O xoshimov, S. Saidaxmedov


O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI


Download 3.46 Mb.
bet40/69
Sana24.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1718239
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

5.2. O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI


VA ELEKTRMAGNIT VAQT DOIMIYLIGI
Elektr zanjirlarining qarshiligi va ularning induktivligi elektr- magnit jarayonlaming xarakterini va o‘tish vaqtini belgilaydi. Ma’lum haroratga (odatda, 15°C da) keltirilgan chulg‘am qarshi- liklari kataloglarda beriladi. Oddiy hisoblashlarda qarshilikni dvi- gatel ishlayotgan haroratga keltirish mumkin:
rx r e s•c( 1 + OT)
bu yerda: o — etektr qarshiligining issiqlik koeffitsiyenti, u mis uchun 0,004 ga teng; harorat farqi z = û -15.
Shuni hisobga olish kerakki, yakor zanjiri qarshiligi sifatida nafaqat chulg‘amlar qarshiligini, balki barcha bog‘lovchi kabellar qarshiligini tushunish kerak. Bundan tashqari ekvivalent qarshilik- ni o‘zgartgichdagi kommutatsion Îıodisalar va dvigatel cÎıo‘tkasi kontaktidagi kuchlanish tushishi hisobiga ortishini e’tiborga olish kerak.
Po‘lat o‘zaklarda joylashgan chulg‘amlaming induktivligini aniqlash ancha murakkab. Ular, birinchidan, nochiziq zveno bo‘l- sa, ikkinchidan bitta magnit zanjiri bilan, ayniqsa o‘zgaruvchan tok mashinalarida, bir nechta chulg‘amlarga bog‘liq. Shuning uchun nafaqat sochilish induktivligini, balki chulg‘am1ar orasidagi o‘zaro induktivlikni ham qarab chiqish kerak. Hisoblarda bundan tashqari magnit zanjirining to‘yinishini ham e’tiborga olish kerak.
O‘zgarmas tok mashinasi yakor chulg‘amining induktivligi Umanskiyning empirik formulasi orqali aniqlanadi:
(5.7)
bu yerda: Up p, l„p, ‹n„p - kuchlanish, tok va tezlikning nominal qiymatlari; p - mashinaning juft qutblar soni; p-‹n„ yakor chulg‘ami tokining chastotasi.
Koeffitsiyent § ni yakor reaksiyasini kompensatsiyalovchi chulg‘ami bo‘lgan katta mashinalar uchun 0,25, kompensatsiya- lovchi chulg‘ami bo‘lmagan kichik mashinalar uchun esa 0,6 deb qabul qilinadi.
Yakorning induktivligi va aktiv qarshiligi qiymatlari bo‘yicha dvigatelning elektrmagnit vaqt doimiysi aniqlanadi, ya’ni:
Jya ' Jya *yg• (5.8)
Qo‘zg‘atish chulg‘ami induktivligi tabiiy ravishda qo‘zg‘atish toki funksiyasi bo‘1ib, to‘yinishga bog‘liq ravishda bir necha marta o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish chulg‘amining induktivligini aniq- lash uchun mashinaning magnitlovchi egri chizig‘i yoki generator rejimida salt yurish tavsifidan foydalaniladi.
Juft qutblarda 2p da joylashgan barcha qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun:
Sq = 2pp p d Øy /d q• (5.9) bu yerda: 2pp mashinaning qutblar soni; m„ — bitta qutbdagi o‘ramlar soni; &, — qutbni kesib o‘tadigan magnit oqimi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, o‘tkinchi jarayonlarni EHMda hisoblayotganda magnit oqimining tokka bog‘liqligidan foydala- nish kerak, qo‘zg‘atish zanjiri uchun:
(5.10)



Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling