Odam fiziologiyasi
Ta’sirlovchi nima va uning qaysi turlarini bilasiz?
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
5. Ta’sirlovchi nima va uning qaysi turlarini bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi 6. Kuch bo‘sa g ‘asi nima? B o ‘sa g ‘a osti va b o ‘sag‘a usti kuchlar dcb qaysi kuchlarni aytish mumkin.? 7. Ta’sirot qonunlari nima? 8. Bioelektrik hodisalar nima? 9. Membrana-ion nazariyasini aytib bering. 10. Membrana potensialining hosil b o ‘lish sabablari nimadan iborat? 11. Ta’sir potensiali nima va uni qanday qayd qilish mumkin? 12. Ta’sir potensiali qanday hosil b o ‘ladi? 13. Ta’sir potensialining turli fazalarida q o ‘z g ‘aluvchanlik qanday o ‘zgaradi? 14. Tuzilish xususiyatlari b o‘yicha qaysi asab tolalarini bilasiz? 15. Asab tolalarida q o ‘z g ‘aluvchanlikni ikki tomonlama o ‘tkazishini qanday isbotlash mumkin? 16. Asabning charchashi nisbiydir, buni qanday isbotlab berish mumkin? 17. Sinaps nima, uning qaysi turlarini bilasiz? 18. Asab-mushak sinapsi orqali q o ‘z g ‘aluv jarayoni qanday o ‘tadi? 19. Parabioz nima? Uning qaysi stadiyalarini bilasiz? 20. Parabiozni birinchi marta kim o ‘rganib chiqqan? 21. Hujayra membranasi qanday tuzilgan? 22. Organizmlarda biologik potensiallami kim isbot qilib bergan? 23. Qaysi asab tiplarini bilasiz? 24. Neyron nima, qanday tuzilgan? 25. Glial hujayralar nima? 26. Ion kanallari haqida nimani bilasiz? 27. Natriy-kaliy nasos deb nimani tushunasiz? 28. Depolarizatsiya va repolarizatsiya nima? 29. Dekrementli va dekrementsiz o ‘tkazuvchanlik nima? 30. Giperbola yoki kuch-vaqt qonuni nima? 31. Reobaza, xronaksiya va foydali vaqt nima? 32. Fiziologik elektroton nima? 33. Anelektroton va katelektroton nima? 34. Katudik depressiya nima va uni kim o rganib chiqqan? 35. Qaysi sinaptik mediatorlarni bilasiz? www.ziyouz.com kutubxonasi Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a’zolar- effektorlar hisoblanadi. Odamda ikki tip mushaklar: ko‘ndalang larg‘il va silliq mushaklarning b o ‘lishi e ’tirof etiladi. Ko‘ndaIang-targ‘il mushaklar skeletning harakatlanishini, k o lzni harakatga keltirishini va boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta’m inlovchi funksional tizim lam i shakllantiradi. K o‘ndalang-targ‘il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi. Odam va umurtqali hayvonlam ing k o ‘ndalang-targ‘il mushaklari markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan marhumdirlar, ya?ni markaziy asab tizimi buyrug‘iga qarab ishlash qobiliyatiga ega erhas. Ular odamning o ‘z xohishi irodasiga b o ‘ysunganligi tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi. Odamning silliq mushaklari ichki a'zolarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qiladi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, ou narsa ularni k o‘p jihatdan o ‘z -o ‘zini boshqarishlarini ta’minlaydi. Silliq mushaklami (shuningdek yurak mushaklarini ham) ba’zan noixtiyoriy mushaklar dcb yuritiladi, bunda uning inson xohishi-irodasi bo yicha nazorat qilinmaganligi e ’tiborga olinadi. Odamda ham k o ‘ndalang-targ‘il va ham silliq mushaklar mavjud, lekin ulaming xossalari va markaziy asab tizim iga munosabati biroz boshqacha. Odam ko‘ndalang-targ‘il mushaklarini tuzilmasi va ularning innervatsiyasi.
mioflbrillalardan tashkil topgan, ular umumiy biriktiruvchi-to‘qimali qinda joylashgan va skelet bilan birikkan paylarga mahkamlangan. B a’zi mushaklarda mushak tolasini hammasi mushak o ‘qi uzunligi bo‘ylab parallel-tolasimon tipli tarzda joylashgan b o ‘ladi. Boshqa xillarda tolalar bir tomondan markaziy pay tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi (mahkamlanadi). K o‘ndalang kesimda bunday tuzilish qush patini eslatadi - patsimon tip (97-rasm). Skelet mushakining har bir tolasi bu ingichka (diametri 10 dan 100 mkm gacha) ancha uzun (2-3 sm gacha), k o ‘p yadroli yig‘ilma-simplast hujayralarning birikishidan hosil b o la d i. Mushak tolasining asosiy xususiyati - uning protoplazmasida (sarkoplazmasida) k o ‘p miqdordagi ingichka (diametri 1
miofibrillalarning
www.ziyouz.com kutubxonasi tashlanadigan k o ‘ndalang tasvirlilik (k o ‘ndalang-targ‘illik) ni ifodalaydi. Bita to ‘k va unga kelib q o ‘shiladigan Z chiziqlari bilan ajralib turadigan ikkita yaltiroq kompleksini sarkomer deyiladi. л в 97-rasm. Parallel-tolasimon (A) va patsimon (B) mushaklaming sitoarxitektonikasl A-tola tuguni y o ‘nalishi mushakning uzun o ‘qiga mos keladi: B-tolalar uzun mushakga o ‘tkir burchak bilan yo 'nalgan. Miofibrillar aniqrog‘i ularning sarkomerlari bu qisqartiruvchi apparat b o ‘lib, mushak tolasining motoridir. K o‘ndalang targ*il mushak tolalarining miofibrillalari uzunasiga to ‘g ‘ri navbatlanuvchi qism (disk)larga b o ‘lingan, bular optik xossalari bilan farq qiladi. Bu disklardan ba’zilari numi ikki m arta sindiradi, ya'ni anizotrop b o ‘Iadi, ular oddiy yorug‘likda qaramtir k o ‘rinadi. Diskning boshqa b o‘laklari odatdagi yorug‘da och k o ‘rinadi, y a ’ni numi ikki marta sindirmaydi, izotrop
bladi. K o ‘ndalang-targ‘il mushaklarini innervatsiyasi orqa miya yoki miya ustuni motoneyronlari evaziga yuz beradi. Bitta neyron o ‘z aksonining tarmoqlari orqali bir necha mushak tolalarini innervatsiyalaydi. Bir motoneyron va u innervatsiyalaydigan mushak tolalari kompleksini harakat
yoki motoneyron birligi deyiladi. Mushaklarda innervatsiya jarayoni “nozik” harakatlar uchun moslashgan, harakatlami amalga oshiruvchi mushaklar (barmoq, til, k o ‘zning tashqi mushaklari) asab tolalaridan muntazam ravishda axborot olib turadi. Mushak tolalarining yakka va k o ‘p sonli innervatsiya tiplari farqalanadi. K o‘pincha uncha-muncha yakka tarzdagi innervatsiyalanish tipi uchraydi. Odatda ular yirik metoneyronlaming aksoni orqali shakllanadi. Motor innervatsiyali mushak tolalari asab impulslariga javoban tola b o ‘ylab tarqaluvchi ta’sir potensialini yuzaga keltiradi. U lam i ko*pincha tez ta ’sirli tolalar
www.ziyouz.com kutubxonasi Bu xildagi mushak (funksiyasi b o ‘yicha tonik mushaklar) tolalari asab impulslariga faqat lokal (mahalliy) sinaptik orqa potcnsiallari (SOP) qutbsishlanish y o ‘li bilan javob qaytaradi. Ularning membranasida potcnsialga bogMiq boMgan Na+ kanallarining b o ‘lmaganligi tufayli ta'sir potensiallari tiklanmaydi. Shu bilan birgalikda bu tolalarda kirish qarshiligi juda katta, bu narsa q o ‘z g ‘atuvchi sinaptik orqa potensiallari (KSOP)ning kattaligini ham baland b o ‘Iishini, hamda qisqarish jarayonini yalpi ishlab ketishi uchun zarur b o ‘lgan qutbsizlanishning tola b o‘ylab elektrotonik tarqalishini ta’minlaydi. i i / i
■л- / н / / н / т жж.у:
Miozin тш- 35 Ж зғЖ . >Г <*Ж
98-rasm. Mushak tolasi (I) va miofibrillaning (II) tuzilishi. A -anizotrop disklar, I-izotrop disklar, H va Z- plastinkalar. Mushak qisqarishi paytida aktin va miozin iplarning siljish tasviri: I va II-mushak b o ‘shaganda, III-tnushak qisqarganda (Dj.Bendollu, 1970 bo*yicha) Qisqarish jarayoni bu yerda yakka innervatsiyalangan tolalardagiga nisbatan ancha sekin amalga oshadi, shuning uchun bu tolalarni sekin
ta’sirli tolalar deyiladi. Shunday qilib, mushaklarning asosiy fiziologik xossalari-ularning q o ‘z g ‘aluvchanligi, o ‘tkazuvchanligi va qisqaruvchanligidir. Bu xossalar mushaklaming kaltalanishida, yoki taranglanishida namoyon b o ‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Miografiya Mushak qisqarishini qayd qilish uchun miografiya, ya’ni mushakning bir uchiga birlashtirilgan richag yordamida yozib olish usuli qollaniladi (99, 100-rasmlar). Richagning b o ‘sh turgan uchi kimograf lentasida qisqarish egri chizig‘ini - miogrammani chizib turadi. Mushak qisqarishini #bu usulida qayd qilish murakkab asbob-uskuna talab qilmaydi, ammo kamchiligi ham bor, u ham b o ‘lsa shuki, richag inersiyali b o ‘lgani uchun kimograf lentasiga ishqalanganda yozuvni bir muncha buzib q o ‘yadi. Bu kamchilikning oldini olish uchun hozirgi vaqtda mexanik o ‘zgarishlami elektr tokning kuch tebranishlariga aylantiruvchi maxsus datchik qollanilm oqda. Elektr tokini kuch tebranishlari shleyf yoki katod ossillografi yordamida qayd qilinadi. 99-rasm. Baqaning asab-mushak preparati: 1-son suyagi, 2-quymich asabi, 3-boldir mushagi, 4-axill payi, 5-elektr qitiqlagich. Q o‘z g ‘alishni vujudga keltirish uchun, binobarin, mushakni qisqartirish uchun asabni ta’sirlash vositali ta’sirlash deb, to ‘g ‘ridan-to‘g'ri mushakni ta’sirlash esa bevosita ta’sirlash deb ataladi (99-rasm). 100-rasm. Mushakning qisqarishini yozib olish va unda hosil bo4adigan egri chiziq. www.ziyouz.com kutubxonasi Mushak qisqarishining ikki turi: izotonik va izometrik qisqarish tafovut qilinadi. Izotonik qisqarish mushakning shunday qisqarishiki, unda tolalari kalta tortadi-yu, tarangligi doimiy b o‘lib qolaveradi. Mushakning bcmalol yuk k o ‘tarishi izotonik qisqarishga misol b o ‘ladi, yuk bunda mushakning doimiy tarangligiga sabab b o ‘ladi. Izometrik qisqarishda mushak kaltalana olm aydi masalan, mushakning ikki uchi qimirlamay yopishib turganda shunday b o ‘ladi. Bu holda mushak tolalarining uzunligi o ‘zgarmaydi-yu, tarangligi oshadi. Izometrik qisqarishni qayd qilish uchun mushakga deyarli kalatalanish imkonini bermaydigan qattiq prujina biriktirilib, mushakni ishlashga majbur etiladi. Bu holda har xil kuchaytirgichlardan foydalanib, mushakning juda oz (bir necha mikron chamasi) kaltalanishni yozib oladi. Bu kaltalanish aslida mushakning taranglashini aks cttiradi. Odam statikani saqlab zo‘r berganda mushaklari shu xilda faoliyat k o ‘rsatadi. Mushakning yakka va tetanik qisqarishi Asab-mushak preparatining asabiga bir marta qisqa vaqt ta’sir etilsa, mushak yakka qisqaradi. Mushak asabdan bir impuls olib, unga bir marta javob beradi. Yakka qisqarish uch fazaga b o ‘linadi: qisqarishning latent
(yashirin) davri, qisqarish fazasi, bo‘shashish fazasi (101-rasm) Yaxlit bir butun organizmda normal sharoitda mushaklar yakka qisqarmaydi, chunki mushaklarga markaziy asab tizimidan hamisha bir talay impulslar kclib turadi. Mushakga k o‘pincha ketma-ket keluvchi bir qancha impulslar kirganda mushak bunga javoban uzoq qisqaradi. Impulslarning tez-tez kelib turishi tufayli mushakning shu tariqa uzoq qsiqarishi tetanik
yoki tetanus
deb ataladi (101-rasm) Summasiya * '! 4 .
... R ' - IL« r
101-rasm. Yakka qisqarish (A), summatsiya (B), tetanus (V); 1-birinchi marta ta 'sir etish payti, 2-ikkinchi marta ta'sir etish payti, 3-yashirin davri, 4-qisqarish fazasi, 5-ho'shashish fazasi, 6-qisqarish, 7- tishii tetanus, H-silliq tetanus. Tetanik qisqarishni yuzaga chiqarmoq uchun impulslar o ‘rtasidagi interval yakka qisqarish davriga qaraganda kaltaroq b o ‘lishi кегак, aks www.ziyouz.com kutubxonasi holda mushak ketma-ket yakka qisqaradi. Binobarin, tetanus kelib chiqishi uchun zarur shart shundan iboratki, avvalgi ta’sirot tufayli paydo bo Igan qisqarish hali tamom boMmasdan turib, navbatdagi ta’sirotni berish kcrak. Shu shartga rioya qilganda ham ikki xil tetanik qisqarish ro‘y beradi (101- rasm): tishli tetanus (7) va silliq tetanus (8). Tetanik qisqarish balandligi (amplitudasi) yakka qisqarishning balandligidan ancha yuqori b o ‘ladi, chunki ritmik ta’sirotda q o ‘z g ‘alishning har bir yangi to‘lqini mushaklaming q o ‘shimcha qisqarishini paydo qiladi. Bu qisqarish avvalgi qisqarishga q o‘shilib ketadi (summatsiya hodisasi). G.Gelmgols (1847) navbatdagi har bir impulsda mushak shu payt b o ‘shashib turganday kaltanaveradi deb farz qilib, bu jarayonga superpozitsiya, y a ’ni qisqarishlaming taxlanishi deb nom berdi. Y e.B.Babskiyning fikricha, tetanik qisqarishda ATF kislotaning ajralib chiqishi asos b o ‘ladi. Q o‘z g ‘alishning navbatdagi to ‘lqini boshlaguncha ATF to‘la parchalanib ulgurmaydi, shuning uchun ATF mushakning q o ‘z g ‘aluvchanligiga va qisqaruvchanligiga katta ta’sir k o ‘rsatadi. Natijada mushakka kelayotgan navbatdagi har bir impuls avvalgilarga nisbatan kattaroq samara beradi. Funksional motor birliklar Organizmning tabiiy faoliyat sharoitida tetanik qisqarishga asos b o ‘ladigan hodisalaming umumiy tasviri bilan mukammalroq tanishmoq uchun skelet mushaklarining harakat asabi bilan innervatsiyalanishidagi ba’zi xususiyatlarga to ‘xtab o ‘taylik. Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi hujayra o ‘sig*i b o ‘lmish har bir motor asab tolasi mushakning bir tolasi emas, balki mushaik tolaiarining bir guruhi innervatsiya qiladi. Bu guruh motor birlik deb ataladi (102-rasm). Odamning turli mushaklarida motor birlik tarkibiga kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boradi. Aniqroq harakatlami bajaruvchi ildam mushaklaming motor birliklarida tolalar hammadan kam. Masalan, k o ‘z mushaklarida va q o ‘l barmoqlarining mushaklarida motur birliklar tarkibidagi mushak tolalari 10-25 ta, ulardan har biri bir necha asab tolasidan innervatsiya oladi. Bunga qarama-qarshi o ‘laroq, gavda holatini to ‘g*rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust mushaklaming motor birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklaming motor birliklarida 1500 ga yaqin tola bor. www.ziyouz.com kutubxonasi 102-rasm. Motor birligining tuzilishi. I-orqa miya, 2-tnushak toialari, 3- harakat birligi, 4-motoneyron. Mushakning qisqarish mexanizmi Bir qancha kim yoviy o ‘zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos b o‘ladi (103-rasm). Shu reaksiyalarda b o ‘shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish uchun foydalanadi. Binobarin, mushak energiyasining manbai kim yoviy o ‘zgarishlardir. Bu kimyoviy o ‘zgarishlarning xususiyati shuki, murakkab moddaning oddiyroq, tarkibiy qismga b o ‘linish jarayonni Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling