O xoshimov, S. Saidaxmedov


KETMA-KET QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK TAVSIFLARI


Download 3.46 Mb.
bet19/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

KETMA-KET QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK TAVSIFLARI


Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar transport vosita- sida, xususan, metropolitenda, trolleybus va tramvaylarda, zavod sexlarida harakatlanadigan transport vositalarida, shaxtalardagi o‘zi yurar vagonchalarda keng qo‘llaniladi. Chunki bu mexanizm- larda bitta trolley (maxsus konfiguratsiyali tok o‘tkazgich simi) qo‘llaniladi. Bundan tashqari ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli kuchlanish kamayganda ham me’yorida ishlaydi, bu esa trolley orqali uzoq masofaga elektr uzatish im- konini beradi. Bu dvigatellar mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarga nisbatan yana ikkita asosli afzallikka ega bo‘lib, ı.lardan biri, mexanizmda yuklama ortib ketganda, tok bo‘yicha bir xil o‘ta yuklanishda momentni katta qiymatga oshiradi. Ikkin- chi afzalligi esa, qo‘zg‘atish chulg‘ami simlarining ko‘ndalang kesimining kattaligi, ularning o‘ramlari orasidagi kuchlanishning kichikligi, qo‘zg‘atish chulg‘ami maydonining so‘ndirish tizimi mavjudligi tufayli yuqori ishonchlilikka egaligidadir. Shuning uchun elektrotexnika sanoati bunday mashinalarning turli seriya- larini ishlab chiqarishda davom etmoqda. Masalan, kran va metal- lurgiya dvigatellari 2,5 kW dan 185 kW gacha quvvatga, (2,7—5,0) Mq p ga ega bo‘lgan maksimal momentli QC, QH va boshqa rusumdagi dvigatellar ishlab chiqarilmoqda.


Ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalarda qo‘z- g‘atish chulg‘ami yakor bilan ketma-ket ulanadi va magnit oqimi yakor tokining funksiyasi bo‘lib qoladi. Shuning uchun yuklama ortganda tezlikning pasayishi nafaqat kuchlanish tushishining orti- shidan, balki magnit oqimi ortishi hisobiga ham hosil bo‘ladi. Bu bilan mexanik tavsiflaming ayniqsa, kichik yuklamalarda katta qiyalikka ega ekanligini ham izohlash mumkin.
Agar mashina magnit tizimini to‘yinmagan deb hisoblasak, u holda uning magnit oqimi tokka to‘g‘ri proporsional deb qabul qilinadi. U holda quyidagini yozish mumkin:


(2.47)
O‘zgarmas tok mashinasi uchun mexanik tavsif ifodasidan va (2.49) bog‘lanishdan foydalanib, quyidagini olamiz:

yoki
o= U - A
E‘ ‘E’’M
- b
(2.48)

(2.49)


bu yerda: a — U C )“ ; b — R{C )!'. (2.48) ifoda giperbola tenglamasi bo‘lib, uning bitta asimptotasi ordinata o‘qi, ikkinchisi esa abssissa o‘qiga parallel va B masofada pastroqdan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqdir.


Zamonaviy dvigatellarning magnit tizimi nominal rejimda anchagina to‘yingan bo‘lib, m= f(M) giperbolik bog‘1anish esa faqat kichik yuklamalardagina mavjud bo‘ladi.
Shuning uchun hisoblashlarda dvigatellarning ish tavsifla- ridan foydalaniladi. Bunday n —f Hachi! M ——f(! h) va {Efn) — f{I z) kabi tavsiflar elektr mashinalarning barcha rusumlari uchun kataloglarda berilgan bo‘ladi.
Bunday tavsiflar, agarda nisbiy birliklarda berilsa, ular uni- versal tavsifiar deyiladi (2.16-rasm). Bu yerda bazaviy qiymatlar
sifatida nominal: U qzy nom› Igp2, M„q, ro.e qiymatlar qabul qili- nadi. QH rusumli o‘zgarmas tok mashinasining universal tavsiflari 2.16-rasmda keltirilgan bo‘lib, bu yerda: M —f{i,p} bog‘lanishdagi momentning qiymati elektromagnit momentning emas, balki dvi- gatel o‘qidagi momentning qiymatini ko‘rsatadi.
Ketma-ket chulg‘amli dvigatellarning ishga tushirish qar- shiliklarini va sun’iy tavsiflarini hisoblash. Sun’iy mexanik tavsiflar kataloglardagi mexanik tavsif asosida hisoblanadi. Hozir- da EHM laming keng qo‘llanilayotganini nazarda tutib, hisob- lashning grafik usulini emas, balki analitik usulini ko‘rib chiqa- miz. Shunday qilib mashinaning tabiiy mexanik tavsifi, ya’ni n — f(i), bu yerda: = I„ — I z - yakor toki bo‘1ib, mashina nor- mal sxemada ulanganda qo‘zg‘atish tokiga tengdir; Q„ — dviga- telning yakor zanjiriga ulangan qo‘shimcha qarshiliklar yig‘indisi:
q' ya + qch + Rq , (2.50)

bu yerda: fip, R z va R — mos ravishda yakor, qo‘zg‘atish chul- g‘ami va qo‘shimcha qutblar qarshiliklari.



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling