O xoshimov, S. Saidaxmedov


Download 3.46 Mb.
bet33/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

Teskari ulab tormozlash. Bu ko‘rinishdagi tormozlash dvi- gatel rotorini statik moment ta’sirida stator maydoni aylanishiga teskari bo‘lgan yo‘nalishda aylanishidan yuzaga keladi. Reaktiv moment mavjudligida tormozlash vaqti kam bo‘lib, mashina tor- mozlash rejimidan dvigatel rejimiga o‘tadi (4.9-rasm, a). Boshida dvigatel /-nuqtada dvigatel rejimida ishlayotgan edi, stator chul- g‘ami ikkita fazasining o‘mini almashtirgandan so‘ng mashina magnit maydonining aylanish yo'nalishi va elektromagnit moment yo‘nalishi o‘zgaradi (2-nuqta). Yuritma harakati nol nuqtasigacha sekinlashadi, shundan so‘ng rotor reverslanadi va dvigatel teskari tomonga aylanib, harakat nuqtasi 3 ga chiqadi.
Faza rotorli dvigatellar uchun katta qo‘shimcha qarshilik bo'1- gan paytda yuritma Hp tormozlash momenti bilan to‘liq to‘xtashi mumkin (4.9-rasm, a dagi 5-nuqta).
Aktiv qarshilik momenti mavjud bo‘lganda (4.9-rasm, b), xuddi oldingi holatdagidek magnit maydonining aylanish yo‘na- lishi o‘zgarsa, dvigatel ishlash rejimini o‘zgartiradi, ya’ni ikkinchi kvadrantda teskari ulab tormozlash, uchinchi kvadrantda rotor aylanish yo‘na1ishini reverslab dvigatel rejimi, to‘rtinchi kvad- rantda yangi rejim-energiyani aylanish yo‘nalishini reverslab dvi-
gatel rejimi, to‘rtinchi kvadrantda yangi rejim-energiyani tarmoq- qa qaytarib, generator rejimi sodir bo‘ladi va dvigatel 3 nuqtada o‘matilgan tezlikda ishlaydi.



4.9-rasm. Assinxron dvigatelning ulanish sxemasi va mexanik tavsiflari:
a- reaktiv statik momentda teskari ulanish rejimida;
b shuning o‘zi, aktiv statik momentda.

Faza rotorli dvigatellar uchun aktiv statik moment mavjud bo‘lgan teskari ulab tormozlash rejimini stator fazalarining o‘mini almashtirmasdan turib ham olish mumkin. Faqat bu holda rotorga katta qo‘shimcha qarshilik kiritiladi (4.9-rasm, f›). /-nuqtadagi dvigatel rejimidan qo‘shimcha qarshilik rp kiritilib 4-nuqtaga o‘t- kaziladi, shundan so‘ng u o‘z harakatini sun’iy tavsif bo‘yicha sekinlashtira boradi va to‘rtinchi kvadrantga o‘tadi. 5-nuqta asin- xron dvigatelning teskari ulash rejimidagi o‘rnati1gan tezligiga mos keladi.


Teskari ulab tormozlash tavsiflarining kamchiligi, bu ulaming katta qiyalikka (yumshoq) ega bo‘lishida va energiyaning ko‘p sarflanishidadir. Bu energiya to‘1aligicha dvigatelning ikkilamchi zanjirida sarflanib issiqlikka aylanadi.
Tormozlashdagi statik moment M ma’lum bo‘lsa, u holda bu nuqtadagi sirpanishni (4.12) tenglama yordamida hisoblash mum-
kin. Shundan so‘ng (4.22) formula yordamida qo‘shimcha qarshi- likni hisoblash mumkin.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling