O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
P u l birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflatsiya su r’ati
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- T urli m am lak atlard agi fo iz s ta v k a la r in in g bir b irid an farqi.
- Valuta bozorlari faoliyati va chayqov valuta operatsiyalarining valuta kursiga konyunktura ta ’siri.
- Yevrobozorda va Xalqaro hisob-kitoblarda muayyan bir valutadan foydalanish darajasi.
- Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valutasiga ishonch darajasi.
- Valuta siyosati.
- 8 .3 . T o ‘lov va hisob-kitob balanslari
- ToMov balansining tarkibiy tuzilishi.
- Savdo balansi.
P u l birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflatsiya su r’ati. Valutalarni sotib olish qobiliyati bo'yicha bir biriga nisbatan o ‘lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valuta kursining asosi b o ‘lib xizmat qiladi. Valuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o ‘rtasidagi muvofiqlik h a m m a vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980-yil ichida AQ SH dollarining kursi Doych m arkaga nisbatan 2%ga o ‘sgan, am m o shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych m a r k a n ik i esa 6%ga p a say g a n . B u ning s a b ab i s h u n d a k i, valutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valuta kurslariga bo sh qa omillarning t a ’siridadir. M a m la k a t to 'lo v balansining ahvoli valutaga b o ‘lgan talab va taklifga, valuta kursining darajasiga bevosita t a ’sir etadi h a m d a uning u yoki b u tarafga og‘ib ketishiga olib keladi. M am la k atn in g aktiv t o ‘lov balansi milliy valuta kursining o ‘sishiga olib keladi, chunki xorijiy q a r z d o r la r to m o n i d a n u n g a b o ‘lgan ta la b o s h ib b o ra d i. Aksincha, passiv t o ‘lov balansi esa milliy valuta kursining pasayishiga olib keladi. T urli m am lak atlard agi fo iz s ta v k a la r in in g bir b irid an farqi. M am lakatdagi hisob yuritishning o ‘r ta c h a foiz stavkasini k o'tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag‘batlantirad i. IJshbu foiz stavkalarining pasayishi esa a k s in c h a kapitallarni, s h u j u m la d a n milliy k a pitallarn i ham m a m la k a td a n chetga oqib k etishiga olib keladi. Kapitallar ayniqsa «qaynoq» (chayqov) pullarning harakati (oqimi) m am lakatlar toMov balanslari muvozanasizligini kuchaytirib yuboradi. Foiz stavkalari valuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga t a ’sir e tadi. O p e ra tsiy ala rn i am alga oshirishda banklar maksimal foyda olish m aqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. U la r arzo nroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valutani milliy ssuda kapitallari bozorida n isb a ta n y u q o riro q foiz u stid a n joylashtirishga harakat qiladilar. Valuta bozorlari faoliyati va chayqov valuta operatsiyalarining valuta kursiga konyunktura ta ’siri. Agarda biror bir v alutaning kursi pasayib borsa, b ozor ishtirokchilari uni n isb atan m u v o za n a tliro q valutaga alm ashtiradilar va bu bilan ular u n in g qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar. Valuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida b o i a y o t g a n o ‘zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga t a ’sir k o ‘rsatadi. Yevrobozorda u yoki bu valutadan foydalanish darajasi uning kursiga bevosita t a ’sir etadi. Masalan, 2000-yilgacha Yevrobanklar operatsiyalarini 70—75% A Q SH dollarida amalga oshishi AQSH dollariga b o i g a n talab ko 'lam ini belgilaydi. Hozirgi kunda ushbu banklar operatsiyalarida asosiy o ‘rinni Yevro egallagan. Yevrobozorda va Xalqaro hisob-kitoblarda muayyan bir valutadan foydalanish darajasi. M asalan, muomalaga Yevro kiritilgunga qadar Y evrob ank lar operatsiyalarining 60%i AQSH dollarlarida amalga oshirilgan va ushbu omil m azkur valutaga b o ‘lgan talab ham da taklifni belgilagan. Valuta kursiga u n d a n xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi ham t a ’sir etadi. Masalan, 90-yillarda AQSH dollari zimmasiga xalqaro hisob-kitoblarning 50%i, tashqi qarzdorlikning 70%i (asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlarning) t o ‘g‘ri kelgan. Shu sababli ja h o n baholarining davlatlar qarzdorliklari b o ‘yicha t o ‘lovlarning m untazam ravishda o ‘sishi dollar kursini, uni sotib olish qobiliyatini pasayishi sharoitida ham o ‘sishiga ko‘maklashadi. Valutalar kurs nisbatlariga yana xalqaro t o ‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham t a ’sir etadi. Masalan, muayyan valutaning pasayishini ko ‘zda tutgan holda qarzdorlar zarar ko ‘rmaslik uchun k ontra ge ntla rga bu valutadagi t o ‘lovlarini tezlashtirishga harakat qiladilar. Agarda valuta qadrining ko‘tarilishi kutilsa aksincha ushbu valutadagi to ‘lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi kuzatiladi. Jahon bozoridagi bunday taktika «lidz en d legz» nomini oigan va u mamlakat t o ‘lov balansi h am da valuta kursiga ta ’sir etadi. Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valutasiga ishonch darajasi. Ushbu ishonch m am lakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat ham d a yuqorida ko ‘rib chiqilgan valuta kursiga t a ’sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda dilerlar iqtisodiy o'sish va inflatsiyaning mazkur sur’atlaridan, valutani sotib olish qobiliyatining o ‘sishidan, talab ha m da taklifning o ‘zaro nisbatidan tashqari ularning dinamikasi istiqbolini h am hisobga oladilar. Ba’zida, mamlakatning savdo va t o ‘lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari t o ‘g‘risidagi m a ’lum otlam i m atbuotd a chop etilishini kutish talab ham d a taklifning o 'z a r o nisbatiga va va luta kursiga o ‘z t a ’sirini o ‘tkazadi. Ayrim h olatla rd a valuta b o z o rid a imtiyozli y o ‘nalishlar vazirlar iste’fosi haqidagi m ish-m ishlar singari va boshqa shu kabi siyosiy yangiliklar foydasiga o ‘zgaradi. Agarda m am lakatning iqtisodiy holati jah o nda yuqori baholanayot- gan b o i s a , u n da uning valutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan kuchsizroq hisoblangan davlat valutasiga nisbatan yuqoriroq b a h oda sotilishi mumkin. Valuta siyosati. Valuta kursining davlat va b o z o r to m o n i d a n muvofiqlashtirilishini o ‘zaro solishtirish uning dinamikasiga ta ’sir etadi. Valuta kursining valutaga b o ‘lgan talab va taklif mexanizmi orqali v a lu ta b o z o rla rid a shakllanishi, o d a td a , kurs nisbatlarin i keskin o ‘zgarishi bilan xususiyatlidir. Tqtisod, pul muomalasi, rnoliya va kredit holatining ko‘rsatkichi ham da muayyan bir valutaga boMgan ishonch darajasi bo'lmish aniq (real) valuta kursi bozorda shakllanadi. Valuta kursini davlat tom onidan muvofiqlashtirilishi m am lakatning valuta- iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko‘tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. U shbu m aqsadda m a ’lum bir valuta siyosati amalga oshiriladi. Shunday qilib, valuta kursining shakllanishi — bu milliy va ja h o n iqtisodiyotlari h a m d a siyosatlarining o ‘zaro m u n o sa b a tla ri b ila n asoslangan murakkab ko‘p omilli jarayondir. Shu sababli valuta kursini prognozlashda yuqorida ko'rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar ha m d a ularni valutalarning o ‘zaro nisbatiga bir xilda b o 'lm agan t a ’siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. V a lu ta kursi milliy va j a h o n bozorlari q iy m at k o ‘rsatkichlari o 'rtasid a aloqa instrumenti sifatida maydonga ch iqqan holda xalqaro iqtisodiy m unosab atlar h a m d a ta k r o r ishlab c h iq a ris h d a faol rol o'ynaydi. T adbirkor valuta kursidan foydalangan holda o ‘z ishlab chiqarish xarajatlarini jah o n bozoridagi b aholar bilan taqqoslaydi. U shbu tadbir alohida korxona yoxud butun bir m am lakatning tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijasini aniqlash im konini beradi. J a h o n bozorida tovar sotilganda milliy m ehnat mahsuli bo'lm ish tovar qiymat o'lchovining baynalmilallashgan birligi sifatida jam oatchilik to m o n id a n tan olinadi. Jahon valuta bozorida esa valutalarning baynalmilallashgan qiymatining pariteti aniqlanadi. V a lu ta lar kurslari nisbati asosida u sh bu m a m la k a t n in g j a h o n savdosidagi solishtirma og‘irligini hisobga oigan holda samarali valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi eksport va import bah olarining nisbati, firmalarning raqobatdoshligi, korxonalar foydasiga m a ’lum b ird a ra ja d a t a ’sir etadi. Valuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu ju m lad an valuta-kredit va moliyaviy m unosabatlar muvozanatsizligini kuchay- tiradi ham da salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi. Boshqa omillarning aks ta ’siri b o ‘lmagan paytda miliiy valuta kursi pasayganda eksportyorlar tushum sifatida olingan va qimmatlashgan xorijiy valutani nisbatan arzonlashgan miliiy valutaga alm ashuvi hisobiga eksport mukofotini oladilar ham da tovarlarni o 'rta c h a jahon baholaridan past darajada sotish imkoniga ega bo'ladilar. M iliiy v a lu t a k u rsin in g p a s a y is h i, y u q o r id a b a y o n e tilg a n im tiyozlardan tashqari, bir v aqtning o ‘zida im po rtning q im m a t- lashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o'sishiga, tovar olib kirish va iste’mol qilishni qisqarishiga ham da miliiy tovar ishlab chiqarishni o'sishiga olib keladi. Valuta kursining pasayishi miliiy valutada ifodalangan real qarzdorlikning kamayishiga, xorijiy valutada ifodalangan tashqi qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi. Xorijiy investorlar to m o nidan mamlakat miliiy valutasida olinayotgan foyda, foizlar va dividendlarni chetga olib chiqish manfaatsiz bo‘lib qoladi. Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi yoki mamlakat ichki baholari asosida tovarlar sotib olish ham da ularni eksport qilish uchun ishlatiladi. V a lu ta kursi k o 'ta r ils a m a m la k a t ichkarisidagi b a h o la r n in g raq obatdoshligi h a m d a e k sp o rtn in g sam aradorligi pasayadi. O 'z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari ham da yalpi miliiy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Im p ort esa aksincha kengayadi. Mamlakatga xorijiy hamda miliiy kapitallarni oqib kelishi rag'batlantiriladi, xorijiy kapital q o ‘yilmalariga olingan foydalarni olib c hiqilishi o 's a d i. Q a d rsiz lan ib b o ray o tg a n xorijiy va lu ta da ifodalangan m am la k a t tashqi q a rzining real summ asi kamayadi. Valutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi, ya’ni uning kurs dinamikasi h a m d a sotib olish qobiliyati orasidagi uzilish xalqaro iqtisodiy m un o sa b a tla r u c h u n katta aham iyatga ega. Agarda pulning ichki inflatsion qadrsizlanishi valuta kursining qadrsizlanishidan s u r’ati b o 'y ic h a o 'z ib ketsa, o'zga shartlarning tengligi sharoitida miliiy bozorda yuqori baholarda sotish maqsadida tovarlar importi rag‘- batlantiriladi. Agarda valutaning tashqi qadrsizlanishi inflatsiya hisobiga vujudga keladigan, uning ichki qadrsizlanishidan o ‘zib ketsa unda valuta dempingi uchun sharoit yetiladi. Boshqacha aytganda, tashqi bozorlarda raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida tovarlarni o'rtacha jah o n baholaridan past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun sharoit tug'iladi. Valuta dempingi u c h un quyidagilar xususiyatlidir: 1) eksportyor tovarlarni ichki bozorda inflatsiya t a ’sirida ko'tarilgan baholarda sotib oig an h o ld a tashqi b o z o rd a o 'r t a c h a j a h o n ba h o la rid a n pastroq darajada ularni nisb a ta n m uvozanatli b o ‘lgan valutaga sotadi; 2) eksport baholarini pasaytirish manbasi b o ‘lib, tu sh um sifatida olingan nisbatan barqaror valutani qadrsizlangan milliy valutaga almashtirgan paytida hosil b o ‘ladigan kurslar farqi hisoblanadi; 3) tovarlarni om m aviy ravishda chetga olib chiqilishi e ksp o rty o rla rg a n ih o y atd a y u q o ri darajadagi foydani t a ’minlaydi. Demping bahosi ishlab chiqarish bahosidan yoki tannarxdan h a m past b o ‘lishi m um kin. Biroq eksportyorlar u c h u n juda ham pasaytirib yuborilgan baho m anfaatli emasdir, ch u n k i xorijlik k o n tra g e n tla r to m onidan tovarlar reeksporti natijasida milliy tovarlar bilan raqobat- chilik vujudga kelishi mumkin. Erkin suzadigan valuta kurslari rejimi sharoitida kapitallar, ayniqsa qisqa m u d d atli k a p it a ll a r h a ra k a tig a u la r o ‘z g a ris h in in g t a ’siri kuchayadi. Ushbu omil esa o ‘z navbatida ayrim davlatlarning valuta- iqtisodiy holatiga o ‘z t a ’sirini o ‘tkazadi. V alutasining kursi k o ‘tarilib b o r a y o tg a n m a m la k a tg a x orijiy kapitallarning oqib kelishi natijasida ssuda kapitallari va kapital q o ‘yilmalarining hajmi vaqtincha oshib ketishi m umkin. U shbu o ‘sgan sarm oyalar m am lakat iqtisodiyotini rivojlantirish ham da davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadlariga ishlatilishi m u m k i n . K a p i ta l la r n i m a m l a k a t d a n o q ib k e tish i esa u l a r n i n g kamomadini, investitsiyalar qisqarishini va ishsizlik kuchayishini keltirib chiqaradi. Valuta kursi tebranishining oqibatlari mamlakatning valuta-iqtisodiy mavqeiga, uning eksport kvotasi xalqaro iqtisodiy m unosabatlarda tutgan o ‘rniga bog‘liq. Valuta kursi m am lakatlar, milliy eksportyor va importyorlaro'rtasidagi kurash obyekti hamda davlatlararo nizolarning manbasi b o ‘lib xizmat qiladi. Ushbu sabablarga ko ‘ra valuta kursining m uam m olari iqtisodiy fanda ahamiyatli o ‘rinni egallaydi. 8 .3 . T o ‘lov va hisob-kitob balanslari Barcha mam lakatlar zamonaviy ja h o n xo ‘jaligining ishtirokchilari b o ‘lib h iso b la n a d i. A lo h id a i n a m la k a t la r n in g j a h o n x o ‘jalig ig a integratsiyalashganlik darajasi turlicha bo ‘lib hisoblanadi. Mamlakatning hamkorlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy iqtisodiyotlarni ja h o n xo'jaligiga birlashtirad igan X alq aro iqtisodiy a lo q a lard a n iborat. Iqtisodiy munosabatlardan tashqari mamlakatlar o ‘rtasida pul to'lovlari va tushumlarini vujudga keltiruvchi siyosiy, harbiy, madaniy ham d a boshqa munosabatlar ham mavjud. Mamlakatning ko ‘p qirrali xalqaro munosabatlari uning xalqaro operatsiyalari balans hisob-varag‘ida o 'z aksini topadi. Ushbu balans a n ’ana b o‘yicha t o ‘lov balansi deb ataladi. T o ‘lov balansi — bu xalqaro operatsiyalarning balans hisob-varag'i- dir. Ya’ni, bu m amlakatning tovarlar, xizmatlar, kapitallar olib kirish va olib chiqish ko'rsatkichlarining nisbati shaklidagi xalqaro x o ‘jalik aloqalari kompleksining qiymat ifodasidir. Xalqaro operatsiyalarning balans hisob-varag'i mamlakat tashqi iqtisodiy operatsiyalarining ko‘lamlari, tarkibi va xarakterini qiymat jihatidan miqdoriy h am da sifat ifodasidir. Amaliyotda odat sifatida «to'lov balansi» atamasidan foydalanish, barcha operatsiyalar b o ‘yicha valuta oqimlarining ko ‘rsatkichlarini esa t o ‘lov va tushumlar sifatida belgilash qabul qilingan. M atb uo tda c h o p etilayotgan to 'lo v balanslari nafaqat am alga oshirilgan yoki m a ’lum bir sanaga ijro etilishi kerak bo'lgan to 'lo v va tushum larni, balki xalqaro talablar h a m da majburiyatlar b o 'y ic h a ko'rsatkichlarni ham qainrab oladi. To'lov balanslarining zamonaviy jadvallari barcha qimrnatliklarni m am lakatlararo harakati haqida yetarli m a ’lumotlarga ega. B unda m ajburiyatlarning joriy davrda to 'la n m a y d ig a n va kelgusi davrga o'tkazilib yuboriladigan qismi kapital yoki kreditlar harakatini aks ettiruvchi to'lov balansi moddalariga kiritiladi. So'nggi paytlarda to'lov balansiga qo 'shim ch a sifatida m am la k a t lararo qimmatliklar harakati to'g'risidagi m a ’lumotga ega mamlakatning xalqaro aktivlar va passivlar balansi tuziladi. U sh bu b a la n s m a m la k a tn in g zaxira toifasidagi x alqaro m o - liyaviy h olatin i aks e ttirad i va m am la k a t ja h o n xo'jaligiga in te g - ratsiyalashuvining q a n d a y b o sq ic h id a (p o g 'o n a s id a ) turg an lig in i k o 'rsa ta d i. Mazkur balansda ushbu davrga mamlakat tomonidan taqdim etilgan va olingan kreditlar, investitsiyalar, boshqa moliyaviy aktivlar qiyma- tining nisbati aks etadi. Ayrim davlatlarda olingan resurslar hajmi xorijdagi aktivlariga nisbatan katta. Boshqa mamlakatlarda bu ikkala ko'rsatkich ham katta, ham turlichadir. Xorijiy moliyaviy resurslarni ne tto -im p o rty o ri sifatida A Q S H alohida o 'r in egallaydi. X alqaro moliyaviy pozitsiya va to'lov balansi ko'rsatkichlarining o'zlari bir- biri bilan bog'liqdir. Iqtisodiy m azm u n ig a ko ‘ra m a ’lum bir sanaga b o i g a n t o ‘lov balansi va m a ’lum bir davr t o ‘lov balansi farqlanadi. M a ’lum bir sanaga bo'lgan t o ‘lov balansini statistik ko'rsatkichlar shaklida qayd etishning ilojisi y o ‘q.. Chunki u kundan-kunga o'zgarib turuvchi to'lov va tushum larning nisbat shakli sifatida mavjuddir. T o l o v balartsining ahvoli, ushbu davrga milliy va xorijiy valutaga b o ‘lgan talabni belgilab beradi ham da valuta kursini shakllantiruvchi omillardan biri b o ‘lib hisoblanadi. M a ’lum bir davr uchun to'lov balansi (oy, chorak, yil) ushbu davr m o b a y n id a am alga oshirilgan tashqi iqtisodiy s h a r t n o m a l a r b o ‘yicha statistik ko'rsatkichlar asosida tuziladi va m a m la k a tn in g xalqaro iqtisodiy munosabatlarida, uning jah o n xo‘jaligidagi ishtiroki ko‘lamlarida ha m d a xarakterida sodir bo'lgan o'zgarishlarni tahlil etish imkoniyatini beradi. Davr u ch u n t o ‘lov balansining k o ‘rsatkichlari iqtisodiy rivojla- nishning agregat ko'rsatkichlari bilan bog'liqdir (yalpi ichki m ahsulot, milliy darom ad va shu kabilar) va davlat to m o n id a n muvofiqlashtirish obyekti b o ‘lib hisoblanadi. D avr u c h u n t o ‘lov balansining ahvoli milliy v a lu ta n in g u z o q muddatdagi davrga bo'lgan holati, uning barqarorligi yoki valuta kursining o ‘zgarish xarakteri bilan uzviy bog‘liqdir. B uxgalteriya hisobi nuqtayi n a z a r id a n t o ‘lov b a la n si d o i m o m uvozanatda b o ‘ladi. Am m o o'zining asosiy b o'linm alari b o 'y ich a agar tu sh u m la r t o l o v l a r d a n k o ‘p b o ‘lsa aktiv saldoga, a k s in c h a boMganda passiv saldoga ega b o ‘ladi. Shu sababli to 'lo v balansini tuzish va saldosini o ‘lchash uslublari m a m la k a t tashqi iqtiso diy operatsiyalarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni t o ‘g ‘ri tahlil qilishda muhim ro‘l o'ynaydi. T o ‘lov balansi tuzishning nazariyasi va amaliyoti j a h o n iqtiso- d iyotida b o 'la y o tg a n o 'zg arish larg a m uv o fiq ravishda rivojlanib, takomillashib borm oqda. «Balans» a ta m a s i x a lq a ro t o ‘lov m u n o s a b a t l a r i d a b ir q a t o r tushunchalarni xususan balans hisob-varag‘i, saldo yoki hisob-varaq qoldig‘i, hisob-varaq ahvoli, muvozanat va boshqalarni ifoda etish maqsadida ishlatiladi. Shu sababli t o ‘lov balansi — bu, n afaqat ikki tarafi bir-biriga teng b o ‘lgan m am la ka t Xalqaro operatsiyalari hisob-varag‘i, balki o ‘z ichiga uning asosiy elementlarining sifat va tarkibiy xarakteristi- kalarini olgan, ushbu operatsiyalarning m a ’lum bir ahvolidir. ToMov balansining tarkibiy tuzilishi. To'lov balansi quyidagi asosiy bo'lim lardan iborat: — savdo balansi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish o'rtasidagi nisbat; — xizmatlar va notijorat to'lovlar balansi («ko‘zga ko'rinmas» operatsiyalar balansi); — o ‘z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir to m o n lam a o'tkazmalarni oigan joriy operatsiyalar balansi; — kapitallar va kreditlar harakati balansi; — rasmiy valuta zaxiralari bilan operatsiyalar. Savdo balansi. Tashqi savdo tarixan milliy x o ‘jaliklarni jah o n x o ‘jaligiga bog‘lovchi tashqi iqtisodiy munosabatlarning birlainchi shakli sifatida maydonga chiqadi. Tashqi savdo tufayli xalqaro mehnat taqsi- moti shakllanadi. Xalqaro m ehnat taqsimotining o ‘zi esa tashqi savdo va boshqa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan chu- qurlashib ham da takomillashib boradi. Tashqi savdo ko'rsatkichlari a n ’anaviy ravishda to'lov balansida m u h im o 'rinn i egallaydi. Tovarlar eksporti va importining o ‘zaro nisbati savdo balansini tashkil etadi. Tashqi savdoning katta hajmi kredit hisobiga amalga oshirilganligi sababli haqiqatda shu davrda amalga oshirilgan savdo, t o ‘lovlar va tushumlar ko'rsatkichlari o ‘rtasida tafovutlar mavjud. U shbu tafovutlar tufayli turli so'ndirilish muddatlariga ega, taalluqli talab va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi um um iy savdo balansidan farqli o'iaroq, o ‘z davrida amalga oshirilgan pul to'lovlari ham da h a q iq a td a o ling an t u s h u m l a r n in g nisbati sifatida t o 'lo v balansi tushunchasi paydo bo'ldi. Biroq tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo'yicha m a ’lumot yig'uvchi organlar hech qachon haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar va olingan tushum larni u m u m iy savdo ko'rsatkichlaridan ajratish imkoniyatiga ega b o 'lm agan. U la r savdo balansiga kiritiladigan tashqi iqtisodiy bitimlar bo'y icha bojxona m a ’lumotlaridan foydalanadilar. Aynan shu m a ’lumotlar davlat iqtisodiy siyosati nuqtayi nazaridan asosiy qiziqish obyekti bo'lib hisoblanadi. U la r va real to'lov lar orasidagi farqlar to 'lov balansining kredit operatsiyalarida aks etgan. Savdo balansining aktiv yoki passivligini iqtisodiy mazmuni aniq m am lakatga nisbatan aloqador ham da uning jah o n xo'jaligida tutgan o 'r n i, hamkorlari bilan aloqalarining xarakteri va um um iy iqtisodiy siyosatiga bog'liqdir. Yetakchi davlatlardan iqtisodiy o'sish sur’atlari b o ‘yicha o rq a d a b o ‘lgan m a m la k a tla r u c h u n aktiv savdo balansi litsenziyalar importiga, xorijiy investitsiyalar yuzasidan daromadlarni t o ‘lash va boshqa Xalqaro majburiyatlar b o ‘yicha haq t o ‘lash uchun valuta mablag'lari manbasi sifatida zarur. Bir qator sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, G erm an iy a va boshqalar) uchun savdo balansining aktiv saldosi kapitallar eksporti, xorijda ikkinchi iqtisodiyotni barpo etish u ch u n ishlatiladi. Passiv savdo balansi keraksiz hisoblanib, m am lak atning jah o n xo‘jaligidagi o'rn i kuchsizligini bildiradi. Bu asosan valuta tushumi taqchilligini sezayotgan, rivojlanib borayotgan m am lakatlar u c hu n xosdir. S a n o a t jih a tid a n riv ojlangan m a m la k a tla r u c h u n esa bu boshqacha m a ’noga ega bo'ladi. M asalan, AQ SH savdo balansining kamomadi ( 1991 -yildan boshlab) A Q SH bozoriga intellektual tovarlarni ishlab chiqaruvchi Xalqaro raqobatchilarni (g‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Tayvan, Janubiy Korea va boshqa m amlakatlar) kirib borishi bilan xarakterlanadi. Bunday xalqaro m ehnat taqsimotining shakllanib borishi oqibatida AQSH va jaho n miqyosida resurslar nisbatan samaraliroq ishlatiladi. AQ SH tashqi savdosining kam om adi yuqorida zikr etilgan ham kor-m am lakatlarning ushbu operatsiyalar b o ‘yicha aktiv saldosida o ‘z aksini topadi. 0 ‘z navbatida, ushbu h a m k o r-m a m la k a tlar o ‘zining valuta tushumlari hisobiga xorijiy kapital q o ‘yilmalarni, shu jum ladan, A Q S H da ham amalga oshiradi. Xizm atlar balansi transport y o ‘q tashuvlari, sug‘urta, elektron, telekosmik, telegraf, pochta va boshqa aloqa turlari, Xalqaro sayyohlik, ilmiy-texnik ham da ishlab chiqarish tajribalari bilan almashish, ekspert xizmatlari, diplomatik, savdo va xorijdagi boshqa xizmatlar xarajatlarini ko'tarish, m a ’lumotlarni uzatish, m adaniy ham d a ilmiy aloqalar, turli vositachilik yig'im lari, reklam a, y a rm a rk a va b osh qa sh u kabilar bo'yicha to'lov ham da tushum larni o ‘z ichiga oladi. Xizmatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarning bir m a ro m d a rivojlanib borayotgan sektorini tashkil etadi. X izmatlarning t o ‘lovlar va tushu m - larning hajmi ham da tarkibiy tuzilishidagi roli h a m d a ularga t a ’siri m untazam ravishda o ‘sib borm oqda. A n ’anaviy xizm at turlari ( tr a n s p o r t, su g 'u rta ) savdo b o ‘yicha tovarlarni yetkazib berishning hajmi va turli-tum anligini o ‘sib borishi, ularning tarkibida Xalqaro k o o p e ra tsiy a h a m d a ixtisoslashuvning rivojlanishi tufayli yarim ta y y o r m a h s u lo tla r , b u tlo v c h i q ism lar ulushining ortib borishi bilan o ‘z boshidan katta qayta qurish jarayonini kechirmoqda. Rivojlangan davlatlarda aholining yashash darajasi o'sib borgani sari zam onaviy ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi natijasida tarkibida katta ulushga ega bo'lmish xizmat yuzasidan safarlar sifatidagi Xaiqaro sayyohlik koMamlari ham keskin o ‘sdi. Xalqaro ishlab chiqarishning o ‘sishi ilmiy-texnik inqilob va xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining boshqa omillari, litsenziyalar, nou-hau, ilmiy-texnik ham da ishlab chiqarish tajribasining boshqa turlari, lizing operatsiyalari, ishbilarmon maslahatlar va ishlab chiqarish hamda a lo h id a xususiyatga ega b o s h q a x izm a tla r bila n savdo qilishni rag‘batlantirdi. Jah o n amaliyotida qabul qilingan qoidalarga muvofiq «xizmatlar» b o ‘limiga investitsiyalar va xalqaro kreditlar bo'vicha foiz daromad- laridan olingan t o ‘lov ham da tushumlar kiradi, m odom iki iqtisodiy m a z m u n ig a k o ‘ra u lar kapitallar harakatiga y a q in ro q d ir. ToMov balansida quyidagi moddalar ajratilib ko‘rsatiladi: xorijiy davlatlarga harbiy yordam ko'rsatish, xorijdagi harbiy xarajatlar. U shbu xarajatlar xizmatlar operatsiyalariga mansubdir. X alqaro Valuta F o n d in in g (XVF) uslubiyatiga muvofiq t o ‘lov balansida alohida pozitsiya sifatida bir to m o n la m a o ‘tkazm alarni ko‘rsatish qabul qilingan. Ularning tarkibida: l)davlat operatsiyalari — b o s h q a m a m la k a tla rg a iqtisodiy y o rd am y o ‘nalishi b o ‘y icha subsid iya la r, davlat n a fa q a la ri, Xalqaro tas h k ilo tla rg a badallar; 2)xususiy tusdagi operatsiyalar — xorijdagi ishchilar, mutaxassislar, qarindosh-urug‘larning mamlakatga pul o ‘tkazmalari. Operatsiyalarning ushbu turi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Italiya, Turkiya, Ispaniya, Gresiya, Portugaliya, Pokiston, Misr va boshqa davlatlar o ‘z fuqaro- larini pul ishlab kelishga xorijga chiqish masalalarini muvofiqlashtirishga katta e ’tibor beradi. Chunki ushbu davlatlar mazkur valuta tushumlari manbasidan o ‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirish maqsadida foydalanadilar. Xorijiy ishchilar va mutaxassislarni vaqtincha jalb etadigan G F R , A Q S H , Fransiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, JA R va boshqa m am lakatlar uchun esa aksincha ushbu pul o ‘tkazmalari t o ‘lov balansi ushbu moddasining kam om ad manbasi bo ‘lib xizmat qiladi. Yuqorida zikr etilgan xizmatlar bo'yicha operatsiyalar investitsiyalar b o ‘y ic h a d a ro m a d la r ha ra ka ti, harbiy tusdagi kelishuvlar va bir tom onlam a o'tkazmalar, tovarlar (sezilarli qimmatliklar) importi hamda eksportiga aloqasi b o 'lm agan holda «ko‘zga k o ‘rinmas» operatsiyalar deb ata lad i. U la rn in g ta rk ib id a 3 toifadagi kelish uv larn i, y a ’ni x izm a tla r, investitsiyalardan olingan d arom adlar, bir to m o n la m a o 'tk a z m a la rn i ajratib k o ‘rsatish m um k in. «Xizmatlar va notijo rat to'lovlari» atamasi ham ishlatiladi. U shbu atamaga m am lakatlararo iqtisodiy aloqalarning m uhim m azm unini tovarlar bilan savdo tashkil etgan paytdan qolgan a n ’anaga bildiriladigan hurm atday qaraladi. Joriy operatsiyalar b o ‘yicha i o ‘lov balansi savdo balansi va «ko‘zga ko‘rininas» operatsiyalarni o ‘z ichiga oladi. T o ‘lov balansi tuzishning b a ’zi bir usullari bir tom o n lam a davlat o ‘tkazmalarini alohida m oddaga ajratib ko‘rsatadi va uni joriy operatsiyalar saldosiga qo‘shmaydi. U shbu operatsiyalarni tovarlar va xizm atlar bilan jah o n savdosini kapital ham da kreditlar shaklidagi moliyaviy resurslar Xalqaro harakatidan ajratib olish uchu n joriy operatsiyalar deb ataylab atay boshladilar. K apitallar va kreditlar harakati balansi davlat h a m d a xususiy kapitallar, taqdim etilgan va olingan Xalqaro kreditlarning davlatga olib kirilishi ham da olib chiqilishi o ‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra ushbu operatsiyalar quyidagi ikki toifaga b o ‘linadi: tadbirkorlik va ssuda kapitallarining xalqaro harakati. Tadbirkorlik kapitali to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar (xorijda korxonalarni sotib olish va qurish) va portfei investitsiyalarini (xorijiy kom paniy alar qim m atli q o g ‘ozlarini sotib olish) o ‘z ichiga oladi. T o ‘g ‘r i d a n - t o ‘g ‘ri in v e s tits iy a la r u z o q m u d d a tli k a p it a ln i o lib chiqishning eng muhim shakllaridan biri b o ‘lib hisoblanadi va to'lov balansiga sezilarli t a ’sir etadi. U la r mulk sotib olinishi bilan bog‘liq b o i g a n holda qarz m ajb u riy a tla rin i vujudga keltirm ayd i. U s h b u investitsiyalar n atijasida m illiy iqtiso d iy o tlarn i savdoga n isb a ta n y u q o r ir o q d a ra ja d a va m u s t a h k a m r o q j a h o n x o 'ja lig ig a in te g - ratsiyalashuviga ko‘maklashuvchi Xalqaro ishlab chiqarish rivojlanadi. 1997-yilda har yilgi qo'yilm alarni qo'shib borish va qoldig‘i k o ‘payib boruvchi uslubi bilan hisoblangan m am lakatlarning barcha t o ‘g ‘ridan- t o ‘g ‘ri xorijiy investitsiyalarini t o ‘p langan qiym ati 3 trln . A Q S H dollaridan ko‘p summani tashkil etdi. Tadbirkorlik kapitalining xorijga olib chiqilishi ishlab chiqarish va tashqi savdoning o ‘sishiga nisbatan te z s u r ’a tl a r d a a m a lg a o s h a d i. Bu e sa o ‘z n a v b a ti d a x o ‘ja l ik faoliyatining baynalmilallashuvi va globallashuvida uning roli yetakchi ekanligini isbotlaydi. T o ‘g ‘ridan-to ‘g ‘ri xorijiy investitsiyalar qiymatining u c h d a n ikki qismidan ziyodini rivojlangan davlatlarning o ‘zaro kapital qo'yilm alari tashkil etadi. Bu degani, ular o ‘rtasidagi x o ‘jalik aloqalari boshqa davlatlar o ‘rtasidagi xo‘jalik aloqalariga nisbatan yuqoriroq darajada m ustahkam lanib borayotganligidan dalolat beradi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling