O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar Inflotsiya, ich ki omillar, tashqi om illar, sokin inflatsiya, s h id d a tli
- Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Inflatsiya nima 2. Inflatsiyaga ta ’sir etuvchi omillarni yoriting.
- 6. Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati nimalardan iborat 7. Giperinjlatsiya nima 8. Yashirin inflatsiya nima
- 8 .1 . Valuta munosabatlari va valuta tizimi Valuta
- Milliy valuta paritetini belgilash.
- Milliy valutaning konvertatsiya shartlari.
- M illiy valuta kursining rejimi.
- V alu ta ch ek lanish larinin g o ‘rnati!ish tartib i.
Q isqacha xulosalar Inflatsiya o ‘z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga b o 'lg an baholarning m u n tazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Inflatsiya yuzaga chiqishiga asosan sokin, shiddatli va jilovlanm agan inflatsiyaga ajratiladi. Antiinflatsion siyosatni olib borishda ikki yo ‘nalishdan: pul islohot- larini amalga oshirish va inflatsion jarayonlarni davlat to m o n id a n tartibga solib turishlikdan foydalaniladi. Tayanch iboralar Inflotsiya, ich ki omillar, tashqi om illar, sokin inflatsiya, s h id d a tli inflatsiya, jilovlanmagan inflatsiya, oshkora inflatsiya, yashirin inflatsiya, talab inflatsiyasi, deflator, J. Keyns nazariyasi, M. Fridmen nazariyasi, devalvatsiya, revalvatsiya, denominatsiya, soliq siyosati, baho siyosati, budjet siyosati, kredit moliya siyosati. Qisqa xulosalar Inflatsiya deb shunday jarayonni tushunish kerakki, u n d a m u o - malada tovarlar hajmiga keragidan ortiqcha naqd pul paydo b o ‘lib, narx-navo o ‘sib, qog‘oz pullarni qadrsizlanishiga olib keladi va shu tufayli pul o ‘z xarid qobiliyatini pasaytiradi. Inflatsiya ikki tarzda yuzaga chiqadi: ochiq inflatsiya va yashirin inflatsiya. Inflatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Antitinflatsion chora-tadbirlar ranba-rang boMib, ular har bir m am - lakatni o ‘z xususiyatlaridan hamda hukum atning oqilona antiinflatsion siyosat ishlab chiqishga hamda uni amalga oshirishga b og ‘liqdir. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Inflatsiya nima? 2. Inflatsiyaga ta ’sir etuvchi omillarni yoriting. 3. Pul bozorini tartibga solish yo ‘llarini k o ‘rsating. 4. Talab inflatsiyasi nima? 5. Taklif inflatsiyasi nima? 6. Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati nimalardan iborat? 7. Giperinjlatsiya nima? 8. Yashirin inflatsiya nima? VIII bob. X A L Q A R O VALUTA - K R E D IT M U N O S A B A T L A R I VA V A L U T A T I Z I M I 8 .1 . Valuta munosabatlari va valuta tizimi Valuta — jahon bozorida, davlatlar o'rtasida pul vazifalarini baja- ruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Q o ‘shma Shtatlari «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari», Yapon «iyenasi» va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli — uning milliy valutasi b o ‘ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy valutalardir. Masalan, AQSH «dollari», Buyuk Britaniya «funt sterlingi», Kanada «dollari», Yaponiya «iyenasi», Turkiya «lira»si va shu kabi erkin m u om alada yuradigan valutalar 0 ‘zbekiston Respublikasida xorijiy valuta bo'ladi, o ‘z navbatida 0 ‘zbekiston «so‘m»i bu davlatlar uchun xorijiy valuta b o ‘lib hisoblanadi. Xorijiy valuta bilan deviz tushunchasi b o g ‘liqdir. Deviz — bu xorijiy valutadagi har qanday vositadir. Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valutasi 3 h a rf bilan belgilanadi. B unda ushbu harflarning birinchi 2 tasi m am lakatni, 3- esa valuta nomini belgilaydi. M asalan, US — Q o ‘sh m a Shtatlar, D — dollar yoki G B — Buyuk Britaniya, P — paund. U shbu belgilanishlar valutalar kodlari deb ataladi. Valutalar jah o n bozorida o ‘zlarining m uom alada b o ‘lish xususiyat- lariga k o ‘ra erkin m u o m a la d a yuradigan, m uom alasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valutalarga b o ‘linadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valuta m u nosabatlari borasida mavjud va harakatda bo'lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi ham d a u yerda m uom alada bo'lishi chega- ralanadi. Xalqaro valuta m unosabatlari — bu, valutani jahon xo'jaligida a m a l qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo'jaliklar faoliyat na tija la rin in g o ‘zaro alm ashuviga xizmat k o 'rasa tad ig a n ijtimoiy m unosabatlar yig‘indisidir. Xalqaro valuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, y a ’ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga h a m d a taqsim ot, almashuv va istc’mol jarayonlariga aloqador b o ‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o ‘z ichiga oladi. Valuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o'rtasida bevosita ( to ‘g ‘r id a n - t o ‘g ‘ri) ham d a oqibat xarakteridagi (q aytm a) a loqalar mavjud. Ularning obyektiv asosi b o ‘lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Valuta munosabatlari — bu, valutani ja h o n x o ‘jaligi m uom alasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatishda o ‘ziga xos pul munosabatlarining yig‘indisidir, yoki davlatlar, ja h o n valuta bozorining subyektlari, m uayyan d a v latning rez id en t yoki norezident shaxslari o'rtasida valutalarni sotish, sotib olish, majbu- riyatlarni bajarish h a m d a b o sh qa shu kabi ja r a y o n la r d a vujudga keladigan munosabatlardir. Valuta munosabatlari — bu xalqaro aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi va ja h o n x o ‘jaligida valuta muomalasi jarayonida vujudga keladigan o ‘ziga xos pul munosabatlarining majmuidir. Valuta m unosabatlari jah o n valuta tizimining asosi b o ‘iib xizmat qiladi. U larning shakllanish jarayonlarini o ‘rganish 0 ‘zbekiston u ch u n nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. V a lu ta m u n o sa ba tla rinin g p a y d o b o ‘lishi, o ‘zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari b o ‘lib xalqaro kelishuvlar va ichki davlat qonun-qoidalari hisoblanadi. Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil m u no sa b a tla r boMgani holda t o ‘lov balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali dunyo iqtisodiyotiga sezilarli t a ’sir k o ‘rsatadi. Valuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog‘liq b o ‘ladi: — milliy va jah o n iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga; — siyosiy ahvolga; — j a h o n b o z o rid a davlatlararo m u n o s a b a t la r borasidagi m u a m - m olarga va ush b u m u a m m o la rn in g rivojlanish ten d e n s iy a la rig a . Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari m aydonga chiqadi. Rezident shaxs — bu m uayyan davlat h u d ud ida yashayotgan va ushbu davlat fuqarosi bo'lgan ham da m az k ur davlat hududida faoliyat k o ‘rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. N orezident shaxs — bu muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko'rsatayotgan, am m o shu davlat fuqarosi bo'lm agan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxo- nalarining b o ‘linmalari ham da shu kabilar. Valuta tizimi — bu, mam lakatlar o'rtasida valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valuta tizimi — bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyat- ning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Subyektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Valuta qonunchiligi — bu, mamlakat ichkarisida valuta qimmat- liklari bilan bir m amlakat tashkilotlari va fuqarolari ham da boshqa m amlakat tashkilotlari h a m da fuqarolari o ‘rtasidagi shartnomalarni ham da mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy h a m d a xorijiy valutalar va boshqa valuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish y o ‘li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy m e ’yorlar yig'indisidir. Maxsus adabiyotlarda valuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, y a ’ni milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari. Milliy valuta tizimi m am lakat pul tizimining tarkibiy qismi bo ‘lib, valuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valuta tizimi elementlarini belgilashni o ‘z ichiga oladi. Milliy valuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan ele- mentlariga quyidagilar kiradi: Milliy valuta va uning nomi; Milliy valuta paritetini belgilash; Milliy valutaning konvertatsiya shartlari; Milliy valuta kursining rejimi; Xalqaro kredit m uo m ala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya); Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o ‘rtasidagi nisbatni aniqlash; M am lakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (regla- mentatsiya); Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi; Valuta cheklanishlarining o ‘rnatilish tartibi; Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiq- lashtiruvchi milliy organlar maqomi. Yuqorida zikr etilgan elem entlar yig'indisi xalqaro valuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomoiiidan belgilanadigan valuta mexanizmidir. Milliy valuta va lining n o m i milliy valuta tizimining asosi b o i i b hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy m unosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valuta, y a ’ni bosh- qa mamlakatlarning erkin m u om alada yuradigan valuta m aqom iga ega pul birliklari ishlatiladi. U shbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi b o g‘liq. Deviz — bu xorijiy valutadagi har qanday t o ‘lov vositasidir. Xorijiy valuta valuta bozorida o ld i-so tdi obyekti b o ‘ladi, xalqaro hisob- kitoblarda ishlatiladi, b anklarda hisob-varaqlarda saqlanadi, a m m o ushbu davlat hududida q o n u n iy hisob-kitob vositasi b o ‘lib hisob- lanmaydi (kuchli inflatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). M am - lakatda kuchli inñatsiya va inqiroz holatida milliy valutani nisbatan barqaror bo'lgan xorijiy valuta siqib chiqaradi, zamonaviy sharoitda bu AQSH dollari va Yevrodir. «Valuta» kategoriyasi, milliy va jahon xo‘jaliklarining o ‘zaro aloqasi ham da munosabatlarini t a ’minlaydi. Milliy valuta paritetini belgilash. Valuta pariteti — bu ikki valuta o'rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbat. M o nom e ta lizm davrida (oltin yoki kum ush) v a lu ta kursining asosi b o ‘lib tan g a pariteti hisoblangan. Tanga pariteti bu turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi metall sig‘imiga ko‘ra o ‘zaro solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi. Oltin monometalizmi davrida valuta kursi oltin paritetiga asos- langan edi. Bunda valutalar zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo'yicha o ‘zaro solishtirilar edi. Bu sharoitda valuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida, tartibsiz asosda te b r a n a r edi. Oltin nuqtalarning klassik m exanizmi 2 shart mavjudligi holatida amal qilar edi, ya’ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. Valuta kursining tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish xarajatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan + ;- 1%—dan ortiq bo'lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish xarajatlariga fraxt, sug‘urta, kapitalga foiz yo ‘qotishlari, probani aniqlash va boshqa shu kabi xarajatlar kirgan. Oltin standartini bekor qilinishi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o ‘z harakatini to'xtatdi. Oltinga almashmaydigan kredit pullar sharoitida valuta kursi asta- sekin oltin paritetidan uzoqlasha boshladi, chunki oltin m uom aladan xazinaga siqib chiqarilgan edi. Xalqaro Valuta Fondining o ‘zgargan Ustaviga muvofiq valutalar- ning paritetlari S D R yoki boshqa xalqaro valuta birligida belgilanishi mumkin. 1970-yilning o ‘rtalaridan boshlab yangilik sifatida paritetlar valuta savati (korzina) asosida belgilana boshlandi. Bu bir valutaning o ‘rtacha tortilgan kursini boshqa bir qator valutaiar yig‘masiga solish- tirish uslubidir. Valuta savatining (korzina) A Q SH dollari o ‘rniga ishlatilishi dollar standartidan ko‘p valutali standartga o ‘tish tendensiya- sini aks ettiradi. Milliy valutaning konvertatsiya shartlari. Konvertatsiya — bu milliy valutani xorijiy valutalarga almashinishidir. Konvertatsiya shartlariga ko‘ra milliy valutaiar: — erkin konvertatsiya qilinadigan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda valuta cheklanishlari y o ‘q bo ‘lib, milliy valutaiar xorijiy valutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqaro Valuta Fondining yangi tahrirdagi Ustaviga (1978- y.) «erkin foydalaniladigan valuta» tushunchasi kiritilgan. Xalqaro Valuta Fondi ushbu toifaga AQSH dollari, G e rm a n iy a markasi, Yapon iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Fransiya frankini kiritdi. Haqiqatda olganda erkin konvertatsiya qilinadigan valutaiar deb t o ‘lov balansining joriy operatsiyalari b o ‘yicha valuta cheklanishlari m avjud b o ‘lm ag an davlatlar valutalari hisoblanadi (bular asosan rivojlangan davlatlar va jah o n moliyaviy markazlari shakllangan yoki X alqaro V aluta F o n d i oldida valuta cheklanishlarini kiritm aslik majburiyatini o ‘z zimmasiga oigan ayrim rivojlanib borayotgan dav latlar); — qisman konvertatsiya qilinadigan valutaiar, valuta cheklanishlari saqlanib qolgan mamlakatlarda mavjud b o ‘lib, milliy valutaning xorijiy valutalarga konvertatsiyasi davlat iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda birm un ch a cheklanadi. — xo rijiy v a lu ta la r g a k o n v e r t a ts i y a q i li n m a y d i g a n ( y o p iq ) valutalarga b o ‘linadi. Ba’zi davlatlarda siyosiy sabablarga k o ‘ra milliy v a lu ta la r xorijiy v a lu ta la rg a u m u m a n k o n v e rta ts iy a q i lin m a y d i (Shimoliy Koreya, Kuba davlatlari), y a ’ni rezident va norez id en t shaxslar u c h u n valuta almashtirishga ruxsat y o ‘q. M illiy valuta kursining rejimi. Valuta kursining quyidagi rejimlari mavjud: — q a t’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o ‘z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan h olda m a ’muriy tarzda milliy valuta kursini q a t ’iy belgilab qo'yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi q a t’iy belgilangan kurslar rejimi; — kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o ‘z iqtisodiy manfaatlaridan kclib chiqib, milliy valuta kursini m a ’lum bir chegaralarda tebranishidan m anfaatdor bo ‘ladi va valuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi; — valutaga b o ‘lgan bozor talab va taklifining o ‘zgarishi asosida erkin suzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi ham da ularning turli ko ‘rinishlari. Bunga Yamayka valuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valuta kurslari rejimini misol sifatida keltirish mumkin. Xalqaro kredit m uom ala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya). Xalqaro kredit m uom ala qurollaridan foydalanish qoidalari soddalashtirilgan Xalqaro m e ’yorlarga muvofiq ravishda amal- ga oshiriladi. Ushbu Xalqaro m e ’yorlarga Jenevaning veksel va chek konvensiyalari kiradi. Xaiqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o ‘rtasidagi nisbatni aniqlash. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro zaxira aktivlari to ‘rt qismdan (kom ponent) iborat, y a ’ni m am lakatning rasmiy oltin va valuta zaxiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar, Xalqaro Valuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi. Albatta m am lakatnin g xalqaro likvidligini t a ’minlash u c h u n ushbu k o m p o n en tla r o ‘rtasida muvofiq nisbat saqlanishi kerak. M a m lakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (regla mentatsiya). Xalqaro hisob-kitoblarning tartibga solinishi milliy va ja h o n valuta tizimlari darajasida D ok u m e n tä r akkreditivlar h a m d a inkasso uchu n soddalashtirilgan qoida va udum lar asosida amalga oshadi. Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi, valuta va oltin bozorlarining rejimi milliy ham da xalqaro muvofiqlashtirishning obyekti b o ‘lib hisob- lanadi. V alu ta ch ek lanish larinin g o ‘rnati!ish tartib i. V aluta c h e k la - nishlarining mavjud boMishi yoki bo'lmasligi davlatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq b o ‘lib, valuta tizimining elementi hisoblanadi. Valuta cheklanishlari hukum at tom onidan qonuniy asosda milliy iqtisodiyot manfaatlarni himoyalash maqsadida kiritiladi. Valuta qimmatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklashlar Xalqaro Valuta Fondi orqali davlatlararo muvofiqlashtirish obyektiga kiradi. Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlash- tiruvchi milliy organlarning maqomi. Bu valuta tizimining muhim institutsional elem entidir. G a p m am lakat valuta m unosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy organlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, b a ’zi mamlakatlarda valuta nazorat organlari) faoliyati haqida bormoqda. Milliy valuta qonunchiligi ushbu davlat hududida milliy va xorijiy valutadagi (egalik huquqi, olib kirish va olib chiqish, oldi-sotdi) operatsivalarni muvofiqlashtiradi. Jahon valuta tizimi — bu jah o n bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valuta tizimining tashkiliy asosi bo ‘lib, milliy valuta tizimi ham da ushbu tizim ga kirayotgan h ar bir m am lakat valuta m exanizm ini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi. Jahon valuta tizimi XIX asrning o ‘rtalariga kelib shakllandi. Jahon valuta tizimi milliy valuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo'lgan m a ’lum bir elementlarni o ‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar: Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR); Valutalarning o ‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari; Valuta paritctlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi; Valuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya); Valuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish; Xalqaro valuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish; Xalqaro kredit m u o m a la q urollaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya); X a l q a r o h i s o b - k i t o b l a r a s o s iy s h a k l l a r i n i s o d d a l a s h t i r i s h (unifikatsiya); Jahon valuta va oltin bozorlari rejimi; Davlatlararo valuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar. Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta (pul) birligi (SDR). J a h o n valuta tizimi ja h o n p u lla rin in g a m al qiluvchi shakllariga asoslangandir. J a h o n puli deb xalqaro m unosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi pullarga aytiladi. J a h o n pullari amaldagi shakllarining evolutsiyasi birm u nch a kechikib b o ‘lsa-da, oltin pullardan boshlab to kredit p u llargacha bo 'lg an milliy pullarning rivojlanish yo ‘lini qayta bosib o'tadi. Bunday qonuniyat asosida ja h o n valuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy valutalariga (an’anaviy yoki Yevrovaluta shaklida) yoki xalqaro valuta birligiga (SDR) asoslanadi. Xalqaro hisob-kitob valuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o'zaro solishtirish, valuta pariteti h a m d a kursni belgilash u c hu n shartli masshtab va xalqaro to'lov ham da zaxira vositasi sifatida ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, y a ’ni Yamayka (1976—1978 y.) valuta islohoti natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo‘qotishi, ja h o n puli sifatida m uvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy o q ib atla ri valuta tizim iga S D R n i (qarz o lish n in g maxsus huquqlari), EKYuni (Yevropa hisob-kitob pul birligi) tatbiq etishga s h a ro it y a ra tib berd i. J a h o n p u l l a r i n i n g u s h b u yangi s h a k lla ri mamlakatlarning maxsus hisob-varaqlarda yozuvlarni amalga oshirish yo‘li orqali naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uch un ishlatilgan: S D R — X alq aro V a lu ta F o n d i d a , E K Y u — v aluta hamkorligining Yevropa fondida, 1994-yildan boshlab Yevropa Ittifo- qinjng Yevropa valuta institutida. S D R va EKYuning shartli qiymati o ‘rtacha tortilgan qiymat h a m d a v aluta savatiga (korzina) kirgan valutalar kurslarining o'zgarishi asosida hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki dastlab 1999-yilning boshidan naqdsiz liisob-kitoblar uchun, 2002-yildan b o sh la b esa naq dli s h a k ld a EK Y u o ‘rniga Yevroni muomalaga kiritdi. S D R kursini AQSH dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elem entni o 'z ichiga oladi: 1) taalluqli valuta birliklaridagi valuta kom ponentlari. U lar quyi- dagicha aniqlanadi: (valutaning savatdagi solishtirma og‘irligi) h (uning AQSH dollariga nisbatan so‘nggi 3 oy ichidagi o ‘rtacha bozor kursi) bundan oldingi S D R kursiga muvofiqlashtirilgan holda; 2) valutalarning AQ SH dollariga nisbatan bozor kurslari; 3) valuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: (valuta kom ponenti) / (valuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning valuta kom ponenti)*(do!larga n isb a ta n valuta kursiga). K eltirilgan h iso b-k itob lard an k o ‘rinib turibdiki, u s h b u sanaga 1 S D R = J ,34 AQSH dollariga teng ekan. Valuta kursining S D R birliklarida ifodalanishi rasmiy xarakterga ega va u faqatgina valutalarni A Q S H dollariga, dollar orqali esa boshqa valutalarga bo'lgan bozor kurslarini r o ‘yxatga oladi. E rkin suzuvchi v a lu ta kurslari va ularn ing m u vozanatsizligi sharoitida turli mamlakatlar h a m d a xalqaro tashkilotlar tom onidan valuta savati uslubi qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqib (valuta kursini aniqlash, xalqaro valuta birligini yaratish, b aho valutasi va qarz valutasini indeksatsiya qilish), valutalarni turli to ‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda. Yevropa valuta ittifoq id a valuta paritetlarin ing asosi sifatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 12 valutasidan iborat EKYu valuta savati ishlatilgan. 1999- yildan boshlab Yevropa valuta ittifoqining yagona valutasi Yevrodir. B undan tashqari, bir qator mam lakatlar (taxm inan 20ta davlat) o ‘z valutalari kursini saqlash maqsadida yakka tartibdagi valuta savatidan foydalanmoqda. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling