O xoshimov, S. Saidaxmedov


Tezlik rostlanayotgandagi


Download 3.46 Mb.
bet25/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

Tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish, ya’ni tezlikning asosiy tezlikka nisbatan ortishi yoki kamayishi rostlash turiga bog‘1iq. Asosiy tezlik kuchlanish va magnit oqimining nominal qiymatlariga mos keladi. Bu tezlik, dvigatel zanjirlarida hech qan- day tashqi qarshilik bo‘1maganda olinadi, ya’ni w ning asosiy nuqtasi tabiiy mexanik tavsifda bo‘ladi. O‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Dvigatel rejimida bir xi1 yuklamada dvigatel tezligi qarshilikni oshirganda kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qarshilikni o‘zgar- tirib (kiritib) rostlash asosiy tezlikka nisbatan faqat pastga qarab amalga oshiriladi. Bunga teskari ravishda magnit oqimini kamay- tirib rostlash esa normal yuklamalarda tezlikning ortishiga olib keladi, ya’ni bu holda rostlash asosiy tezlikdan yuqori tezlikka tomon amalga oshiriladi.

  • Dvigateldagi joiz yuklama tezlikni rostlash turiga bog‘liq.

    Tezlikka nisbatan yuklama momentining o‘zgarishi turli sanoat mexanizmlari uchun turlichadir. Masalan, ko‘p mexanizmlar o‘z- garmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexa- nizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokar- lik dastgohida tezlikni rostlash quvvat o‘zgarmagan holda amalga oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda mahsulotga ishlov berish jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga ko‘paytmasi o‘zgarmas quvvatni beradi.
    Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quvvatini tanlash
    bilan (katta quvvatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda quvvat yoki yuklama momentini har qanday o‘zgarishini ta’min-
    lash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz bo‘lishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda bir xil tezlikda dvigatel to‘1a yuklanmagan bo‘lib qoladi.
    Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foyda- lanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa bundan tash- qari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rostlash usu- lini tanlash kerak.
    Dvigateldagi joiz yuklama uning qizish darajasi bilan chek- lanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan aniqlanadi.
    Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiymati dviga- telning nominal toki qiymatiga teng bo‘Isa, bu holat dvigatelni barcha tezliklarda to‘1a yuklanganligini ko‘rsatadi.
    Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nomi- nal qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun tur- licha bo‘ladi.



      1. Download 3.46 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling