Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70

Gipotalamus 

-   oraliq  miyaning  eng  qadimiy  filogenetik  b o ‘limi 

hisoblanib,  ichki  muhit  doimiyligini  saqlab  turadi,  vegetativ  va  somatik 

tizimlar  funksiyasini  integratsiya  qilib  turadi.  Hajmi  uncha  katta  b o ‘lmagan, 

ammo  muhim  fiziologik  ahamiyatga  ega  blgan  gipotalamus  miyaning 

uchinchi  qorinchasi  tubida  talamusdan  pastroq  joylashgan.  Gipotalamusning 

tarkibiga  organizm  uchun  eng  kerakli  tuzilmalar:  voronka,  kullarang  tepa, 

so‘rg ‘ichsimon 

va  mamillyar  tanalar  kiradi.  Gipotalamusning  yuqori 

chegarasi  oxirgi  plastinka  va  k o ‘ruv  asabining  kcsishmasini  tashkil  qiladi. 

Yon 

sohasidan 



gipotalamus 

k o ‘ruv 

y o ‘li 

va 


ichki 

kapsula 


bilan 

chcgaralangan,  orqa  sohasidan  esa  o ‘rta  miya  bilan  chegaradoshdir.

Gipotalamusda  topografiyalari  turli  b o ‘lgan 

besh  guruh  yadrolar 

mavjud  (133-rasm):

1.  Preoptik  guruhi  -   oxirgi  miya  yaqinida  joylashgan  paraventrikular, 

medial  va  lateral  prcoptik  yadrolardan  tashkil  topgan.

2. 


Oldingi 

sohasidagi 

guruhga 

supraxiazmatik, 

supraoptik 

va 


paraventrikular 

yadrolar  kiradi.  Bu  yadrolarning  neyronlari  gipofizning 

;.xirgi  bolagi-ncyrogipofizga  boradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



3.  0 ’rta  guruhdagi  yadrolariga  ventromedial  va  dorsomedial  yadrolar 

kiradi.


4.  Tashqi  guruh  yadrolariga  gipotalamusning  lateral  yadrosi  va  kulrang 

tepaning  yadrosi  kiradi.

5.  Orqa  sohasidagi  guruhga  orqa  gipotalamik  yadro,  perifornikal  yadro 

va  mamillyar  yadrolar  kiradi.

Gipotalamus  k o ‘pchilik  yadrolarining  chegaralari  aniq  emas,  shu 

sababli  uni  mintaqalar  va  tumanlarga  b o ‘lish  maqsadga  muvofiqdir. 

Masalan,  gipotalamus  preoptik  va  oldingi  sohasidagi  yadrolaming  ba’zilarini 

birlashtirib 



gipofizotrop 

b o ‘limi  desak  b o ‘ladi,  chunki  ular  rilizing- 

gormonlar 

(liberinlar) 

va 

ingibitor 



omil 

(statinlar) 

ishlab 

chiqarib 



gipofizning  oldingi  b o ‘limi  adenogipofiz  faoliyatini  boshqaradi.

0 ’rta 


sohasida 

joylashgan 

gipotalamusning 

yadrolari 



medial 

gipotalamusni 

tashkil  etadi.  Bu  b o ‘lim  neyronlarida  maxsus  retseptorlar 

mavjud,  ular  organizm  ichki  muhitining  o ‘zgarishlariga, 

qon  harorati, 

plazmaning  suv-elektrolit  tarkibi,  qonda  gormonlaming  miqdodoriga  javob 

qaytaradi.  Shunday  qilib,  medial  gipotalamus  asab  va  gumoral  mexanizmlari 

orqali  gipofiz  faoliyatini  boshqaradi.

Lateral  gipotalamus 

esa  o ‘tkazuvchan  elementlar  joylashgan  yadrosiz 

mintaqani  tashkil  etadi.  Oldingi  miyaning  tutamini  tashkil  qilib,  miya 

ustunining  yuqori  va  pastki  b o ‘limlariga  y o ‘llar  ochib  beradi.  Latcral 

gipotalamusda  asab  hujaralari  aralash  (difuz  shaklida)  joylashgan.

Umumiy  qilib  aytganda,  gipotalamus  juda  ham  murakkab  integrativ 

tuzilma  b o ‘lib,  miyaning  turli  qismlari  bilan  boy  afferent  va  efferent  tolalar 

orqali  morfo-fiziologik  aloqadadir.

Gipotalamus  modda  almashinuvi  (oqsillar,  yog‘lar,  karbonsuvlar,  tuzlar 

va  suv  almashinuvi)  da  ishtirok  etadi,  issiqlik  hosil  b o ‘lishi  va  issiqlik 

chiqarish  hamda  uyqu  va  bedorlik  jarayonlarini  boshqaradi.  Gipotalamus 

neyronlarida  ba’zi  bir  gormonlar  hosil  b o ‘ladi,  qaysiki  ncyrogipofizda 

bo‘ladi. 

Gipotalamusning 

oldingi 

guruh 


yadrolari 

parasimpatik 

asab 

tizimining  oliy  markazlari  va  gipotalamusning  orqa  guruh  yadrolari  esa 



simpatik  asab  tizimining  oliy  markazlari  hisoblandi.  Shunday  qilib  lateral 

gipotalamus  organizmda  k o ‘p  vegetativ  jarayonlarni  boshqaradi.



Gipotalamusning  orqa  sohasidagi  yadrolari 

ta’sirlanganda  qorachiqlar 

va  k o ‘z  yorig‘i  kengayadi,  yurak  urushi  tezlashadi,  tomirlar  torayadi  va 

arterial 

bosim 

k o ‘tariladi, 



m e’da 

va 


ichaklaming 

motor 


funksiyasi 

tormozlanadi, 

qonda 

adrenalin 



va 

noradrenalin 

k o ‘payadi, 

glukoza 


konsentratsiyasi  esa  oshadi.  Bu  hodisalar  simpatik  asab  qirqib  q o ‘yilgach 

yo*qoladi.  Gipotalamusning  orqadagi  yadrolarida  simpatik  asab  tizimining 

oliy  markazlari  borligi  shundan  anglashiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gipotalamusning 

oldingi 

sohasidagi 

yadrolari 

tasirlanganda 

qorachiqlar  va  k o ‘z  yoriqlari  torayadi,  yurak  urishi  siyraklanadi,  arteriyalar 

tonusi  va  arterial  bosim  pasayadi,  m e’da  bezlarining  sekretsiyasi,  me’da  va 

ichaklarning  motor  faoliyati  kuchayadi,  insulin  k o ‘proq  ishlanib  chiqadi, 

shuning  natijasida  qondagi  glukoza  kamayadi,  siydik  ajraladi  va  defekatsiya 

ro ‘y  beradi.  Yuqorida  aytilgan  hodisalaming  hammasi  gipotalamusning 

oldingi  yadrolarida  parasimpatik  asab  tizimining  oliy  markazlari  borligiga 

aloqadordir.

Gipotalamusning 

o‘rta 

yadrolari 

(medial 

gipotalamus)

ta’sirlanganda  yoki  yemirilganda  modda  almashinuvi  turlicha  o ‘zgaradi. 

Kulrang  d o ‘mboq  shikastlanganda  butun  tanani  yog‘  bosishi  va  jinsiy 

infantilizmi  (jinsiy  tizimining  rivojlantirishdan  to ‘xatishi,  ushlanib  qolishi) 

kclib  chiqishi  mumkin.  Hayvonlarning  kulrang  d o ‘mbog‘i  surunkasiga 

tasirlanganda 

qonda 

lipidlar 



k o ‘paygan 

va 


aoratada 

aterosklerotik 

oVgarishlar 

ro ‘y 


bergan. 

M aymunlarda 

gipotalamusning 

ba’zi 


(paravcntrikular,  dorsomedail)  yadrolari  bir  necha  oy  ta’sirlanganda  me’da 

va  o ‘n  ikki  barmoq  ichagi  yarasi  paydo  b o ‘ladi.  Bu  tajribalar 



trofik 

(oziqlanish) 

funksiyalaming 

boshqarilishida 

gipotalamus 

yadrolarining 

qatnashuvini  k o ‘rsatadi.

Gipotalamusning 

oldingi 


o ‘rta 

va 


orqa 

sohalardagi 

yadrolari 

termoregulatsiyada 

birgalikda  qatnashadi.  Gipotalamusi  yemirilgan  hayvon 

tana  haroratini  doimo  bir  darajada  saqlab  olmaydigan  (poykiloterm)  b o ‘lib 

qoladi.  Kulrang  dumboqqa  mexanik  kuch  yoki  elektr  toki  bilan  ta’sir 

ctilganda  tana  harorati  ko‘tarilib  ancha  vaqt  tushmaydi.

Gipotalamusning 

ko‘p 

(supraoptik, 



paraventrikular, 

medial 


va 

mamillyar)  yadrolari  umurtqali  hayvonlarda  oliy  asab  faoliyati  jarayonlarida, 

uyqu  va  bedorlik  siklida  hamda  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  xotiraning 

shakllanishida  juda  katta  rol 

o ‘ynaydi. 

Uni  olib  tashlaganda 

yoki 

gippokampdan  ajralib  tashlaganda  yuqorida  zikr  ctilgan  jarayonlar  keskin 



buzilib  ketadi.  Qishki  uyquga  ketuvchi  hayvonlaming  gipotalamus  orqa 

guruh  yadrolarining  yemirilishi  natijasida  qishki  uyquga  ketuvchi  hayvonlar 

(tipratikon,  yurmonqozik)  da  qishki  uyqu  buziladi  va  ular  uyqudan  bedor 

bolm aydi.  Ayni  holda,  agar  bu  hayvonlarda  gipotalamusning  oldingi  guruh 

yadrolari  oldindan  shikastlangan  b o ‘lsa,  ular  qishki  o ‘yquga  ketmaydi 

(Nuritdinov,  2003).

Shunday  qilib,  gipotalamus  funksiyalari  vcgctativ  asab  tizimi,  somatik 

asab  tizimi, 

endokrin  bezlar,  qon  aylanish  va  nafas  olish 

hamda 


tcrmoregulyasiya  va  oliy  asab  faoliyati  bilan  bog‘liq  b o ‘lishida  hyech 

shubha  qolmaydi.  Gipotalamusning  shikastlanishi  ovqatdan  voz  kechishdan 

lashqari,  kam  harakatlik,  ta’bxiralik,  stresslarga  chidamlilikning  pasayishiga

www.ziyouz.com kutubxonasi



olib  keladi.  Bunday  shikastlanishda  m a’lum  bir  boshqaruv  tizimining  emas, 

balki  bir  nechta  tizimlarning  faoliyati  buziladi.

Gipotalamus  miyaning  boshqa  qismlari  bilan  uyg‘unlikda 

jinsiy  axloq 

va 


ko‘payishga 

aloqador  boshqa  hatti-harakatlaming  shakllanishida  ishtirok 

etadi. 

Hayvonlar 



hamjihatligida 

k o ‘p 


kuzatiladigan 

agressiya 

va 


tajovuzkorlik 

ham  gipotalamusning  oldingi  sohalariga  bog‘liq.

Orqa  va  lateral  gipotalamusda  neyronlar  q o ‘zg‘alganida 

ochlik 

holati 


uchun  xos  xatti-harakatlarni  ruyobga  chiqaradigan  soha  topilgan. 

ta’sirlanganda  hayvon  ovqat  qidira  boshlaydi,  so ‘lagi  oqib,  hazm  tizimi 



a’zolari  harakati  kuchayadi.  Lateral  gipotalamusdagi  bu  soha 

«ochlik 

markazi» 

deyiladi.

Maymunlarda,  itlarda  va  boshqa  hayvonlarda  o ‘tkazilgan  tajribalar  va 

klinikada  gipotalamus  sohasida  o ‘sma  paydo  b o ‘lgan  bemorlarda  olingan 

maMumotlar  gipotalamusning 

supraxiazmatik  yadrolari 



davriy  (siklik) 

ritmlarni,  xususan  kechayu  kunduzgi  uyquni  boshqarishini  k o ‘rsatadi 

(Karmanova,  Nuritdinov,  1990)

133-rasm.  Gipotalamus  yadro  guruhlarining joylanishi.

1 -paraventrikulyar  y a d ro ;  2-oldingi  birlashma;  3-gumbaz;  4-qadoq  tana;  5-talamus;  6- 

epifiz;  7-suv  y o ‘li  (vodoprovod);  8 - o ‘rta  miya;  9-orqadagi  yadro;  10-so'rg'ichsimon 

tanacha;  11 -dorsomedial  yadro;  12-lateral  yadro;  ventromedial  yadro;  14-neyrogipofiz;

15-adenogipofiz:  16-ko‘ruv  asabining  kesishmasi;  17-supraoptik  yadro.

Pallidum  (oqimtir yadro)

Palladum 

oraliq  miyaga  taqalib  turadi  va  katta  yarim  sharlardagi 

yasmiqsimon 

yadro  tarkibiga  kiradi,  ichki  kapsulasi  bilan  talamusdan 

ajralib  turadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Pallidum 

organizmning  harakat 

reaksiyalariga 

ishtirok 

etadi. 



ta’sirlanganda  qarama-qarshi  tomondagi  bo‘yin,  q o ‘l-oyoq  va  butun  tana 



mushaklari  qisqaradi.  Bu  yadro  talamusdan  keladigan  va  talamo-pallidar 

rcflcktor  yoyini  tutashtiradigan  tolalar  orqali  afferent  impulslar  olib  turadi 

(134  va  135-rasmlar).

Pallidum  o ‘rta  miya  va  keyingi  miya  markazlariga  effektor  asab  tolalari 

orqali 

bo g ‘langani 



uchun 

shu 


markazlaming 

ishini 


boshqaradi 

va 


uyg*unlashtiradi.  0 'r ta   miyaning  qizil  yadrosini  tormozlash  pallidumning 

funksiyalaridan 

biridir. 

Shu 


sababli 

pallidum 

shikastlanganla 

skelet 


mushaklarining  tonusi  oshib  ketadi  (gipertonus),  chunki  o ‘rta  miyaning  qizil 

yadrosi  pallidumning  tormozlovchi  ta’siridan  qutiladi.

Pallidum  shikastlanganda  bemorlarda  murakkab  reflektor  jarayonlaridan 

k o ‘pchiligi  yuzaga  chiqmaydi.  Masalan,  ularda  tsatdan  kuchli  tovush  yoki 

jo :u g ‘lik  ta’siriga  javoban  himoyalanish 

reaksiyalari 

ro ‘y 

bermaydi. 



f:;iilidum  zararlanganda  harakatlar  beo‘xshov,  bir  xil  b o ‘lib  qoladi.  Harakat 

: nksiyalariga  yordamchi  harakatlar  qo‘shilmaydi 



(gipokinez). 

Shu  sababli

l  t |Tidar  bemorlar  turqi  o*zgarmay,  yuzi  qimirlamay  turadi 

(«niqobsimon 

-  bu  bemorlarni  birinchi  qarashdayoq  shu  simptomidan  tanib  olinadi.



134-rasm.  Asosiy  (bazal)  yadrolarining  afferent  va  efferent funksional 

bog4anishi

:  1-dumli  yadro;  2-striatum;  3-qoram tir  modda;  4-talamus;  5-nimrang  sh ar; 

6-suhtalamik  yadro;  7-sensomotor po'stloq;  8-harakat  po'stloq;  9-miya  ustuniga  boruvchi 

y o ‘Uar,  k o lk  strelka,-afferent  y o ‘llar,  qizil  strelka  efferent  yo  llar;  qora  strelka-  yadrolar

aro  bolanishlar.

Striatum  (targ‘il  tana)

Oxirgi 


miyaning 

p o ‘stloq 

ostidagi 

markazlaridan 

striatumning 

:  iksional  ahamiyati  juda  katta.  Striatum  ikki  qismga  b o ‘linadi: 



dumli 

v'*!ro 


va 

putamen 

(qobiq). 

Striatumga 

talamusdan, 

qisman 


miya

www.ziyouz.com kutubxonasi



po‘stlog‘idan  afferent  impulslar  keladi,  efferent  impulslar  esa  striatumdan 

asosan  pallidumga  boradi.  Striatumga  mustaqil  harakat  funksiyalarini 

o ‘tamaydigan,  ammo  filogenetik  jihatdan  qadimgiroq  harakat  yadrosi- 

pallidum  funksiyalarini  nazorat  qiladigan  effektor  yadro  deb  qarashadi  (134 

va  135-rasmlar).  Striatum  shartsiz  va  shartli  reflektor  faoliyatini  boshqaradi 

va  ularni  qisman  tormozlaydi,  ya’ni  pallidum  qizil  yadroga  qanday  ta’sir 

etsa,  striatum  pallidumga  o ‘shanday  ta’sir  etadi  (sinergik  ta’sirlash).

Hozirgi  kunda  striatumni  harakat  apparatining  p o ‘stloq  ostidagi  oliy 

boshqaruvchi-uyg‘unlovchi  markazi  deb  hisoblashadi.  Odamning  striatumi 

shikastlanganda 



atetoz 

(qo‘l-oyoqlarning  stereotip  ritmik  harakatlari)  va 



xoreya 

(hyech  qanday  tartib  va  izchillik  bilan  davom  etmaydigan  kuchli  va 

noto‘g ‘ri  harakatlar  deyarli  hamma  mushaklami  o ‘z  ichiga  oladi,-«avliyo 

Vitt  raqsi» 

kuzatiladi.  Atetoz  ham  xoreya  ham  striatumning  pallidumga 

tormozlovchi  ta’sir  ko‘rsatmay  q o ‘yishi  natijasidir,  deb  hisoblanadi.

Striatum  zararlanganda  himoyalanish,  m o‘ljal  tahlili  va  shu  kabi 

shartsiz  va  shartli  reflekslar  ham  xiyla  kuchayadi.  Har  bir  asosiy  harakatga 

yo‘ldosh 

b o ‘ladigan 

yordamchi 

harakatlar 

ham 


ancha 

kuchayadi 



(giperkinez) 

Ayni  vaqtda  mushaklar  tonusi  o ‘zgaradi,  odatda  esa  pasayadi 



(gipotonus). 

Buning 


sababi 

shuki, 


striatum 

zararlanganda 

pallidum 

tormozlanish  jarayonidan  qutiladi.

Striatum 

zararlanganda 

kuzatiladigan 

hodisalar 

(giperkinez 

va 


gipotonus)ga  pallidum  zararlanganda  kuzatiladigan  hodisalar  (gipokenez  va 

gipertonus)  qarama-qarshidir.



135-rasm.  Bazal  yadrolarning  o lzaro  bog4anishlari  va  asosiy  afferent  va

efferent  yo ‘llari.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bosh  miya  yarim  sharlari 

p o ‘stlog*i 

markaziy  asab 

tizimining 

filogenetik  eng 

yosh 


qismi 

hisoblanadi. 

Bosh 

miya 


katta 

yarim 


sharlarining  kul  rang  moddasi  bosh  miyaning  yuza  qismida  joylashgan 

bo‘lib,  u 



miya  po‘stlog‘i 

deb  nomlanadi.  M iya  p o ‘stlog‘i  asab  hujayralari 

tanasining  to ‘plamidan  tuzilgan.  Miya  p o ‘stlog‘ining  yuzasi  2200  sm2, 

qalinligi  1,3-4,5  mm,  umumiy  hajmi  600  s m \  Undagi  neyronlar  soni 

taxminan  109-l °  (Shade,  Ford,  1989)  P o ‘stlog‘dagi  glial  hujayralar  soni 

ncyronlar  sonidan  5-6  marta  k o ‘p.

P o‘stloqda  qadimiy 

(paleokorteks), 

eski 


(arxikorteks) 

va  yangi 



(neokorteks) 

qismlar  (po‘stloqlar)  mavjud.  Paleokorteksga  hidlov  miya, 

arxikorteksga  gunbaz  (limbik) 

tizimi 


va  uning  eng 

rivojlanayotgan 

m /ilm asi-gippokam p  kiradi,  qolgan  sohalar  yangi  po‘stloq  (neokorteks)ni 

lashkil  qiladi.

Bosh  miya  katta  yarim  sharlar  po‘stlo g ‘i  bosh  miyaning  boshqa 

bo  limlariga  qaraganda  evolutsion  nuqtayi  nazardan  keehreq^  rivojlangan 

bo‘lsa  ham,  tuzilishi  va  funksiyalari  jihatidan  juda  murakkab  b o ‘limidir.

Filogenezda  bosh  miya  po‘stlog‘i  ilk  bor  sudralib  yuruvchi  hayvonlar 

(reptiliylar)da 

paydo 


bo‘lib, 

keyinchalik 

sut 

emizuvchilarda 



yaxshi 

rivojlangan. 

Bosh 

miya  po‘stlog‘i 



paydo  b o ‘lishi  bilan 

funksiyalar 

kortikalizatsiyasi 

voqe  b o ‘ladi,  ya’ni  organizm  funksiyalarini  boshqarish 

asab  tizimining  q o ‘yi  bo‘limlaridan  bosh  miya 

p o ‘stlog‘iga  o ‘tadi.  Bosh 

miya  po‘stlog‘i  organizmdagi  hamma  jarayonlarni,  shuningdek  odamning 

butun  faoliyatini  nazorat  qila  boshlaydi  (136-rasm).



136-rasm.  Odam  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  po^stlogHning  tashqi  va

ichki  ko‘rinishi.

Buning  sababi  odamning  katta  yarim  sharlar  po ‘stlog‘i  shikastlanganda 

ayniqsa  katta  o ‘zgarishlar  го‘у  beradi.  Odamning  tanasini  tikka  tutishi  va 

mehnat  faoliyati  bilan  bog‘langan  murakkab  harakatlarni  yuzaga  chiqarishi 

uchun  asab  jarayonlarining  neokorteksa  bog‘liq  b o ‘lgan  g ‘oyat  mukammal 

o ‘yg‘unlanishi  talab  qilinadi.  Taraqqiyot  jarayonida  neokorteks  harakat 

apparatini-ko‘ndalang  targ‘il  mushaklami,  shuningdek  vegetativ  jarayonlam i 

nazorat  qiladigan  b o ‘lib  qoladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


Po‘stloqning  molekular  tuzilish  xususiyati  shuki,  asab  hujayrahiri 

ustma-ust  bir  necha  qavat  b o ‘lib  yotadi.

Miya  p o ‘stlog‘idagi  hujayralar  joylashishi  va  shakliga  qarab  6  qavat. 

ba’zi  qismlarda  undan  ham  k o ‘p  (ensada  9  qavat)  b o ‘ladi.

Miya  po*stlog‘i  mikroskopda  tekshirilganda,  undagi  asab  hujayralari 

quyidagi  tartibda  joylashganligi  aniqlangan  (137-rasm).

Molekular  qavat  degan  1 

qawatda 

asab  hujayralari  kam  b o ‘lib,  u 

asosan  asab  tolalaming  chigalidan  tashkil  topgan  (137-rasm).

II  qavat 

-  mikroskopik  preparatlarda  yumaloq,  uchburchag  va  ko‘p 

burchak  donalar  shaklidagi  mayda  (diametri  4-8  mk)  hujayralar  qalin 

joylashganidan  tashqi  donador  qavat  deb  ataladi.



III  qavat 

-  dastlabki  ikki  qavatga  nisbatan  qalinroq  bo ‘lib,  unda  katta- 

kichik  piramidasimon  neyronlar  mavjud.

IV  qavat 

-  ichki  donador  qavat  deb  ataladi.  Ikkinchi  qavat  kabi,  bu 

qavvat  ham  mayda  hujayralardan  tuzilgan.  Voyaga  yetgan  organizm  katta 

yarim  sharlar  p o ‘stlog‘ining  ba’zi  qismlarida  bu  qavat  b o ‘lmasligi  mumkin, 

masalan,  yarim  sharlar  po‘stlog4ining  motor  (harakat)  zonasida  bu  qavat 

y o ‘q.


V  qavat 

Besning 



katta  piramidal  hujayralaiidan  iborat. 

Bu 


hujayralarning  yuqori  qismidan  y o ‘g ‘on  o ‘siq-dendrit  chiqib,  po ‘stloqning 

yuza  qavatlarida  ko‘p  marta  shoxlaydi.  Ikkinchi  uzun  o ‘siq-akson  katta 

piramidal  hujayralardan  oq  modda  ichiga  kirib,  p o ‘stloq  ostidagi  yadrolarga 

yoki  orqa  miyaga  yo‘l  oladi.



VI  qavat 

-  multiform  qavat  b o ‘lib,  uchburchak  va  dugsimon 

hujayralardan  iborat.

'it  Ш


ш

т

а



  ;

;тш

*t

 

.» 

A t {  r

 ^L.

И  

'

1



'

 

‘  ’

137-rasm.  Bosh  miya  p o lstlog*ining  hujayraviy  tuzilishi: 

I-  eng  ustki  qavat. 

asab  hujayralarining  kalta  o ‘siqlariclun  lashkil  topgan;  ll-donador  hujayralar;  III- 

piramidasimon  hujayrular.  IV-yulduzsimon  hujayralar;  V-piramidasimon  yirik  hujayrular;

Vl-duksimon  hujuyralar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Miya 

po4stlog4ining 

turli 

qismlarida 



joylashgan 

neyronlarning 

funksiyasiga  k o 4ra,  p o ‘stloq  sathi  uchta  mintaqaga  bo ‘linadi: 

sensor  (sezish), 

motor(harakat) 

va 


assotsiativ 

mintaqalar.

Afferent  y o ‘llarning  uchinchi  neyronlaridan  chiqadigan  aksonlar  qaysi 

neyronlarda  tugasa,  o ‘sha  neyronlar 



birinchi  guruhga 

kiradi.  Bu  ncyronlar 

k o 4ruv  d o ‘mboqlarining  yadrolaridan  katta  yarim  sharlar  p o 4stlog4iga 

keluvchi  afferent  impulslarni  qabul  qilgani  uchun 



sensor  neyronlar 

deb 


ataladi.  Sczish  (sensor)  mintaqalarda  joylashgan  neyronlar  to 4plami  odam 

tanasining  barcha  sezish  a ’zolarining  oliy  markazi  hisoblanadi.  Bu  markazlar 

teri, 

k o ‘rish, 



eshitish, 

hid 


va 

ta’m  bilish 

kabi 

sezgi 


a ’zolarining 

retseptorlaridan  impulslar  qabul  qiladi.  Asosan  yulduzsimon  neyronlar 

shunday  funksiyani  o ‘taydi,  bunday  neyronlar  p o ‘stloq  sensor  sohalarining

III  va  IV  qavatlarida  ayniqsa  k o ‘p.

Affercnt  neyronlarning  uchinchi  neyronlari  talamus  yadrolari  va  unga 

taqilTb  turgan  tuzilmalar  (hidtov  retseptorlaridan  ketuvchi  impulslar  bundan 

mustasno)  orqali  p o ‘stloqga  o ‘tib  ketadi.  Yarim  sharlar  p o 4stlog‘ining 

asosan  afferent  impulslar  keladigan  qismlarini  I.P.Pavlov 



Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling