Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.

bet55/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70

dofaroinergik, 

serotoninergik 

va 


noradrenalinergik 

tuzilmalarining  ahamiyati  juda  katta. 

Bu  kimyoviy  tuzilmalar  miya  ustunidan  boshlab,  markaziy  asab  tizimining 

deyarli  hamma  bolim lariga  tarqalgan.  Masalan,  noradrenergik  neyronlaming 

ta’sir  maydoni  uzunchoq  miya,  ko‘prik,  kulrang  modda  va  striatum 

hisoblanadi.  Bunday  neyronlar  to ‘rsimon  formatsiya  va  septumda  ham 

uchraydi.  Bunday  neyronlar  va  ulaming  aksonlari  keyingi  miyaning  turli 

tuzilmalarini:  bodomsimon  tana,  gippokamp,  belbog4  o ‘zagi  va  neokorteks 

funksiyalarining  amalga  oshirishida  qatnashadi.

Dofaminergik  neyronlar  tanalari  o^rta  miyaning  ventral  b o ‘limlarida 

joylashgan.  Qoramtir  moddaning  neyronlar  p o ‘stloq  osti  yadrolari  -   qobiq, 

dumli  yadro,  oqimtir  yadro,  segmentum  va  ularga  yondosh  yadrolar  faoliyati 

boshqarilishida  ishtirok  etadi.

Serotoninergik  neyronlaming  tanalari  uzunchoq  miyaning  o ‘rta  choki 

sohasida  joylashgan.  Ulaming  aksonlari  ham  medial  tutam  tarkibida  b o ‘lib, 

oldingi  va  oraliq  miya  faoliyatida  qatnashadi.

Popes  nazariyasiga  k o ‘ra,  talamusda  sensor  у о ‘11аг  b o ‘linib,  bittasi  bosh 

miya  p o ‘stlog‘ining  proyeksion  mintaqalariga  borib,  axborot  qabul  qilish 

jarayonida  ishtirok  etadi.  Ikkinchisi  esa  limbika  tizimiga  boradi.  Bu  tizimda 

axborotni  to‘g ‘ri  qabul  qilinishi,  uning  biologik  ahamiyati,  miyadagi  dastur 

(dcdektorlar)  bilan  solishtirib  ko ‘rishi,  hissiyotning  subyektiv  jarayonlar 

asosida  shakllanishi  va  xulq-atvor  paydo  b o ‘lishi  kabi  reaksiyalar  amalga 

oshiriladi.  Organizm  haqidagi  bu  axborotlar  yoki  miya  ustuni,  to ‘rsimon 

formatsiya  va  neokoreksdan  yoki  bodomsimon  yadrolardan  p o ‘stloqning 

peshona,  chakka  va  tepa  b o ‘limlari  bilan  birikkan  belbog‘  pushtasi  orqali 

v> 


iadi.  Yuqorida  k o ‘rsatilgan  tuzilmalar  odamning  emotsional  reaksiyalari 

bilan  bog‘liq  b o lish i  mumkin,  ammo  bu  yakuniy  xulosa  emas.

www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday  qilib,  limbika  tizimi  cndokrin  funksiyalami  boshqaradi, 

vegetativ  a’zolaming  funksional  holatlarida,  oliy  asab  faoliyati  va  xotirani 

shakllanishida 

emostiya, 

hissiyot 

va 


jinsiy 

jarayonlam ing 

amalga 

oshirilishida  ishtirok  etadi.



Gippokamp  neyronal  zanjirining  konvergensiya  jarayonida  ishtirok 

etilishi  limbikani  xotira  mexanizmlarida  aloqador  ekanligidan  guvohlik 

beradi.  Shu  bilan  birga  limbika  tizimi  visseral  va  somatik  funksiyalarining 

amalga  oshirilishida  faol  qatnashadi  degan  hamma  asos  bor.

1.  Odam  orqa  miyasi  qanday  tuzilgan?

2.  Orqa  miyaning  qaysi  vazifalarini  bilasiz?

3.  Orqa  miya  ildizlarining  funksiyalari  nimadan  iborat?

4.  Orqa  miyada  q o 4zg ‘alish  qanday  o ‘tadi?

5.  Orqa  miya  reflektor  va  o ‘tkazuvchanligi  haqida  nimalami  bilasiz?

6.  Mushaklarning  reflektor  tonusi  qanday  amalga  oshiriladi?

7.  Orqa  miyaning  qaysi  reflekslarini  bilasiz?

8.  Spinal  hayvon  va  spinal  reflekslar  nima?

9.  Orqa  miya  o ‘tkazuvchi  yo‘llarining  funksiyalarini  belgilab  bering.

10.  O g‘riq  va  taktil  retseptorlar  haqida  nimani  bilasiz?

11.  Piramidal  y o ‘llar  haqida  nimani  bilasiz?

12.  Ekstrapiramidal  y o ‘llar  haqida  nimani  bilasiz?

13.  Oxirgi  yoki  keyingi  miya  nima?

14.  Uzunchoq  miyaning  tuzilishi  va  funksiyalarini  belgilab  bering.

15  U/unchoq  miyaning  reflekslarini  belgilab  bering.

16.  12 juft  bosh  miya  asablarini  belgilab  bering.

17.  0 ’rta  miyaning  tuzilishi  haqida  nimani  bilasiz?

18.  T o ‘rt  tepalik  qayerda joylashgan  va  qaysi  funksiyalarni  bajaradi?

19.  0 ’rta  miyaning  o ‘tkazuvchi  y o ‘llarini  belgilab  bcring.

20.  Qoramtir  modda  funksiyalari  haqida  nimani  bilasiz?

21.  Deserebratsion  rigidlik  nima?

22.  Miya  ustunining  tonik  va  statik  reflekslari  haqida  m a’lumot  bering.

23.  Vaziyat  va  poza-tonik  reflekslarini  qanday  aniqlash  mumkin?

24.  Miya  ustunining  to ‘rsimon  formatsiyasi  qanday  tuzilgan  va  uning 

funksiyalari  nimadan  iborat?

25.  Miyachaning  tuzilishi,  reflektor  va  o ‘tkazuvchan  funksiyalari  haqida 

m a’lumot  bering.

26.  Miyacha  shikastlanishi  natijasida  paydo  b o ‘ladigan  kasalliklarni 

belgilab  bering.

27.  Oraliq  miyaning  tuzilishi.



Nazorat uchun  savollar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



28.  Talamusning  tuzilishi  va  funksiyalari  haqida  xarakteristika  bering.

29.  Talamusning  spetsifik  va  nospetsifik  yadrolari  haqida  nimalami 

bilasiz?

30.  Gipotalamusning  tuzilishi  va  funksiyalari  haqida  nimalami  bilasiz?

31.  Gipotalamus  yadrolarining  tasnifini  bering.

32.  Pallidum  (oqimtir  yadro)  qayerda  joylashgan  va  vazifalari  nimadan 

iborat?

33.  Striatum  (targ ‘il  tana)  qayerda  joylashgan  va  vazifalari  nimadan 



iborat?

34.  Bosh  miya  yarim  sharlar  p o ‘stlog‘i,  tuzilishi  va  funksiyalari.

35.  Katta 

yarim 


sharlar 

p o ‘stlog‘ining 

hujayra 

tuzilishi 

(sitoarxitektonikasi)  haqida  m a’lumot  bering.

36.  Kortikalizatsiya  nima?

37.  P o‘stloqning  qaysi  ncyronlarini  va  mintaqalarini  bilasiz?

38.  Po‘stloqning  maydonlari  haqida  nimalarni  bilasiz?

39.  Jismoniy  mashqlar  va  jismoniy  mehnatning  bajarishida  p o ‘stloqning 

somato-sensor  tizimi  qanday  rol  o ‘ynaydi?

40.  Proycksion,  assotsiativ  va  komissural  asab  tolalarining  vazifalari 

nimalardan  iborat?

41.  Elcktroensefalogramma  (EEG)  nima?

42.  EEG  ning  qaysi  ritmlarini  bilasiz?

43.  Sinxronlashgan 

va  desinxronlashgan 

ritmlar  deb 

qaysi 


ritmlar 

aytiladi?

44.  Limbika  tizimi  qaycrda  joylashgan,  uning  tuzilishi  va  funksiyalari 

haqida  nimalami  bilasiz?

45.  Dofaminergik,  serotoninergik  va  noradrenalinergik  neyronlar  nima?

www.ziyouz.com kutubxonasi



Vegetativ  asab  tizimi  haqida umumiy  tushuncha

XIX  asrning  avvalida  fransiyalik  fiziolog  F.K.Bishning  taklifiga 

muvofiq,  bajariladigan  funksiyaga  к о ‘га  asab  tizimi  ikki  qismga: 

somatik 

va 


vegetativ 

asab  tizimiga  b o ‘lindi.

Somatik  asab  tizimi  odam  tanasining  skelet  mushaklari,  sezgi  a ’zolari 

ishini  boshqaradi.  Vegetativ  asab  tizimi  ichki  a ’zolar,  (nafas  olish,  qon 

aylanish,  ovqat  hazm  qilish,  ajratish,  jinsiy  va  hokazo)  ichki  sekretsiya 

bezlarining  ishini  hamda  moddalar  almashinuvi  jarayonini  boshqaradi.  Skelet 

mushaklaridagi  moddalar  almashinuvi  jarayoni  ham  vegetativ  asab  tizimi 

tomonidan,  ammo  bu  mushaklaming  sezish  va  harakatlanish  funksiyalari 

somatik  asab  tizimi  tomonidan  boshqariladi.

Vegetativ  va  somatik  asab  markazlarining  joylashishi  ham  bir-biridan 

farq  qiladi.  Jumladan,  vegetativ  asab  tizimining  markazlari  orqa  va  bosh 

miyaning  m a’lum  qismlarida  bo ‘lsa,  somatik  asab  tizimining  markazlari 

orqa  miya  va  bosh  miyaning  hamma  qismlarida  joylashgan.  Somatik  asab 

tizimining  asab  tolalari  orqa  miyaning  har  bir  segmentidan  boshlansa, 

vegetativ  asab  tizimi  bunga  qarama-qarshi  o ‘laroq,  markaziy  asab  tizimining 

har  bir  b o ‘limlaridan  tutam-tutam  b o ‘lib  chiqadi.  Vegetativ  asab  tizimi  o ‘rta 

miyadan,  uzunchoq  miyadan,  orqa  miyaning  k o ‘krak-bel  va  dum g‘oza 

qismidan  boshlanadi.

Markaziy  asab  tizimida  o ‘rta  miya  bilan  uzunchoq  miyadan  va  orqa 

miyaning  dum g‘oza  b o ‘limidan  boshlanuvchi  tolalar 



parasimpatik  asab 

tizimini 

hosil  qiladi.  Vegetativ  asab  tizimining  orqa  miyaning  k o ‘krak 

segmentidan  to  uchinchi  bel  segmentigacha  boshlanuvchi  tolalar 

simpatik 

asab  tizimini 

hosil  qiladi.  Bundan  tashqari  vegetativ  asab  tizimining  yana 

bir 

bo‘limi-metasimpatik asab  tizimi 

ham  mavjud.



Vegetativ asab  tizimining  asosiy  fiziologik  xossalari

Shunday  qilib,  vegetativ  asab  tizimining  markazlari  miya  ustunida  va 

orqa  miyada joylashgan:

1 .0 ’rta  miyada  parasimpatik  asab  tizimining  mezensefal  b o ‘limi  bor, 

undan  vegetativ  tolalar  k o ‘zni  harakatlantiruvchi  asab  tarkibida  ketadi.

2.Uzunchoq  miyada  parasimpatik  asab  tizimining  bulbar  boMimi  bor. 

undan  efferent  tolalar  yuz,  til-halqum  asablari  va  adashgan  (sayyor)  asab 

tarkibida chiqadi.

3 .0 rq a  miyaning  k o ‘krak  va  bel  segmentlarida  (birinchi  ko*krak 

segmentidan  ikkinchi-to‘rtinchi  bel  segmentigacha)  vegetativ  asab  tizimining 

simpatik 

(torako-lumbal) 

b o ‘limi  bor;  undan  vegetativ  tolalar  tegishli  orqa 

miya  segmentlarining  oldingi  ildizlari  orqali  orqa  miya  neyronlarining 

o ‘siqlari  bilan  birga  chiqadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


4 .0 rq a  miyaning  dum g‘aza  segmentlarida  parsimpatik  asab  tizimining 

sakral  b o ‘1imi  bort  tolalar  undan  chanoq  asabi  tarkibida  chiqadi.  (144-rasm).

Shunday  qilib,  markaziy  asab  tizimining  to‘rtta  b o 4limida  vegetativ 

asab  tizimining  markazlari  joylashgan.  Mezensefal,  bulbar  va  sakral 

bo 4limlardagi  yarolar  vegetativ  asab  tizimining  parasimpatik  qismini,  torako- 

lyumbal  bolim dagi  yadrolar  esa  vegetativ  asab  tizimining  simpatik  qismini 

hosil  qiladi.

144-rasm. 

V e g e ta tiv  

asab 


tiz im i.  1-orqa  miya;  2-umurtqa  pog‘onasi  atrofida 

joylashgan  asab  tugunlari  (orqa  miyadan  chiqqan  simpatik  asab  tolalarining  birinchi 

qismi  shu  asab  tugunlarida  tugaydi,  ikkinchi  qismi  shu  tugunlardan  a ’zolar  bilan 

tutashgan  uchlari;  3-simpatik  asab  tolalarining  a’zolar  bilan  tutashgan  uchlari;  4- 

parasimpatik  (adashgan)  asab  tolasi;  5,6-adashgan  asab  tolasining  yurak,  me’da,  ichak 

atrofidagi  tugunlari;  7-simpatik  asab  tolasining  yurakka  tutashgan  uchi.

Vegetativ  asab  tizimining  tugunlari  markaziy  asab  tizimidan  turli 

masofada  joylashadi.  Tugunlaming  bir  qismi 

umurtqa  pog‘onasining 

bevosita  yonida  b o ‘lsa,  ikkinchi  qismi  umurtqa  p o g ‘onasidan  ancha  uzoqda, 

turadi;  uchinchi  qismi  esa  a ’zolaming  bevosita  o ‘zida  b o ‘ladi.

Simpatik  asab  tizimining  tugunlari  um urtqa  pog‘onasining  yaqinida 

b o ‘lib.  uning  o ‘ng  va  chap  tomonida  tizilib  turadi.  Tugunlaming  bir  qismi 

bir  muncha  uzoqda  b o ‘ladi.

Parasimpatik  asab  tizimining  tugunlari  a ’zolaming  ichida  yoki  ulaming 

yaqinida joylashgan.

Vegetativ  asab  tizimi  somatik  asab  tizimidan  yuqorida  aytilgan  tuzilish 

xususiyatlari  bilangina  emas,  bir  qancha  fiziologik  xossalari  bilan  ham  farq 

qiladi.  Masalan,  vegetativ  asab  tizimining  tolalari  somatik  asab  tolalariga 

qaraganda  2-5  marta  ingichkaroq.  Somatik  asab  tolasining  diametri  10-14 

mikron  b o lsa ,  vegetativ  asab  tolalarining  diametri  2-7  mikrondir.  Bundan 

lashqari,  vegetativ  asab  tizimining  tolalari  somatik  asab  tolalariga  qaraganda 

k-»rnroq  q o ‘zg‘aluvchan  b o la d i.  Somatik  asablarda  asab  impulslari  120-140

www.ziyouz.com kutubxonasi



m/soniya  tezligida  tarqaladi,  parasimpatik  tolalarda  10-20  m/soniya,  simpatik 

asab  tolalarda  esa  0,4-0,5m/soniya.  Vegetativ  asab  tolasini  qo‘z g ‘amoq 

uchun 

uni 


kuchliroq 

ta’sirlash 

кегак, 

chunki 


birinchidan, 

ularning 

q o ‘zg‘alish  jarayoni  sekinroq  o ‘tadi,  ikkinchidan,  ularning  refrakterlik  davri 

uzunroq  b o ‘ladi.



Parasimpatik  asab  tizimi

Yuqorida  aytib  o ‘tganimizdek,  parasimpatik  asab  tizimi  o ‘rta  miya 

bilan  uzunchoq  miyadan  va  orqa  miyaning  dum g‘aza  bo‘limidan  boshlanadi 

(145-rasm).

0 ’rta  miyada  joylashgan  yadrolar  (III  juft  bosh  miya  asablari)  hamda 

orqa  miyaning  dum g‘oza  b o ‘limida  joylashgan  ichki  chanoq  asablar  yadrosi 

parasimpatik  asab  tizimi  markazlari  hisoblanadi.

Ko4zni  harakatlantiruvchi  asabning  tarkibida  kiradigan  parasimpatik 

tolalar  o ‘rta  iniyadan  chiqadi.  Bu  tolalar  k o ‘zning  silliq  mushaklarini 

innervatsiya  qiladi.  Shu  asablar  orqali  keluvchi  impulslar  qorachiqni 

toraytiradi. 

Yuz  asabi  bilan 

adashgan  asabning  tarkibiga  kiruvchi 

parasimpatik  tolalar  uzunchoq  miyadagi  bir  to ‘da  hujayralardan  boshlanadi. 

N og‘ora  tori  deb  ataladigan  asabni  hosil  qiluvchi  tolalar  yuz  asabining 

tarkibida  chiqadi.  Bu  asab  ja g 4  ostidagi  so ‘lak  bezining  sekretor  asabi 

b o 4lib,  q o 4z g 4alganda  so 4lak  chiqartiradi.

Uzunchoq  miyadagi  ikkinchi  guruh  hujayralaridan  adashgan  asab 

boshlanadi,  bu  asab  juda  ko‘p  tormoq  chiqaradi;  hosil  qilgan  k o ‘pgina 

shoxchalari  qon  tomiri,  yurak,  qizilo‘ngach,  bronx,  m e’da,  ingichka  va 

y o ‘g ‘on  ichaklarni,  m e’da  osti  bezi,  buyrak  usti  bezlari,  buyraklar,  jigar  va 

taloqni  innervatsiya  qiladi.

Chanoq 

asabining 



tarkibiga 

kiradigan 

parasimpatik 

tolalar 


orqa 

miyaning  dum g4aza  b o 4limidan  boshlanadi.  Bu  tolalar  sigmasimon  ichakni, 

to 4g 4ri  ichakni,  jinsiy  a ’zolarni  va  qovuqni  innervasiya  qiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



145-rasm.  Vegetativ  asab  tizimi  (efferent  qismining  umumiy  tuzilishi. 

l-c rq a   miyaning  dum g‘oza  b o ‘lim i  (S).  2-orqa  miyaning  ko'krak-bel  b o llimi  (Th-L);  3- 

orqa  miyaning  b o ‘yin  b o ‘limi  (S);  4-uzunchoq  miya;  5 - o ‘rta  miya;  6-chegaradagi 

simpatik  ustuni;  7-bosh  miya  parasim patik  tugunlari;  8-postganglionlar  tolalar;  9- 

quyoshsimon  chigil  va  uning  tugunlari;  IO-orqa  ichaktutqich  tuguni;  1 l-pregan glion ar 

tolalar;  12-chanoq  asabi;  13-so4ak  bezlari;  14-  k o ‘zning  ichki  mushaklari;  15-bosh  m iya 

qon  tom irlari  va  uning  pardalari;  16-traxeya.  bronxtar,  o ‘pka;  17-metasimpatik  asab 

tizimining funksional  moduti;  18-me'da;  19-yurak;  20-skelet  mushaki;  2 1 -o ‘n  ikki  barm oq 

ichagi;  22-m e'da  osti  bezi;  23-ichki  u 'zo la r  qon  tomirlari;  24-jigar;  25-buyrak  usti  bezi; 

2 6 -y o ‘g ‘on  ichak;  27-buyrak;  28-siydik pufagi;  29-erkak jin siy   a ’zolarining  ichki  qismi;

30-bachadon;  31-teri.

Simpatik  asab  tizimi

Simpatik  asab  tizimi  orqa  miyaning  so ‘ngi  segmentidan  to  III  bel 

segmentigacha  b o ‘lgan  qismidan  boshlanadi.  Bu  tolalaming  talayginasi  orqa 

miyadan  chiqib  umurtqa  pog‘onasi  oldidagi  tugunlarga  kiradi.  Bu  tugunlar 

chegara  simpatik  zanjirini  hosil 

qiladi.  Tolalarning  anchasi  shu  zanjirda 

uziladi,  qolganlari  esa  umurtqa  p o g ‘onasidan  niyrondagi  tugunlarda  uziladi. 

B o‘yinning  yuqori  va  o ‘rta  qism idagi  tugunlar  b o ‘yinning  pastki  qism idagi 

yoki  yulduzsimon  tugun,  quyoshsimon  chigal,  ichak  tutqichning  yuqori  va 

pastki  tugunlari  shunday  tugunlarga  kiradi.

Simpatik  asab  tizimi  barcha  to ‘qima  va  a*zolami  innervatsiya  qiladi.  Bu 

asab  tizimi  hazm  a ’zolari,  silliq  mushaklar,  yurak,  tomirlar,  buyraklar, 

qovuq,  ichki  sekretsiya  bezlari,  jinsiy  a ’zolar,  sezgi  a*zolari,  ter  bezlari  va 

shu  kabi  a ’zolarning  faoliyatiga  ta’sir  etadi  (145-rasm,  25-jadval).

www.ziyouz.com kutubxonasi


Simpatik  asab  tizimi  yuqorida  aytilgan  a’zolarning 

ishiga  ta’sir  ctish 

bilangina  qolmay,  barcha  k o ‘ndalang-targ‘il  mushaklarning  faoliyatiga  ham 

ta’sir  etadi;  simpatik  tizim  mushaklar  tonusiga,  ulardagi  modda  almashinuvi 

jarayonlariga,  charchagan  mushakning  yana  ishlab  ketishiga  ta’sir  k o ‘rsatadi.

25-jadval.



Shnpatik  va  parasimpatik  asablarning  a'zolarga  ta*siri

A’zo


Yurak

Parasimpatik  asablar  ta’siri 

Sekinroq  urib,  qisqarish

Simpatik  asablar  taViri 

Tezroq  urib,  qisqarish 

kuchi  oshadi.

i  Ter  tomirlari

Torayadi


Ichki  a’zolaminp  tomirlari

Torayadi


Til  va  sulak  bezlarining 

1

  tomirlari

Kengayadi

Torayadi


:  Jinsiy  a’zolaminp  tomirlari

Kengayadi

Torayadi

Ko‘z


i

Qorachig‘i  torayadi  (rangdor 

pardaning  halqasimon 

mushaklari  qisqaradi)

:  Qorachig‘i  kengayadi 

(rangdor  pardaning 

halqasimon  mushaklari 

qisqaradi)

Bronxlar

Torayadi


|  Kengayadi

So‘lak  bezlari

f  So  lak  chiqaradi

;  SoMak  chiqaradi

;  Me’da  bezlari

Shira  chiqaradi

Shira  chiqishi  susayadi

Me’da  osti  bezining  tashqi 

sekretsiya  to‘qimasi

Shira  chiqaradi

-

Me’da  osti  bezining 



1 Langergans  orolchalari

Insulin  chiqaradi

-

Buyrak  usti  bezlarining 



mag*iz  qavati

Noradrenalin  chiqaradi

Adrenalin  chiqaradi

i

Teri  silliq  mushaklari



Qisqaradi

!  Me’da-ichak  silliq 

mushaklari

Qisqarishlari  kuchayib, 

tonusi  oshadi

Qisqarishlari  susayib, 

tonusi  kamayadi

Homilasiz  bachadonning 

silliq  mushaklari 

i

-



Bo*shashadi

;  Homilali  bachadonning 

silliq  mushaklari



-

Qisqaradi

Qovuq  silliq  mushaklari

Qisqaradi

B o‘shashadi 

j

Qovuq  sfinkteri  silliq 



!  mushaklari

Bo‘shashadi 

|

i

Qisqaradi

Buyuk 

rus 


olimi,

akademik 

L.A.Orbeli

simpatik 

asab 

tizimi


adaptatsion-trofik 

funksiyasini  o ‘taydi  degan  nazariyani  yaratdi. 

Bu 

nazariyaga  к о ‘га,  simpatik  asab  tizimi  organizmda  ikki  tomonlama  rol 



o ‘ynaydi. 

Birinchidan, 

simpatik  asab  tizimi  mushaklardagi  moddalar 

almashinuviga  ta’sir  etadi.  Bu  csa,  mushak  to ‘qimasining  ishida  aks  etadi. 

Trofik  funksiya  deb  xuddi  shu  funksiyaga  aytiladi  (grekcha  “trofos”,  ya’ni 

ovqatlantiruvchi  degan  so ‘zdan  olingan). 

Ikkinchidan, 

simpatik  asab  tizimi 

adaptatsion,  ya’ni  moslantiruvchi  roli  shundan  iboratki,  uning  ta’sirida  a’zo 

va  to ‘qimalarda  bir  qancha  o ‘zgarishlar  kelib  chiqadi,  shuning  natijasida 

a ’zo  yangi,  o ‘zgargan  sharoitda  ishlashga  shaylaydi. 

Simpatik 

asab 

tizimining  hamma  faoliyati  ham  xuddi  parasimpatik  asab  tizimining  faoliyati



www.ziyouz.com kutubxonasi

singari  bosh  miya  p o ‘stlog‘ining  ta’siri  ostida  b o lib ,  butun  markaziy  asab 

tizimining  faoliyati  bilan  chambarchas  bog‘langan  deb  hisoblash  mumkin.

Emotsional  holat  simpatik  asab  tizimining  faoliyatiga  m a’lum  darajada 

bog‘langandir.  Q o‘rqish,  g ‘azablanish,  achiqlanish  va  shu  kabi  holatlar 

organizmda  bir  qancha  o ‘zgarishlarga  sabab  bo‘ladi:  kishini  sovuq  ter 

bosadi,  tomirlari  kengayadi  yoki  torayadi,  shuning  natijasida  yuz,  badan 

qizaradi  yoki  oqaradi;  shiddatli  harakatlar  boshlanadi  yoki  aksincha, 

harakatlar  tormozlanadi  va  hokazo.

Muayyan  cmotsiyalaming  ana  shu  tashqi  ifodalari  bosh  miya  katta 

yarim  sharlarining  a ’zolar  faoliyatiga  birinchi  galda  simpatik  asab  tizimi 

orqali  ta’sir  etishidan  kelib  chiqadi.  Simpatik  asab  tizimi  q o ‘zg ‘alib,  buyrak 

usti  bezlaridagi  m ag‘iz  qavatining  (bu  qavat  adrenalin  ishlab  chiqaradi) 

faoliyatini  ham  kuchaytiradi.  Shu  tariqa  simpatik  asab  tizimi  q o ‘z g ‘alganda 

qonda  adrenalin  ko ‘payadi.  Bu  gormon  “simpatoshtoff”,  ya’ni  simpatik 

asabga  o ‘xshash  ta’sir  etadi.

Parasimpatik  va  simpatik  asab  tizimlari  yagona  asab  tizimlaridir.  Bu 

tizimlar 

k o ‘pincha 

bir-biriga 

qarama-qarshi 

ta’sir 

etadi; 


masalan, 

parasimpatik  asablar  yu rakning  faoHyatini  susayiirsa,  simpatik  asablar 

kuchaytiradi;  parasimpatik  asablar  ichak  harakatlarini  kuchaytirsa,  simpatik 

asablar  susaytiradi.  Butun  bir  organizmdagi  funksiyalarning  idora  etilishi 

uchun  bu  tizimlaming  ishlab  turishi  birday  muhimdir.

Jismoniy  ish  va  jismoniy  mashg‘ulotlar  vaqtida  simpatik  asab  tizimi 

juda  muhim  rol  o ‘ynaydi,  ammo  k o ‘p  va  uzoq  ishlash  parasimpatik  asab 

tizimining  ham  o ‘z  vaqtida  ta ’sir  ko ‘rsatishiga  b o g ‘liq.  Ikkala  tizimning 

kclishib  ishlashi  tufayligina  uzoq  vaqt  jism oniy  ish  qilish  mumkin  b o ‘ladi. 

Parasimpatik  va  simpatik  asab  tizimlarining  kelishib  ishlashi  organizmning 

muayyan  hayot  kechirishi  va  ishlashiga  sabab  b o lad i.

Metasimpatik  asab  tizimi

S o‘ngi 


yillarda 

vegetativ 

asab 

tizimining 



uchinchi 

b o ‘limi- 



metasimpatik  asab  tizimiga 

katta  ahamiyat  bera  boshlandi.  Bu  tizim  ichki 

a'zolar  faoliyatini  boshqarishda  muhim  rol  o ‘ynaydi.

Mctasimpatik  asab  tizimi  k o ‘p  jihatdan  vegetativ  asab  tizimining 

boshqa  b o ‘limlaridan  farq  qiladi.

.Metasimpatik  tizim  faqat  o ‘zi  harakat  qilish  qobiliyatiga  ega  b o ‘lgan 



ichki  a’zolarni  innervatsiya  qiladi;  ularning  harakat  qilish,  so ‘rish,  shira 

ajratish  faoliyatlarini  nazorat  qiladi;  mahalliy  qon  aylanishiga  va  ichki 

sekretsiya  bezlari  faoliyatiga  ta ’sir  etadi.

2.Metasimpatik  tizim  simpatik  va  parasimpatik  tizimlar  bilan  sinapslar 

orqali  bog‘langan.

3.Umumiy  ichki  afferent  y o ‘laridan  tashqari,  o ‘zining  sensor  qismi  bor.

4.Asab  tizimining  boshqa  qismlari  bilan  qarama-qarshi  munosabatda 

cmas.


5.Markaziy  asab  tizimidan  muxtorlik  darajasi  simpatik  va  parasimpatik 

tizimlarnikidan  yuqori.

www.ziyouz.com kutubxonasi


6.Metasimpatik  tizim  faoliyatini  maxsus  dorilar  yordamida  to ‘xtatish 

a’zolaming  ritmik  harakat  qilish  qobiliyati  y o ‘qolishiga  olib  keladi.

7.Metasimpatik  asab  tizimi  o ‘z  mediatorlariga  ega.

Vegetativ  (muxtor)  asab  tizimi  bo‘laklari  bir-biridan  farq  qiladi:

1



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling