O xoshimov, S. Saidaxmedov


Download 3.46 Mb.
bet22/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

ARALASH QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELLARNING MEXANIK TAVSIFLARI

Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli mashinalar mustaqil va ketma- ket qo‘zg‘atish chulg‘am1i mashinalarning afzalliklarini saqlab qoladi.


Odatda, mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellar kichkina ketma-ket chulg‘amga ega bo‘lib, bu yerda hosil bo‘ladigan mag- nit oqim asosiy oqim bilan birga ta’sir etib magnitsizlantiruvchi yakor reaksiyasini kompensatsiyalaydi. Shu bilan dvigatel mexa- nik tavsifining qattiqligi ortadi. Lekin ular aralash chulg‘amli ma- shinalar qatoriga kiritilmaydi.
Nominal rejimda aralash chulg‘amli mashinalar mustaqil chulg‘amining magnit harakatlantinıvchi kuchlari (MHK) ketma- ket chu1g‘am MHK laridan 1,5—2,5 marta kattaroq bo‘ladi. Shun- day qilib, aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari mustaqil va ketma-ket chutg‘amli dvigatellar tavsiflari- ning oraliq holatini egallaydi.
Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami mavjudligi tufayli aralash chulg‘amli dvigatel chegaralangan salt yurish tezligiga ega bo‘la- di:
n U/ CE
bu yerda: &»— mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qiladigan oqim.
Shu bilan birga ketma-ket chulg‘am mavjudligi uchun kichik yuklamalarda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatellarga nisba- tan tezlikning tushishi ko‘proq bo‘ladi.
Yakorda tok katta bo‘lganda aralash chulg‘amli dvigatelning magnit tizimi to‘yinadi. Shuning uchun uning mexanik tavsiflarini hisoblashda ketma-ket chulg‘amli mashinalar uchun tatbiq etilgan formulalar va usullar qo‘llaniladi. Yakor toki nol bo‘lganda ham
{En )t ning qiymati nol bo‘lmagan o‘tish tavsifi (E»" )t — f{I,.)
kabi bo‘ladi (2.24-rasm, a).
Bunday dvigatellarda teskari ulab tormozlash boshqa o‘zgar- mas tok mashinalaridagidek amalga oshiriladi (2.24-rasm, f›). Di- namik tormozlash yoki energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash rejimlarida ketma-ket chulg‘am qisqa tutashtiriladi. Bu tormoz- lash tavsiflarining qattiqligini oshiradi (2.24-rasm, f›). 5 punktir chiziq bilan dvigatelning ikkala chulg‘ami ishlayotgan holatidagi tavsifi keltirilgan. Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, generator rejimida mashina yakoridagi tok yo‘nalishining o‘zgarishi ketma-ket chul- g‘am magnit oqimining tashkil etuvchilarining yo‘nalishi o‘zgari- shiga olib keladi.

Aralash chulg‘amli dvigatel ko‘tarma-transport, metallurgiya qurilmalarda va yuritma yuklamasi qisqa muddatga ortib ketadi- gan hamda tez-tez tormozlash rejimida ishlaydigan qurilmalarda keng qo‘llaniladi.

Savol va topshiriqlar





  1. Ketma-ket qo‘zg'atishli dvigatelning universal tavsifi qan- day ko‘rinishga ega?

  2. Dvigatelning universal tavsifi nima uchun kerak va undan qanday foydalaniladi?

  3. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning mexanik taYSifi teng- lamasini keltiring.

  4. Dvigatelning tabiiy tavsifini tasvirlang.

  5. Dvigatel yakorini shuntlagandagi sxema va unga mos bo‘l- gan tavsifni tasvirlang. Bu sxemadan qanday hollarda foydala- niladi?

  6. Yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amini birgalikda shuntlagan- dagi sxema va mexanik tavsif qanday ko‘rinishga ega? Qanday hollarda bu sxemadan foydalaniladi?

  7. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelni dinamik tormozlash qanday amalga oshiriladi?

  8. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelning dinamik tormozlash tavsifini tasvirlang.

  9. Reaktiv va aktiv moment bo’lganda teskari ulab tormoz- lash sxemasini chizing.

  10. Reaktiv va aktiv moment bo‘lganda ketma-ket qo‘zg‘a- lishli dvigatelning teskari ulab tormozlashdagi mexanik tavsifini tasvirlang.



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling