin  zaxiralari;
—  m amlakatning  rasmiy  valuta  zaxiralari;
—  Xalqaro  hisob-kitob  pul  birliklaridagi  hisobvaraqlar;
—  Xalqaro Valuta Fondidagi  zaxira pozitsiyasi  (a’zo mamlakatning 
o ‘z  kvotasining  25  foizi  chegarasida,  xorijiy  valutada,  so‘zsiz  kredit 
olish  huquqi).
Xalqaro valuta likvidligining k o ‘rsatkichi b o ‘lib,  odatda,  mamlakat 
rasmiy oltin-valuta zaxiralarini uning yillik tovar importining summasiga

nisbati  hisoblanadi.  Ushbu  k o ‘rsatkichning  qimmatligi  cheklangandir, 
chunki  u  mamlakat  oldida  turgan  barcha  joriy  t o ‘lovlarni,  xususan 
notijoriy  xizmatlar  ham da  kapital  va  kreditlarning  xalqaro  harakati 
bilan  bogMiq  moliyaviy  operatsiyalarni  hisobga  olmaydi.
X alqaro  kredit  m u o m a la   vositalaridan  foydalanish  qoidalarini 
soddalashtirish  (unifikatsiya).  Milliy  valuta  tizim ida  ko ‘zda  tutilgan.
X a lq a ro   h is o b -k ito b la rn in g   asosiy  s h a k lla rin i  so d d a la sh tirish  
(unifikatsiya).  Milliy  valuta  tizimida  ko‘zda  tutilgan.
Jahon  valuta  va  oltin  bozorlari  rejimi. 
Ja h o n   valuta  bozori  yer 
kurrasi  b o ‘ylab  joylashgan  ja h o n   moliyaviy  markazlarida  mavjuddir. 
Zam onaviy jahon valuta bozori elektron telekommunikatsiya tizimidagi 
bozor  desak  mubolag‘a  boMmaydi.  U shbu  bozor  operatsiyalar  hajmi 
b o ‘yicha  moliyaviy bozorlar ichida eng yirigi  bo ‘lib,  «Spot»,  «Forvard», 
« F y u c h e rs » ,  « O p sion » ,  «Svop»  va  b o s h q a   m o liy av iy   h o s ila la r  
bozorlaridan  iboratdir.
Oltin  bozorlari  —  bu,  oltin  savdosining  maxsus  markazlari.  U shbu 
bozorlarda  sanoat-m aishiy  iste’mol,  xususiy  iste’mol,  investitsiya, 
tavakkalchilik,  chayqovchilik,  xalqaro  h iso b -k itob lar  uchun  z a ru r 
bo ‘lgan  valutani  sotib  olishni  sug‘urtalash  m aqsadida  oltinni  b ozor 
bahosidagi  m untazam   oldi-sotdisi  tashkil  etilgan.
Ja h o n   valuta  tizimining  amal  qilish  xarakteri  va  muvozanatliligi 
uning  tamoyillarining  jahon  x o ‘jaligi  tarkibiy  tuzilishi,  kuchlarning 
joylashishi  va  yetakchi  m am lakatlar  manfaatlariga  mosligi  darajasiga 
bog‘liqdir.  U shbu  sharoitlarning  o ‘zgarishi  natijasida  jah o n   valuta 
tizimining davriy inqirozi vujudga keladi.  Bu  inqiroz zikr etilgan  valuta 
tizim ining  yemirilishi  va  yangi  valuta  tizimining  barpo  etilishi  bilan 
yakunlanadi.
Hududiy  valuta  tizimi  —  bu  hududiy  birlashm a  a ’zolari  bo ‘lmish 
mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan  mustahkamlangan valuta 
munosabatlarini tashkil  etishning shaklidir.  Bunga yaqqol  misol sifatida 
Yevropa  valuta  ittifoqini  keltirish  mumkin.
H u d u d iy   v a lu ta   tiz im in in g   e le m e n tla r i  j a h o n   v a lu ta   tiz im i 
elementlariga  o'xshashdir.
Ja h o n   va  hududiy  valuta  tizimlari  o ‘zgaruvchan  sharoitlarga  tez 
moslasha  oladigan,  egiluvchan  b o ‘lishi  ham d a  alohida  davlatlar  va 
bu tu n   ja h o n   m anfaatlarida  m u v o za n a tn i  saqlash  xususiyatiga  ega 
bo ‘lish  lozim.
F a q a tg in a   s h u n d a y   s h a r o i tl a r d a   v a lu ta   tiz im i  u z o q   m u d d a t 
davomida  muvaffaqiyatli  amal  qilishi  mumkin.

Davlatlararo  kelishuvlar bilan o ‘rnatiladigan valuta munosabatlarini 
tashkil  etishning  davlat-huquqiy  shakli  sifatidagi  valuta  tizimi  bir 
vaqtning o ‘zida paydo bo‘lgani yo‘q.  Uning pul tizimidan  ajrab  chiqishi 
va  m ustaqil  kategoriyaga  aylanishi  qiym at  pul  sh a k lin in g   uzoq 
rivojlanishi  ham da  pul  o'rnini  bosuvchilar  paydo  bo'lishi  jarayonida 
sodir  bo‘lgan.
Pul  tizimi  qiymatning  pul  shakli  pul  vazifasining  noyob  metallarga 
va  so ‘ng  oltinga  o ‘tishi  bilan  vujudga  keladi.  Bunda  pul  tizimini 
tashkil  etish  asoslari  barcha  m amlakatlar  uchun  um um iy  bo'lgan.  Bu 
birinchi  navbatda pul  metalidan  tangalarning erkin  zarb etilishi,  qiymat 
belgilarini  t o ‘sqinliksiz  oltinga  almashtirilishi  va  oltinning  bir  mamla- 
katdan  boshqa  mamlakatga  erkin  harakatidan  iboratdir.
Valuta  tizimi  o ‘zining  zamonaviy  shakliga  kelguncha  uzoq  tarixiy 
davrni  bosib  o ‘tgan.  Birinchi  jah o n   valuta  tizimi  stixiyali  ravishda 
sanoat  inqilobidan  so‘ng  oltin  monometalizm i  asosida  oltin-tanga 
standarti shaklida shakllangan. Yuridikjihatdan esa  mazkur tizim  1867- 
yil  Parij  shahrida  b o ‘lib  o ‘tgan  konferensiyada,  davlatlararo  kelishuv 
sifatida  rasmiylashtirilgan.  Ushbu  jahon  valuta  tizimi  ja h o n   pulining 
yagona  shakli  sifatida  oltinni  rasmiy  tan  oigan  edi.
XIX  asrda  xalqaro  savdoning  rivojlanishi  bilan  ko‘pchilik  davlatlar 
o ‘zlarida «oltin  standarti»ni  kiritdilar,  ya’ni  sliu  davrdan  boshlab  maz­
kur  davlatlar  valutalarining  kursi  va  qiymati  shu  valutalar  zaminida 
y otgan   o ltin   m iq d o r in in g   q iy m a ti  bilan  b e lg ila n a d ig a n   b o i d i .  
Davlatlarning  markaziy  (milliy)  banklari  o ‘z  navbatida  milliy  qog'oz 
p u lla r n i  ta a llu q li  o ltin   m iq d o r ig a   (balio  m a s s h ta b ig a   a so san ) 
almashtirishga  majbur  edilar.
Birinchi  va  Ikkinchi Jahon  urushlari  orasidagi jah o n  valuta tizimini 
«oltin-deviz  standarti»  tizimi  deb  atasa  boMadi.  Bu  davr  ayniqsa 
davlatning  iqtisodiyotga  kuchli  aralashuvi  bilan  xususiyatlidir.  Deyarli 
barcha davlatlarda bojxona to'siqlari  kiritilib,  oqibatda  kapitalga,  ishchi 
resurslariga  bo'lgan  talab  va  taklifning  erkin  aloqasi  ja h o n   bozorida 
chegaralandi.
Ikkinchi  Jaho n  valuta  tizimi  1922-yilda  G enuya  shahrida  bo ‘lib 
o'tgan  konferensiyada  davlatlararo  kelishuv  sifatida  yuridik  jihatdan 
shakllangan  edi.
M azkur  xalqaro  konferensiya  arafasida  jahonning  30  dan  ziyod 
davlatlarining  pul  tizimlari  oltin-deviz  standartiga  asoslangan  edi. 
Davlatlarning  milliy  kredit  pullari  xalqaro  to ‘lov  va  zaxira  vositalari 
sifatida  ishlatila  boshlandi.  Biroq  Birinchi  va  Ikkinchi  Ja hon  urushlari

orasidagi  davrda  zaxira  valutasi  m a q o m i  rasmiy  ravishda  biror-bir 
valutaga  hali  biriktirilmagan  edi.
B retton-Vuds  valuta  tizimining  asl  m ohiyati  qat’iy  yoki  barqaror, 
o'zgaruvchanligi  sezilmas  valuta  kurslarini  joriy  etishdan  iborat  edi. 
Ikkinchi jahon urushidan ham siyosiy,  h am  iqtisodiyjihatdan nihoyatda 
c h a r c h a b   c h iq q a n   d a v la tla r  j a h o n   b o z o r id a   d a v la tla ra ro   v a lu ta  
m u n o s a b a tla rid a   h u k m   su ra y o tg a n   tartib siz lik k a   b a r h a m   berish  
maqsadida  1944-yilda  AQ SH ning  Bretton-V uds  nomli joyida  xalqaro 
valuta-moliya  konferensiyasini  chaqiradilar.
Jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan  Bretton-Vuds xalqaro valuta- 
moliya konferensiyasi  1944—47-yillar m obaynida bo ‘lib o ‘tgan.  Mazkur 
konferensiyada  qabul  qilingan  Kelishuv  moddalari  urushdan  so'nggi 
j a h o n   valuta  tizimining  tamoyillarini  belgilab  berdi.  Bu  tamoyillar 
quyidagilardan  iborat  edi:
l.Oltinga  va  ikki  zaxira  valutasiga,  y a ’ni  A Q SH   dollari  ham d a 
qism an  Buyuk  Britaniya funt  sterlingiga asoslangan  davlatlararo  oltin- 
deviz  standarti  tizimi  o'rnatildi.  B unda  oltin-deviz  standarti  faqatgina 
davlatlararo  munosabatlarda  saqlanib  qolgan  b o ‘lib,  m am lakatlarning 
pul  tizimlari  esa  oltinga  alm ashmaydigan  kredit  pullarga  asoslangan 
edi.
O ltinni,  j a h o n   valuta  tizim in ing   asosi  sifatida  ishlatilishining 
quyidagi  asosiy  4  shakli  ko‘zda  tutilgan  edi:
a)  valutalarning  oltin  paritetlari  saqlanib,  Xalqaro  Valuta  Fon did a 
ularni  qayd  etish  tartibi  kiritilgan  edi;
b)  oltin xalqaro hisob-kitoblar b o ‘yicha qoldiqni so'ndirish vositasi 
va  ijtimoiy  boylikning  ramzi,  Xalqaro  valuta  likvidligining  m uhim  
kom ponenti  sifatida  ishlatila  bordi;
d)  AQSH  o'zining  o'sgan  valuta-iqtisodiy  qudratiga va  kapitalistik 
dunyoda  o'zining  eng  yirik  oltin  zaxiralariga  tayangan  holda  A Q SH  
dollariga  asosiy  zaxira  valutasi  m aqom ini  biriktirib  qo'yish  maqsadida 
dollarni  oltinga  tenglashtirib  qo'ydi;
e)  shu  m aqsadda  AQ SH  g'aznaxonasi  xorijiy  davlatlar  markaziy 
(milliy) banklari va hukum at tashkilotlariga A Q S H   dollarlarini  oltinga, 
bir  unsiya  oltin  35  A Q SH   dollari  rasmiy  b ah o   asosida  almashtirishni 
davom  ettirdi.  Oltinning  bunday  rasm iy  bahosi  1934-yilda  A Q S H  
dollarining  baho  masshtabi  asosida  kiritilgan  edi.
2. 
Valutalarni  o 'z a ro   solishtirilishi  va  o 'z a ro   almashuvi,  Xalqaro 
Valuta  Fondi  a ’zolari  bo'lm ish   davlatlar  o 'rta sid a   rasmiy  ravishda 
o ‘zaro  kelishib  olingan  h am d a  q a t’iy  belgilangan,  A Q SH   dollarlarida
17 -  O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
257

ifodalangan,  valuta paritetlari  asosida amalga oshadigan bo'ldi.  0 ‘zaro 
kelishib  olingan  bunday  paritetlarning  o ‘zgartirilishi  faqat  F o n d n in g  
ruxsati  bilan  amalga  oshishi  m umkin  edi.
3. 
Valutalarning  q a t’iy  belgilangan  kurslar  rejimi  kiritildi.  Valuta- 
larning  bozor  kurslari  paritetidan  kichik  miqdorlarda  oqishi  m u m k in  
edi.  Xalqaro  Valuta  Fondining  Nizomiga  muvofiq  valuta  kurslarini 
bunday  oqishi  paritetidan  + ;-   1%,  Yevropa  valuta  kelishuviga  asosan 
esa  + ; -   0,75%  (ya’ni,  taxm inan  l,5%)ni  tashkil  etishi  m um k in  edi. 
Valuta kurslari tebranishining bunday chegaralarini  saqlash m aqsadida 
m azkur shartnomaga kirgan  davlatlar markaziy (milliy) banklari A Q SH 
dollarlarida  yoki  o ‘z  milliy valutalarida  valuta  intervensiyasini  amalga 
oshirishga  majbur  edilar.
Bretton-Vuds  valuta  tizimi  m a ’lum  bir  davr  mobaynida  o'ziga 
yuklatilgan  funksiyalarni  yaxshi  bajarib  keldi.  Biroq  bu  mazkur valuta 
tizimining  nuqsonsiz  ekanligidan  dalolat  emas  albatta.
Bretton-Vuds  valuta  tizimi,  boshidanoq  A Q S H ,  AQSH  dollari 
manfaatlari  uch un   xizmat  qilishga  mo'ljallangan  valuta  tizimi  edi. 
Bu  tiz im   A Q S H   d o l la r in i  b o s h q a   d a v la tla r   v a lu ta la ri  u s ti d a n  
hukmronligini  ta ’minlagan.  A m m o  jahon  valuta  bozoridagi  bunday 
ahvol,  AQSHning  jaho n   iqtisodiyotidagi  ulushini  qisqarib  borishi  va 
Yevropa  Iqtisodiy  hamjamiyati  davlatlari  h a m da   Yaponiya  rolining 
o'sib  borishi jarayonida  saqlanib  qolishi  amri  mahol  edi.
Bretton-Vuds  valuta  tizimining  inqirozi  ja h o n   valuta  bozoridagi 
tartibsizliklarga  olib  keldi.  A m m o   bu n d ay   tartibsizliklar  u z o q q a  
c h o ‘zilmadi.  1976—78-y illard a  A Q S H n in g   K in g sto n   (Yam ayka) 
shahrida bo'lib o ‘tgan xalqaro  moliya-kredit  konferensiyasida to'rtinchi 
jaho n  valuta  tizimiga  asos  solindi.
To'rtinchi jah o n   valuta  tizimining  asosiy  tamoyillari  quyidagilar:
a)  oltin-deviz  standarti  o ‘rniga  S D R   standarti  kiritildi.  U shbu 
xalqaro  hisob-kitob  valuta  (pul)  birligining  yaratilishi  (O.  Em minger 
loyihasi bo'yicha)  haqidagi kelishuv  1967-yilda  XVF a ’zolari b o ‘lmish 
davlatlar  t o m o n id a n   im zolandi.  S D R n in g   m u o m a la g a   kiritilishi 
munosabati  bilan  XVF  Ustaviga  kiritilgan  birinchi  o'zgartirish  1969- 
yilning  28-iyulida  kuchga  kirdi;
b)  oltinning  demonetizatsiya jarayoni  yuridik jihatdan yakunlandi. 
Uning  rasmiy  bahosi,  oltin  paritetlari  va  AQSH  dollarlarini  oltinga 
almashinishi  bekor  qilindi.  Yamayka  kelishuviga  asosan  endi  oltin 
qiymat  o ‘lchovi  va  valuta  kurslari  uchun  boshlanqich  hisob  nuqtasi 
b o ‘la  olmaydi;

d)  a ’zo  mamlakatlarga  h a r  qanday  valuta  kursi  rejimini  tanlab 
olish  huquqi  berildi;
e)  XVF yangi  sharoitlarda davlatlararo valuta muvofiqlashtirilishini 
jonlantirishi  lozim  edi.
Shu  bilan  birgalikda  Yamayka  valuta  tizimi  sharoitida  valutalar 
kurslarining rejimi erkin suzuvchi b o ‘lib, AQ SH  dollari standarti o ‘rniga 
k o ‘p  valutali  standart  qabul  qilindi.
S D R n i n g   1970-yildan  b osh lab   to   ho zirg i  k u n g a c h a   b o ‘lgan 
muomalasiga  nazar  tashlansa,  ushbu  valuta  (pul)  birligi  jah o n   puli 
b o ‘lishidan  hali yiroqligi  bevosita  ko‘zga  tashlanadi.  B undan  tashqari, 
m a z k u r   davr  m o b a y n id a   quyidagi  bir  q a to r   m u a m m o l a r   p a y d o  
b o ‘ldi:  1)  emissiya  va  ta q s im o t;  2)  t a ’m in o t;  3)kursni  a n iq la s h  
uslubi;  4)  S D R d a n   fo y d ala n ish   jara y o n la ri.
1998-yilning may oyida  SDRga 4 valuta biriktirilgan,  holbuki  1980- 
yilda  ularning  soni  15ta  edi.  S D R   asosan  X V Fning  operatsiyalarida 
milliy  valutalar  qayta  hisob-kitob  koeffitsienti,  valutalarni  solishtirish 
m asshtabi  sifatida  ishlatiladi.  Kvotalar,  k red itlar,  d a ro m a d la r   va 
xarajatlar  ushbu  valuta  hisob-kitob  birligida  ifodalangan.
XVFdan  tashqarida  S D R   cheklangan  jarayonlarda  ishlatiladi:
1)  masalan,  Fransiya  franki  va  Shveytsariya  franki  o ‘rniga  turli 
xalqaro  konvensiyalarda;
2)  jah o n  ssuda  kapitallari  bozorida  ayrim  hisobvaraqlar,  obliga- 
tsiyalar,  sindikatsiyalashgan  kreditlarning  nom inali  S D R lard a   ifoda­
langan;
3)  o 'n d a n   ziyod  xalqaro  tashkilot  S D R larda   hisobvaraq  ochish 
huquqiga  ega  bo'ldi;  80-yillarda  ushbu  cheklovlar  «svop»,  muddatli 
s h a rtn o m a lar,  kreditlar,  kafolatlar,  sovg'alar  ta q d i m   etilishi  kabi 
operatsiyalar amalga  oshayotgan  hisobvaraqlar b o ‘yicha  bekor qilindi. 
S D R la r   ras man  banklar,  k o rx on alar,  xususiy  shaxslar  to m o n id a n  
ishlatilishi  mumkin.
Shu sababli  o ‘ta muvafifaqiyatli b o ‘lmasa-da  EK Y udan,  1999-yildan 
b o s h la b   esa  Y evrodan  farqli  o ‘laro q  xususiy  S D R l a r   rivojlanib 
borm oqda.  Xususiy  S D R lar  bozori  asosan  bank  depozitlari,  qisman 
depozit  sertifikatlari  va  Xalqaro  obligatsiyalar  shaklida  o ‘nlab  milliard 
dollarlar  hajmida  baholanadi.
Zam onam izga  xususiyatli  bo'lgan  narsa  —  iqtisodiyot  va  valuta 
borasidagi  hududiy  integratsiyaning  a w a la m b o r   g ‘arbiy  Yevropada 
rivojlanishidir.  Integratsion jarayonlarning  rivojlanish  sabablari  bo'lib 
quyidagilar  hisoblanadi:

—  xo‘jatik  hayotining  baynalmilallashuvi,  ishlab  chiqarishning 
xalqaro ixtisoslashuvi va birlashuvining kuchayishi,  kapitallarning o ‘zaro 
aralashib  ketishi;
—  raqobatdosh  markazlarning jah o n   bozorlaridagi  o ‘zaro  kurashi 
va  valuta  barqarorsizligi.
EVI  —  bu,  xalqaro  (hududiy)  valuta  tizimidir,  y a ’ni  iqtisodiy 
integratsiya doirasida valuta amali  bilan  bog‘liq  iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisidir;  va luta   kurslarini  b arq a ro rla sh tirish   va  integratsiya 
jarayonlarini  rag‘batlantirish  maqsadida  «Umumiy  bozor»  davlatlari 
valuta  munosabatlarini  tashkil  etishning  davlat-huquqiy  shaklidir.
EVI  — jah on   valuta  tizimining  (Yamayka)  tizim  ostisidir.  G'arbiy 
Yevropa  integratsiya  majmuasining  xususiyatli  tonionlari  Yamayka 
valuta  tizim idan  farqli  o ‘laroq  EVI  tarkibiy  tuzilish  tamoyillarini 
belgilab  b e ra d i.  EVI  Y e v ro p a   v a lu ta   birligi  boMmish  EK Yuga 
asoslangan.  EKYuning shartli qiymati  El  mamlakatlarining  12 valutasini 
o ‘z  ichiga  oigan  valuta  savati  uslubi  asosida  a n iq langan.  EKYu 
savatidagi  valutalarning  ulushi  Elga  a ’zo-davlatlar  YaIM   va  ularning 
o ‘zaro  tovar  almashuvidagi  m am lakatlarning  ulushi  h a m d a   qisqa 
muddatli  q o ‘llab-quvvatlash  kreditlaridagi  ishtirokiga  bog‘liq  edi.  Shu 
sababli  EKYuning  eng  salmoqli  kom ponenti  b o ‘lib  (taxm inan  1/3) 
G F R   markasi  hisoblanar  edi.  1993-yilning  sentabr  oyida  Maastrixt 
kelishuv iga  b i n o a n   v a lu ta la r n in g   EK Y udagi  «absolut  o g ‘irligi» 
m uzlatilg an,  biroq  «nisbiy  o g ‘irligi»  valutalarning  b o z o r  kursiga 
muvofiq  te b r a n a r   edi.  Xususan,  1993-yilning  oktabr  oyida  G F R  
markasining ulushi  32,6%,  Fransiya frankiniki  19,9%,  Buyuk  Britaniya 
funt  sterlingi  11,5%,  Italiya  lirasi  8,1%,  Daniya  kronasi  2,7%  va 
boshqa  shu  kabilarga  teng  edi.
8 .2 .  Valuta  kursi
Valuta  kursi  —  bu,  bir valutani  boshqa  bir  valutadagi  ifodasi  yoki 
bahosidir.  Masalan,  1  AQ SH  dollari  =   1660  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasining so‘mi  yoki  1  AQSH  dollari  =   28,90  Rossiya Federatsiyasining 
rubli.
Yagona tilda o ‘zaro  munosabatda bo ‘lish uchun valuta savdosining 
barcha  ishtirokchilari  m a ’lum  bir davr mobaynida shakllangan  Xalqaro 
standartlar va  qoidalarni  tan  oladi  ham da  ularga  itoat  etadi.  Masalan, 
barcha  yozm a tarzda  tuziladigan  shartnomalarda vaiutalarni  belgilash 
h a m d a  ularni  tasdiqlash  uchun  TSO-kodlardan  (ISO-standaitlashtirish

bo'yicha  Xalqaro  tashkilot)  foydalaniladi.  Shu  bilan  birgalikda  ular 
Xalqaro  toMovlar  bilan  ham  bog'liq.
D avlat  va  xo 'jalik   yu rituvchi  su b y e k tla rn in g   tashqi  iqtiso diy  
faoliyatida  valuta  kursi  muhim  aham iyat  kasb  etadi,  chunki  ushbu 
f a o liy a t  n a tija s id a   d a v la t la r   h a m d a   t u r li  s u b y e k tl a r   o ‘r ta s id a  
majburiyatlarni  bajarish,  hisob-kitoblarni  am alga  oshirish  zarurati 
tug'iladi,  ularni  hal  etish  uch u n  esa  albatta  muayyan  bir  valutani 
boshqa  bir  valutaga  nisbatan  o ‘lchash  zarurati  tug'iladi.  Shu  sababli 
a z a ld a n   j a h o n   a m a liy o tid a   Buyuk  B r ita n iy a   va  I r l a n d iy a   f u n t  
sterlinglari,  Avstraliya  h a m d a   K a n a d a   d o lla rla ri  singari  A Q S H  
dollarining  kursi  dollarning  bir  birligi  u c h u n   belgilangan.
Yevropa  valutasini  boshqa  Yevropa  valutalarida  baholash  uchu n  
(Britaniya  va  Irlandiya  funtlaridan  q a t ’i  nazar)  ko‘p  hollarda  «100», 
Italiya lirasi uchun  esa  «1000» standart  birligi  ishlatiladi. Y apon  iyenasi 
Yevropa  valutalariga  nisbatan  100  birligida  kotirovka  qilinadi.
Kurslar  kotirovkalari,  valutalarni  o 'lch a n ish i  ikki,  uch   va  t o ‘rt 
o ‘nlik  xonalarigacha  aniqlangan  holatlarda  h a m   farqlanadi.
Valuta  kursi  pullarning  xalqaro  harakati jarayoniga  taalluqlidir  va 
um umiy  asosda  milliy  iqtisodiyotning ja h o n   x o ‘jaligi  bilan  aloqalarini 
ifodalaydi.
Oltin-deviz  standarti  sharoitida  valuta  kursi  aniqlanganda  qog‘oz 
pullar zaminida yotgan  oltin  miqdorlari  solishtirilgan.  M asalan,  Buyuk 
Britaniya  I  funt  sterlingi  zaminida  1821 -yilda  7,322385  gram m   oltin 
yotgan,  1  nemis  markasi  zam inida  esa  1873-yilda  0,385422  gram m  
oltin  yotgan.  Bunga  ko ‘ra  1  funt  sterling  20,43  nemis  markasiga  teng 
b o ‘lgan  (7,322385/0,385422).  Yoki,  1  A Q S H   dollari  zam inida  1971- 
yilda  0,888671  gram m   oltin  yotgan.  1961-  yildagi  baho  masshtabiga 
ko'ra SSRTning  1  rubli zaminida 0,987412 gram m  oltin yotgan.  Bundan, 
1  AQSH  dollari 0,90  SSSR  rubliga teng boMgan  (0,888671  /  0,987412).
Oltin-deviz standarti sharoitida  1929—36-yillargacha davlatlarning 
milliy  qog'oz  pullari  baho  masshtabiga  asosan  oltinga  alm ashtirilar 
edi.  1936-yildan  so'ng  davlatlar  milliy  q og ‘oz  pul  birliklarini  oltinga 
almashmaydigan  bo'ldi,  y a ’ni  m u om alad a  oltinga  alm ashmaydigan 
kredit  qog‘oz pullar yura  boshlagan.  Bunday sharoitda,  y a ’ni  Bretton- 
Vuds  valuta  tizimi  sharoitida  ham ,  valuta  kurslari  ularning  zam inida 
yotgan  oltin  miqdorlarini  solishtirish  orqali  a n iq lan ar  edi.
Yamayka  valuta  tizimi  (1976—78-yillar)  sharoitida  rasmiy  asosda 
oltin  demonetizatsiyasi  e ’lon  qilindi  va  oltin  yuridik jihatdan  o ‘zining 
pul  sifatidagi harakatini  t o ‘xtatdi.  Jah o n  bozorida valuta kurslari  ularga

bo'lgan  talab va taklif asosida,  valutalarning  tarixiy  masshtabi  atrofida 
tebrana  boshladi.  Bunday  muvozanatsiz  sharoitda  vaiutalarning  kursi 
qisqa  vaqt  ichida  tez  o'zgaradigan  bo'lib  qoldi.
K o‘p  hollarda  barcha  davlatlar  milliy  valutalarining  kursi  AQ SH 
dolían  yoki  Buyuk  Britaniya  funt  sterlingiga  nisbatan  belgilanadi. 
A m m o   tashqi  savdo  m unosabatlarida  albatta  biror  bir  valutaning 
boshqa bir valutadagi  kursiga zarurat tug‘ilib turadi.  Masalan,  Yaponiya 
eksportyor Germaniya  importyor bo'lsa,  unda albatta  1  Nem is markasi 
q ancha  Yapon  iyenasiga  t o ‘g ‘ri  keladi,  degan  savol  tug‘iladi.  Bunga 
javob  berish  uch un   kross-kurs  uslubidan  foydalaniladi.  Kross-kurs 
t o ‘g ‘risida  ushbu  darslikning  5-mavzusida  batafsil  yoritilgan.
Milliy  valuta  savdo  qilinayotgan,  xorijiy  valuta  esa  kotirovka 
valutasi  bo'lgan  holdagi  kotirovka  turi  teskari  kotirovka  b o ‘ladi.
T o ‘g ‘ri  kotirovkada  «Bid»  sotib  oluvchi  kursi  banklar  tom on idan  
savdo  qilinayotgan  valutani  sotib  olish  va  milliy  valutani  sotish  kursi 
b o ‘ladi.  «Offer»  kursi  banklar  tom o n idan   savdo  qilinayotgan  valutani 
sotish  va  milliy valutani  sotib  olish  kursi  hisoblanadi.  «Bid» va  «Offer» 
kurslarining  farqi  sifatidagi  m iqdor  «spred»  deb  ataladi.
Valuta  kurslarining  quyidagi  turlari  mavjud:  «spot»  kurs,  sotuvchi 
va  sotib  oluvchi  kurslari,  forvardli  kurs,  kross-kurs,  «autrayt»  kursi. 
«Spot»  kurs  —  bu,  naqdli  (kassa)  shartnomasi  kursidir.  U   «spot» 
shartnomalari  ijrosi  paytida  qayd  etiladigan  bir  mamlakat valutasining 
bahosini  boshqa  m amlakat  valutasidagi  ifodasidan  iborat.
«Spot»  kurslar  erkin  suzadigan  yoki  q a t’iy  belgilangan  b o ‘lishi 
m um kin.  Ular  milliy  valutani  m am lakat  tashqarisida  shartnom ani 
amalga  oshirish  paytiga  sotib  olish  qobiliyatini  ko'rsatadi.
Ba’zi  davlatlar  valutalarining  ichki  va  tashqi  qiymati  mavjudligiga 
qaram asdan  valuta  nazorati  sharoitida  oddiy  tijorat  operatsiyalarini 
amalga  oshirishda,  asosan  tovar  h am da  xizmatlar  importida  valuta va 
«spot»  kurslari  bir  xilda  q o ‘llanilishi  mumkin.
Forvardli  kurs  —  bu,  muddatli  valuta  shartnomalari  kursidir.  U 
kelgusida  m a ’lum  bir  sanaga  valutani  yetkazib  berish  sharti  bilan 
sotish  yoki  sotib  olish  bahosidan  iboratdir.  Bunda  muddatli  valuta 
operatsiyasida  kurs  uning  ijrosi  m a ’lum  bir  m uddat  o ‘tganidan  so‘ng 
amalga  oshsa  ham   sh a rtno m a   tuzilish  paytida  qayd  etiladi.
Valuta  kursiga  t a ’sir  etuvchi  omillar  ju d a  ko‘p,  ularning  ichida 
eng  m uhimlari  ko'rib  chiqiladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling