O xoshimov, S. Saidaxmedov


Download 3.46 Mb.
bet23/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

III bob. O‘ZGARMAS TOK ELEKTR URITMALARINING ROSTLASH XUSUSIYATLARI VA MEXANIK TAVSIFLARI



    1. ELEKTR YURITMALARNING AYLANISH TEZLIGINI ROSTLASHNING ASOSIY

KO‘RSATKICHLARI

Zamonaviy sanoat mexanizmlarining ish organlari tezlikni keng ko‘1amda o‘zgartirishni talab etadi. Jumladan, metallga ish- lov berish dastgohlari, prokat stanoklari, ko‘tarma kran va transport qurilmalari, qog‘oz ishlab chiqarish, ko‘mir qazib olish, to‘qima- clıilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlarning barchasida yuqori ish unumdorligini va talab etiladigan sifat ko‘rsatkich1arini ta’min1ash maqsadida tezlikni rostlash zarur.


Tezlikni rostlash deb texnologik jarayon talablaridan kelib chiqqan holda elektr yuritma tezligini majburiy o‘zgartirishga aytiladi. Bu yerda tezlikni rostlash tushunchasini ishlab turgan mashina o‘qida yuklama o‘zgarishi hisobiga dvigatel tezligini ta- biiy ravishda o‘zgarishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Tezlikni rostlash yuritma dvigateli yoki ishlab chiqarish mexaniz- mi uzatish tezligiga operator yoki maxsus avtomatik qurilma yordamida qo‘shimcha ta’sir natijasida amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalar tezligini rostlashning turli usullarini tavsif- lovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1) rostlash diapazoni; 2) rostlash ravonligi; 3) rostlash tejam- korligi; 4) berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi; 5) tezlik rostlana- yotgandagi yo‘nalish (asosiy tezlikka nisbatan ko‘payishi yoki kamayishi); 6) turli tezliklardagi joiz yuklama.

  1. Rostlash diapazoni. Maksimal mpp tezlikni minimal mq„ tezlikka nisbati bilan aniqlanadi:

Elektr yuritmalarni rosttashning zamonaviy tizimlari teskari bog‘1anishlar hisobiga aylanish tezligi diapazonini anchagina ken- gaytirish imkonini beradi. Turli sanoat mexanizm va mashinalari turli rostlash diapazonini talab qiladi. MasalaR, metall qirqish dastgohlarining bosh mexanizmlarining rostlash diapazoni D - (4 : 1) - (100 : 1) va undan yuqori bo‘ladi, universal dastgoh- larning uzatish mexanizmlari 1000 : 1 va undan ortiq diapazonda ishlaydi. Gazeta qog‘ozi tayyorlanadigan mashinalar rostlash diapazoni doirasi D - 3 : 1: yuqori sifatli qog‘oz tayyorlaydigan dastgohlarni esa £/ = 20 : 1. Ayrim prokat stanlarining rostlash diapazoni D (20 : 1)-(25 : l) ga teng.




  1. Download 3.46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling