O xoshimov, S. Saidaxmedov


ASSINXRON DVIGATELLARNING


Download 3.46 Mb.
bet32/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

ASSINXRON DVIGATELLARNING TORMOZLASH REJIMLARI

Assinxron dvigatelli ko‘p yuritmalar uchun ishga tushirishga nisbatan tormozlash rejimi katta ahamiyatga ega. Chunki bu rejimga ishonchlilik va soz ishlash talablari qo‘yiladi. Ko‘pincha berilgan holatda aniq to‘xtash va aniq vaqt orasida tormozlash talab etiladi.

Assinxron dvgatellarda quyidagi: tarmoqqa energiyani qay- tarish yo‘li bilan generator rejimida tormozlash; mashina genera- tor rejimida ishlab statorga o‘zgarmas tok bilan turli qo‘zg‘atish hosil qilgan holda dinamik tormozlash, teskari ulash bilan tor- mozlash; o‘z-o‘zini qo‘zg‘atib kondensatorli yoki magnitli dina- mik tormozlash rejimlari qo‘l1anadi. Stator magnit maydoni qo‘z- g‘atish usuli bo‘yicha ikkita guruhga bo‘linadi: o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok tarmog‘i orqali mustaqil qo‘zg‘atishli (rekuperativ teskari ulash va dinamik tormozlash) va kondensator batareyasi orasida energiya almashuvi hisobiga yoki dvigatel statori qisqa tutashtirilganda magnit oqimi o‘zinduksiya EYK hisobiga hosil bo‘ladigan o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish orqali.
Yuqorida qayd etilgan rejimlarni qisqa tutashgan va faza ro- torli mashinalar uchun qo‘llash mumkin.
Energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash. Boshqa mashi- nalar kabi assinxron dvigatel uchun ham elektromagnit induksiya prinsipini qo‘llab (dvigatel va generator rejimida ishlash qobiliya- ti) uni generator rejimida ishlashiga imkon yaratish mumkin. Agarda mashina o‘qida yuklama bo‘lmasa (salt yurish) u holda tarmoqdan olinayotgan energiya rotordagi mexanik isroflar, po‘- latdagi isroflar hamda statordagi isroflarni qoplash uchun sarfla- nadi. Mashina o‘qiga rotorning aylanish tomoni bo'yicha ta’sir etayotgan tashqi moment qo‘yish bilan sinxron tezlikka erishish mumkin. Bu holda rotordagi isroflar tashqi energiya manbayi hi- sobiga qoplanadi, tarmoqdan esa faqat statordagi isroflami qop- lash uchun energiya iste’mo1 qilinadi. Shundan so‘ng tezlikning sinxrondan yuqoriga o‘zgarishi assinxron mashinani generator rejimiga o‘tishga olib keladi.
Bu rejimda ishlaganda stator simlarini (chulg‘amini) oldingi yo‘nalishdagi magnit maydoni kesib o‘tadi, rotor simlarini esa teskari yo‘nalishda kesib o‘tadi. Shuning uchun rotor EYK Ez o‘z ishorasini o‘zgartiradi, ya’ni
E',S = (-s) EI;• -E'2S. Rotordagi tok quyidagiga teng bo‘ladi:



’2'
(4.22)

Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, AD generator rejimiga o‘tishi bilan faqat rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Chunki dvigatel o‘qidagi aylantiruvchi moment dvi- gatel rejimiga nisbatan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani uchun f2a tokining aktiv tashkil etuvchisi ishorasining o‘zgarishi elektro- magnit quvvatining manfiy bo‘lishiga olib keladi, ya’ni tarmoqqa qaytariladi, chunki S < 0 bo‘lib

Ikkilamchi kontur reaktiv quvvatining belgisi mashinaning ishlash rejimiga bog‘1iq bo‘lmagan holda o‘zgarmay saqlanishi quyidagi ifodadan ko‘rinadi:




(4.23)

Assinxron dvigatellarda reaktiv statik moment mavjud bo‘l- ganda energiyani tarmoqqa qaytarib, generator tormozlashni ular- ning qutblar sonini o‘zgartirish yoki aylanish tezligini chastotali, chastota-tokli va vektor usulida rostlab amalga oshirish mumkin. Birinchi holda (4.8-rasm, a) mashina statorini kam qutblar so- nidan ko‘p qutblar soniga o‘zgartirib, sinxron tezlik kamaytiriladi 02 < o va bunda butun davr davomida dvigatel ikkinchi kvad- rantda ishlayotganda tormozlash energiyani tarmoqqa qaytarish


bilan amalga oshiriladi.
Tezlikni chastota yordamida rostlayotganda stator ta’minot chastotasini asosiydan kamaytira borib, J, dan to fz < f1 vaf, b).
Yuritma ishchi nuqtasi ikkinchi kvadrantda joylashgan me- xanik tavsif bo‘lak1ari bo‘yicha harakatlanishi davomida ener- giyani tarmoqqa qaytarib tormozlash rejimida ishlaydi. Dvigatelni ta’minlovchi chastotani ravon va avtomatik ravishda o‘zgartirib ozgina o‘zgaruvchi moment bilan yuritmaning tormozlash reji- mini olish mumkin. Lekin bunda ma’lum qonuniyat bo‘yicha kuch- lanishni ham o‘zgartirish kerak.



4.8-rasm. Assinxron dvigatelning reaktiv statik moment qo‘yilganda generator tormozlash rejimidagi mexanik tavsiflari:
a —juft qutblar sonini o‘zgartirilgan holatidagi;
b - tezlikni chastotali rostlangan holatidagi.



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling