O xoshimov, S. Saidaxmedov
Download 3.46 Mb.
|
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ketma-ket qo‘zg‘atish ehu1g‘am1i dvigatelning tormozlash rejimlari.
Yakor zanjirida parallel konturlar bo‘lgan ketma-ket qo‘zg‘atish chuIg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari. Yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amini turli sxemalarga ulab, turli mexanik tavsiflari olish mumkin. Sanoatda ko‘tarma va metallurgiya qu-
rilmalari uchun magnit kontroller va avtomatlashtirilgan bosh- qaruv stansiyalarining bir necha turlari ishlab chiqariladi va ularda quyidagi sxemalardan (2.l7-rasm) foydalaniladi: a) umumiy ket- ma-ket ulangan qarshilik mavjudligida yakorni shuntlash; b) yakor chulg‘amini shuntlash; d) qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlash; e) umumiy ketma-ket ulangan qarshilik mavjud bo‘lganda yakor va qo‘zg‘atish chu1g‘amlarini parallel ulash. 2.17- rasm. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatelda ketma-ket ulangan va shuntlovchi rezistorlarning ulanish sxemasi. Olingan tavsiflari ko‘rib chiqamiz. 2.17-rasm a da keltiril- gan sxemadagi dvigatelni shuntlaganda nisbiy birliklarda hisob- langan tavsiflar 2.18-rasmda keltirilgan. Bu yerda, 7-egri chiziq dvigatelning tabiiy tavsifi. 2- va 3-egri chiziqlar ketma-ket qarshilik kiritilgandagi mashinaning sun’iy
tavsiflaridir. #-egri chiziq dvigatel yakorini huh va fi rezistor- lardan tuzilgan kuchlanish bo‘luvchisidan olingan pasaytirilgan kuchlanish bilan ta’minlangandagi tavsif. Kichik yuklamalarda kuchlanish bo‘luvchisining ta’siri samarasi hisoblanadi. 5- va 6- tavsiflar aktiv statik moment mavjud bo‘lganda o‘z-o‘zini qo‘z- g‘atishli dinamik tormozlashni tavsiflaydi. Bu kabi sxema kranlarda magnit kontrollerining birinchi holatida qo‘l1anib, yukni ko‘tarishda ravon (siltamasdan) ishga tushirishni ta’minlab beradi yoki yukni kichik tezlikda tushira boshlaydi. 0,4 0 0,4 - 0,8 - f,2 2.18-rasm. Dvigatelning 2.17- rasm, a dagi sxema bo‘yicha qo‘shimcha rezistor ulangan holatidagi mexanik tavsiflari. Dvigatel kichik yuklamalarda ishlayotganda qo‘shimcha re- zistor ta’siri yanada samaraliroq (2.17- rasm, b) bo‘1adi, dvigatel tavsiflari 2.18-rasmda keltirilgan. 2.17- rasm, f› dagi sxema sanoat elektr yuritmalarida kamdam-kam ishlatiladi, lekin tortish quril- malarida ko‘p qo‘1laniladi. Katta rk qarshiliklar kiritib, katta yuklami tushirish mumkin. Bu holatda yuritmani dvigatel rejimida katta tezlikdan kichik tezlikka o‘tkazish energiyani tarmoqqa qaytarib generator rejimi- da tormozlashga olib keladi. 2.17- rasm, e dagi sxema mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning tavsifga yaqin bo‘lgan tor- mozlash tavsifini beradi (2.21-rasm). Bu sxemalardan kran quril- malar yuritmalarida ko‘p ishchi rejimlarini olishda foydalaniladi. 2.19-rasm. Dvigatelning 2.17- rasm, b dagi sxema bo‘yicha qo‘shimcha rezistorlar ulangan holatdagi mexanik tavsiflari.
1,0 f,G 2.20-rasm. Dvigatelning 2.17- rasm, b dagi sxema bo‘yicha qo‘shimcha rezistorlar ulangan holatdagi mexanik tavsiflari. 2.21-rasm. Dvigatelning 2.17- rasm, e dagi sxema bo‘yicha qo‘shimcha rezistorlar ulangan holatdagi mexanik tavsiflari. Ketma-ket qo‘zg‘atish ehu1g‘am1i dvigatelning tormozlash rejimlari. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘am1i dvigatelga nisbatan mazkur dvigatelning tormozlash rejimidagi imkoniyatlari chek- langan bo‘ladi. Masalan, tarmoqqa energiyani qaytarish yo‘li bi- lan rekuperativ tormozlashning imkoniyati yo‘q. Dvigatel rejimi- da ishlayotgan mashinaning yuklamasi kamayib ketganda magnit oqimi kamayib dvigatel tezligi nominal tezlik qiymatidan 5—6 marta ortib ketadi. Bu esa mashinaning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun, salt yurish rejimiga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinamik tormozlash rejimini mashinaning o‘z-o‘zini qo‘zg‘a- tish rejimida amalga oshirish mumkin. U holda, mustaqil qo‘zg‘a- tish chulg‘amli mashinalardagi kabi tavsiflami olamiz (2.8- rasmga qarang). Bu tavsiflarni hisoblash usuli avvalgidek bo‘ladi. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami tarmoqqa mustaqil ulangan- da samarali dinamik tormozlash kuzatiladi. Lekin bu rejimda katta qo‘shimcha qarshilik ulangani uchun nominal magnit oqimi hosil qilish uchun nominal quvvatga yaqin quvvat sarf etiladi. Bu esa iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday mashinalar uchun asosiy tormozlash usuli, bu teskari ulab tormozlashdir. Bu rejim (reaktiv qarshilik momenti bo‘lgan- da) qo‘shimcha qarshilik kiritilib, yakordagi kuchlanish qutblarini almashtirish bilan amalga oshiriladi (2.22- rasm). U holda, dvigatel tormozlash boshlangunga qadar o‘rnatilgan rejimni tavsiflovchi A nuqtadan tormozlash momenti hosil qilib B nuqtaga o‘tadi. 2.22-rasm. Dvigatelning reaktiv statik moment ostida teskari ulash va reverslash rejimidagi mexanik tavsiflari. Tavsifning BC qismini teskari ulab tormozlash rejimiga, CD qismi esa reverslash rejimiga mos keladi. Tavsifning C nuqtasida qo‘shimcha qarshilikni chiqarib tash- lab dvigatelni tabiiy mexanik tavsifdan o‘matilgan rejim para- metrlari bilan A nuqtaga o‘tkazish mumkin. Aktiv statik moment bo‘lganda teskari ulab tormozlash reji- mini faqat yakor zanjiriga katta qo‘shimcha qarshilik fi ulab olish mumkin (2.23-rasm). U holda, dvigatel boshlangöch nuqta A dan B nuqtaga o‘tadi. Dvigatel tavsifning BC qismida dvigatel rejimi- da, CD qismida esa teskari ulash rejimida ishlaydi. 2.23-rasm. Dvigatelning aktiv statik moment ostida teskari ulash va reverslash rejimidagi mexanik tavsiflari. Turg‘un harakat nuqtasi D da dvigatel mexanizmning harakat- lantiruvchi momenti M ni qoplaydigan tormozlash momenti hosil qiladi. Bu dvigatellaming kamchiligi yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari mexanik tavsiflarning yetarli darajada qattiq emasigida bo‘lib, bu ulami yuklama o‘zgarganda tezlikni mo‘tadil ushlab turish talab etiladigan mexanizmlarda qo‘llab bo‘lmasligini ang- latadi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling