O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish m e’yori.
- Ekish muddati.
Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash.
Sholining hosildorligi tuproq unumdorligi, suv, tuproq va havoning haroratiga b o g iiq boim asdan, urug‘ni ekish me’yori, usuli va muddatlariga ham ko‘p jihatdan bogiiqdir. Ekish uchun sholini tumanlashtirilgan navlarining urug iari olinadi. U turli chiqindilar va puch urugiardan tozalanadi. Sholi u ru g iari puch va begona o ‘tlar urugiaridan ammoniy sulfatning suvdagi eritmasiga solish yo‘li bilan tozalanadi. Buning uchun eritma 100 qism suvga 27 qism ammoniy sulfat solib tayyorlanadi va sholining urugiigi shu eritmaga solinadi. Yengil puch u ru g iar va begona o'tlarning u ru g iari eritmaning yuzasiga qalqib chiqadi. Ular ajratib tashlanadi. Ekish uchun sholining birinchi va ikkinchi sinfga mansub b o ig an urugiari tanlanadi. Ularning tozaligi 99 va 98 %, unuvchanligi esa 95 va 92 % dan kam boim asligi kerak. Ekish m e’yori. S ho lid an yu q o ri hosil olish uch u n h a r g ek tar maydondagi o ‘simliklar maqbul qalinlikda boiishi va hosilli poyalarning m iqdori k o ‘p b o iis h i kerak. Sholi hosildorligi o ‘simlik tu p larid a shakllangan ro ‘vaklaming miqdori va gektar hisobiga to ‘g‘ri keladigan hosilli ro ‘vaklarning soniga bogiiq. Sholining ко‘chat qalinligi navning biologik xususiyatlari, tuproqning oziqa moddalar bilan ta ’minlanganlik darajasi va sholi parvarishidagi agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishiga bogiiq. Hosildor poyalar sonini sholining ko‘chat qalinligi hisobiga ko‘paytirish mumkin. Bunga ekish me’yorini oshirish va yuqori agrotexnikani q o ilash y o ii bilan erishiladi. Sholi u ru g ‘ining unuvchanligi ekish usullari va boshqa sharoitlarga qarab, 37 % dan 56 % gacha o ‘zgarib turadi. 0 ‘rim paytigacha o ‘simliklaming 75 % dan 93 % gacha saqlanib qolishi aniqlangan. Shunga k o ‘ra unuvchan u ru g ia rn i ekish m e’yori undirib olingan o ‘simliklar soniga qaraganda ancha yuqori boiishi kerak. Tuproq sharoiti, navning biologik xususiyatlari, ekish muddati va usullari, tuproqning unumdorligi va boshqa sharoitlarga qarab bir gektar maydonga 5-7,5 dona unuvchan u rug‘ ekilishi kerak. Ekish m e’yorini belgilashda hosilni yig‘ishtirish oldidan lm 2 maydonda 250-350 tup o ‘simlik boiishini ta ’minlaydigan darajada belgilash lozim. Ekish muddati. S holini m aqb u l m u d d a td a ekish m o ‘l hosil yetishtirishda katta ahamiyatga ega. Maqbul muddatlarda ekilgan sholi tez unib chiqadi, yaxshi о ‘sib rivojlanadi va undan yuqori hosil olinadi. Sholini ekish muddati kechiktirilsa, hosildorlik pasayib ketadi. Sholi tuproq va suvning harorati 13-15°C boiganda va sovuq tushish xavfi yo‘qolganda ekilishi kerak. Sholi navining biologik xususiyati, tumanning tuproq va iqlim sharoitlariga qarab ekish muddati belgilanadi. Sholining kechpishar navlari 15-apreldan 25-aprelgacha, kechi bilan 30-aprelgacha ekilishi kerak. Sholining o‘rtapishar navlari 25-apreldan 10-maygacha, eng kechi bilan 20-maygacha ekilishi kerak. Sholining ertapishar navlari 10-may dan 30-may gacha ekilishi kerak. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling