Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70

oliy  asab  faoliyati 

hisoblanadi,  shu  faoliyat  orqali  organizm 

va  tashqi  niuhiL  orasida  ikki  tomonlama  hayotiy  aloqa  o ’rnatiladi.

Odamning  xulq-idroki,  fikrlashi,  ongi  va  barcha  ruhiy  xususiyatlari  oliy 

asab  faoliyati  b o iib ,  u  bosh  miya  yarim  sharlari  va  ular  po‘stlog‘ida 

joylashgan  asab  markazlarining  me’yoriy  funksiyasiga  bo g iiq .  Odamning 

oliy  asab  faoliyati  murakkab  reflekslar  orqali  namoyon  b o iad i.  Bu 

reflekslaming  tashqi  muhit  bilan  bogianishi,  uning  har  xil  sharoitda 

moslashuvini  ta’minlaydi.

Odamning  barcha  ixtiyoriy  harakatlari,  fikrlashi  va  ruhiy  holatlari 

reflekslar  orqali  sodir  bo iish in i  mashhur  rus  fiziologi  l.M.Sechenov  1863 

yilda  “Bosh  miya  reflekslari”  degan  kitobida  birinchi  b o iib   ko ‘rsatdi.  Uning 

reflekslar  haqidagi  fikrlarini  taniqli  olim  I.P.Pavlov  yana  rivojlantirib,  shartli 

reflekslar  haqidagi  taiim otni  yaratdi.  I.P.Pavlov  odam  oliy  asab  faoliyati 

shartli  reflekslar  orqali  namoyon  boiishini  k o ‘rsatib  berdi.

I.P.Pavlovning  bu  taiim o ti  nafaqat  biologiya,  tibbiyot,  pedagogika  va 

falsafa  uchun,  balki  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  uchun  ham  juda  katta

www.ziyouz.com kutubxonasi



ahamiyatga  ega.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlari  tizimining  ta’siri  bilan  voqea 

b o ‘luvchi 

murakkab  jarayonlar 

va 


funksiyalarining 

qayta  qurilishini 

l.P.Pavlovning 

oliy 


asab 

faoliyati 

to 4g ‘risidagi 

reflektor 

nazariyasi 

asosidagina  to ‘g ‘ri  tahlil  qilish  mumkin.

Oliy  asab  faoliyati  haqida  I.P.Pavlov  yaratgan  buyuk  ta’limot  jism oniy 

hodisalar  bilan  ruhiy  (psixik)  hodisalarning  birligini  shak-shubhasiz  isbot 

etadi.  Oliy  asab  faoliyati  haqidagi  taMimot  juda  ko ‘p  eksperimental 

ma'lum otlarga  asoslanib,  ruhiy  faoliyatning  moddiy  negizi  bor  deb  isbot 

etadi.  Oliy  asab  faoliyati  haqidagi  ta’limot  tashqi  obyektiv  olamning  odam 

ongida  aks  etishiga  taalluqli  juda  murakkab  jarayonlarning  fiziologik 

mcxanizmlarini  ochib  va  ilmiy  jihatdan  asoslab  berdi,  shu  bilan  in’ikos 

nazariyasiga  tabbiiy-ilmiy  asos  soldi.

Markaziy  asab  tizimi  reflekslar  asosida  ishlaydi  degan  I.P.Pavlov 

talim oti 

uchta 

asosiy 


tamoilga 

asoslanadi: 

birinchi 

-  


determinizm 

(  ubabiyat)  tamoyili,  ya’ni  har  bir  hodisaning  sababi  bor  degan  fikr, 

ikkwchi  -   analiz  va  s4ntez  tamoiti,  Uchinchi  -   tuzillsh,  ya’ni  tuzilma 

Uirnoili.

Shu  tamoyillaming  har  birini  k o ‘zdan  kechiraylik.

1.  Determinizm  (sababiyat)  tamoili. 

Bu  tamoil  shundan  iboratki, 

organizmda  hyech  narsa  sababsiz  sodir  b o ‘lmaydi.  Har  bir  refleksning 

yuzaga  chiqishi  uchun  muqarar  sababi  bor.



2.  Analiz  (tahlil)  va  sintez  (birlashtirish)  tamoili. 

Bu  tamoilga  k o ‘ra, 

markaziy  asab  tizimi  o ‘z  faoliyati  natijasida  retseptorlarimizga  ta\sir 

k o lrsatuvchi 

murakkab 

ta’sirlovchilami 

oddiyroq 

tarkibiy 

qismlarga 

parchalab  tashlaydi  (analiz)  va  ulami  shu  onda  bir  tizim  qilib  birlashtiradi 

(sintez).

3.  Tuzilish  (tuzilmalik)  tamoili. 

Bu  tamoilga  k o ‘ra,  har  bir  refleks 

muayyan 

morfologik 

tuzilmaga 

bog‘liq. 

Miyada, 

shuningdek 

butun 

organizmda  ro ‘y  beruvchi  hamma  jarayonlar  moddiydir,  ya’ni  ular  asab 



tizimining  muayyan  qismlarida  voqye  b o iu v c h i  moddiy  jarayonlarga 

asoslanadi.



Shartli  va  shartsiz  reflekslarning  tafovuti

1. 


Shartsiz  reflekslarning  anatomik  yoilari, 

ya’ni  reflektor  yoy  va 

ayniqsa,  markaziy  asab  tizimida  q o ‘zg‘alish  markazga  intiluvchi  toladan 

markazdan  qochuvchi  tolaga  o ‘tadigan  y o ila r,  shuningdek  miya  p o ‘stlog‘iga 

noradigan  y o i  (shartsiz  rcfleksning  miya  po ‘slog‘idagi  qismi)  hayvon  yoki 

odam  tug‘ilguncha  mavjud  b o ia d i:  yangi  tug‘ilgan  bolada  dastlabki 

kunlardayoq  ovqatlanishga  taalluqli  bir  qancha  shartsiz  reflekslar  paydo 

b o ia d i  (emish,  so ia k   oqish  va  hokazo). 



Shartsiz  reflekslar  tug‘ma  boiib, 

nasldan  naslga o4adi.

Shartli  refleklar  tu g ‘ma  boim aydi.  Shartli  refleksning  yoyi  hayvon  yoki 

oJani 

tugiladigan 



paytgacha 

mavjud 


boim aydi. 

Shartli 


reflekslar 

orcanizmning  individual  taraqqiyot  jarayonida  “turmush  tajribasi”  asosida

www.ziyouz.com kutubxonasi


kasb  etadigan  reaksiyalardir.  Shartli  reflekslar  hayot  davomida  paydo 

b o ‘ladi,  mustahkamlanadi,  so ‘nadi  va  y o ‘qolib  ketadi.  Misol  uchun  quyidagi 

tajribani  olaylik.  Kuchuk  bolalari  avval  boshda  faqat  sut  bilan  boqib 

turiladi.  Bora-bora  ular  sutning  o ‘zini  k o ‘rish  bilan  so4lagi  oqadigan  bo  lib 

qoldi.  Bu  so ‘lak  shartli  refleks  hosil  b o ‘lishi  natijasida  oqadi.  Ilgari  biron 

marta  ham  g o ‘shtni 

tatib  k o ‘rmagan  shu  kuchuk  bolalariga  g o s h t 

k o ‘rsatilganda  ularning  so ‘lagi  oqmaydi,  shundan  keyin  kuchuk  bolasiga  bir- 

ikki  marta  g o ‘sht  yedirilsa,  g o ‘shtni  k o ‘rish  yoki  hidi  bum iga  kirishi  bilan 

so ‘lagi  oqa  boshlaydi.

Shunga  o ‘xshash  hodisalarni  odam  bolasida  ham  k o ‘rish  mumkin.  Bir 

marta  ham  limonni  tatib  k o ‘rmagan  bolaga  limonni  k o ‘rsatilsa,  limonning 

rang  va  shakli  bolaning  e4iborini  o ‘ziga  tortadiyu,  ovqatlanishga  taalluqli 

reaksiyaga,  y a’ni  so‘lak  oqishiga  sabab  b o ‘lmaydi.  Ammo  bola  limonni  tatib 

k o ‘rgandan  keyin  shu  mevani  k o ‘rishi  bilanoq  o g ‘zidan  so ‘lagi  keladi.  Katta 

yoshli  kishilarga  limon  haqida  gapirilganda  yoki  ular  limonni  xayoliga 

keltirilganida  o g ‘zidan  so ‘lak  keladi.

2.  Shartsiz  reflekslar  turga  taalluqii, 

ya’ni  shu  tuming  hamma 

vakillariga  xosdir. 

Shartii  refleksiar  individuai 

b o ‘ladi:  bir  turning  ba  zi 

vakillarida  b o ‘lishi,  boshqalarida  esa  b o ‘lmasligi  mumkin.

3.  Shartsiz  reflekslar 

birmuncha 



doimiy;  shartli  reflekslar  doimiy 

boimay, 

muayyan  sharoitga  qarab  hosil  bo ‘lishi,  mustahkamlanishi  yoki 

y o ‘qolishi  mumkin;  ulaming  bu  xossasi  nomidan  ham  ko ‘rinib  turibdi.

4.  Shartsiz  reflekslar 

muayyan 


bir  retseptiv  maydonga 

q o ‘yilgan 

adekvat  ta’sirlovchilarga  javoban  yuzaga  chiqadi. 

Shartli  reflekslar 

csa 


turli  retseptiv  maydonlarga 

q o ‘yilgan  turli-tuman  ta’sirotlarga  javoban 

yuzaga  chiqa  oladi.

Katta  yarim  sharlar  p o ‘stlog‘i  juda  rivojlangan  hayvonlarda 



shartli 

refleksiar  miya  po4stlog‘ining  funksiyalaridir. 

Miya  po‘stlog‘i 

olib 

tashlangach  shartli  reflekslar  y o ‘qolib,  faqat  shartsiz  reflekslar  qoladi. 



Bundan  ina’lum  b o ‘ladiki,  shartli  reflekslarga  qarama-qarshi  o ‘laroq  shartsiz 

reflekslarning  yuzaga  chiqishiga  markaziy  asab  tizimining  quyi  b o ‘limlari- 

p o ‘stloq  ostidagi  yadrolar,  miya  ustuni  va  orqa  miya  yetakchi  rol  o ‘ynaydi. 

Ammo, 


funksiyalar 

yuksak 


darajada 

p o ‘stlog‘lashtirilgan 

odam 

va 


maymunlarda  k o ‘pgina  murakkab  shartsiz  reflekslar  katta  yarim  sharlar 

po‘stlog‘ining  muqarar  ishtirokida  yuzaga  chiqishini  qayd  qilib  o  tmoq 

kerak.  Maymunlarda  bosh  miya  po‘stlog‘ining  zararlanishi  natijasida  shartsiz 

reflekslaming  patologik  ravishda  buzilishi  va  ba’zilarining  y o ‘qolib  ketishi 

shundan  guvohlik  beradi.

Shartsiz  reflekslaming  hammasi  ham  darrov  tug‘ilish  paytigacha  hozir 

b o ‘lavermasligini  ta’kidlab  o ‘tmoq  kerak.  K o‘pgina  shartsiz  reflekslar, 

masalan,  harakat  (lokomotsiya)  jinsiy  jarayonga  taalluqli  reflekslar  odam  va 

hayvon  tu g ‘ilgandan  keyin  uzoq  vaqt  o ‘tgach  yuzaga  chiqadi,  lekin  ular 

asab  tizimi  normal  taraqqiy  etgandagina  namoyon  bo‘ladi.  Shartsiz  reflekslar 

filogenez  davomida  mustahkamlangan  va  irsiyat  y o ‘li  bilan  o ‘tadigan 

reflektor  reaksiyalari  fondiga  q o ‘shiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


5. 

Shartli  reflekslar  shartsiz  reflekslar  asosida  vujudga  keladi. 

Shartli 


reflekslar  hosil  b o ‘li:shi  uchun  tashqi  muhit  yoki  organizm  ichki  holatining 

biror  o ‘zgarishi  katta  yarim  sharlar  po‘stlog‘iga  sezilib,  biron  shartsiz 

refleksning  yuzaga  chiqishi  bilan  bir  vaqtga  to ‘g ‘ri  kelishi  кегак.  Faqat 

shundagina  tashqi  muhit  yoki  organizmning  ichki  holati 



‘zgarishi,  shartli 

rcflcksning  ta’sirlovchisi-shartli 



ta9sirlovchi, 

yoki 


shartli  signal 

b o ‘lib 

qoladi.  Shartsiz  rcfleksga  sabab  boluvchi 

tasirot-shartsiz  ta’sirot 

shartli 


refleksning  vujudga  kelishida  shartli  ta’sirotga  y o ‘ldosh  b o ‘lishi,  uni 

mustahkamlashi  kerak.



6.  Shartli  reflekslar  hosil  qilish  uchun  vaqtincha  aloqa  vujudga 

kelishi  zarur. 

Boshqacha  aytganda,  shartli  tasirotni  sezuvchi  po‘stloq 

neyronlari  shartsiz  refleks  yoyini  tarkibiga  kiruvchi  p o ‘stloq  neyronlariga 

vaqtincha 



bogianishi 

kerak.  Shartli  va  shartsiz  ta’sirotlar  bir  vaqtga  to ‘g ‘ri 

kelganda  turli  neyronlar  (po‘stloq  va  p o ‘stloq  osti  neyronlar)  bir-biri  bilan 

b oglanadi,  ya’ni  funksional  vaqtincha  aloqa  hosil  b o ‘ladi.



Shartli  reflekslarni  hosil qitish  qotdatarl

Har  qanday  ta’sirlovchiga  javoban  shartli  refleks  hosil  qilmoq  uchun 

shu  indifferent  (ya’ni  begona,  befarq)  ta’sirlovchi  shartsiz  ta’sirlovchidan 

oldin  ta’sir  qilishi  shart.  Masalan,  so ‘lak  ajratish  shartli  refleksini  qanday 

b o ‘lmasin  indifferent  ta’sirlovchi,  masalan,  q o ‘n g ‘iroq  tovushi  bilan  hosil 

qilmoq  uchun  itga  ovqat  berishdan  5-30  soniya  ilgari  q o ‘n g ‘iroq  chalishi  va 

kcyin  ovqat  (shartsiz  ta’sirlovchi)  berishi  kerak.  Agar  har  bir  ta’sirlovchi 

ovqatdan  oldin  yoki  ovqat  bilan  birga  ta ’sir  etsa  (bizning  misolimizda 

q o ‘ng‘iroq  chalib  ovqat  berish),  ilgari  befarq  (indifferent)  bo‘lgan  shu 

ta’sirlovchiga  javoban  tez  orada  shartli  refleks  hosil  b o ‘ladi.  Yuqorida 

keltirilgan  misolda  it  tez  orada  shunday  ahvolga  keladiki,  unga  ovqat 

bermasdan  turib,  q o ‘n g ‘iroq  tovushini  cshittirishning  o ‘zidayoq  so ‘lagi  oqa 

boshlaydi.  Bu  shartli  refleksdir.

Shartli  va  shaitsiz  ta’sirotlar  boshqacha  q o ‘llanilsa,  ya’ni  ikkala 

ta’sirlovchi  bir  vaqtda  berilsa  yoki  shartsiz  ta ’sirot  boshlangani  holda  shartli 

signal  q o ‘shilsa  shartli  refleks  vujudga  kelmaydi,  bordi-yu  vujudga  kelgan 

b o ‘lsa,  juda  zaif  b o ‘lib,  tez  so ‘nib  qoladi.

I.P.Pavlovning 

keyingi 

tadqiqotlari 

bu 

qoidani 


bir 

muncha 


oydinlashtirishga  imkon  berdi.  Shartli  signalni  shartsiz  ta’sirotdan  bir  qadar 

minimal  vaqt  ilgari  bera  boshlash  kerak  ekan.  Masalan,  himoyalanish 

harakat  shartli  reflekslari  uchun  bu  minimal  vaqt  0.1  soniyaga  teng.  Interval 

bundan  kaltaroq  b o ‘lsa,  shartli  refleks  hosil  b o ‘lmaydi.

Shartli  reflekslar  hosil  qilishning  muqarar  sharti  shuki,  miya  katta 

yarim  sharlari  normal  faol  holatda  blishi,  organizmda  patologik  jarayonlar 

bo ‘lmasligi,  tekshirilayotgan  shartli  va  shartsiz  reflekslardan  tashqari  m o‘ljaI

www.ziyouz.com kutubxonasi



olish  refleksini  yoki  visseral  reflekslarni  vujudga  keltiruvchi  qandaydir  yosh 

ta’sirotlar  ham  b o ‘lmasligi  kerak.

Yuqorida  keltirilgan  misollar  bir  ta’sirlovchining  o ‘zi  turli  shartli 

reflekslarga  signal  bo ‘la  olishini  k o ‘rsatadi.  Bir  gal  so ‘lak  oqishiga  sabab 

b o ‘lgan,  ya’ni  ovqatlanishga  taalluqli  shartli  refleksning  vujudga  kelishiga 

sabab  bo‘lgan  q o ‘ng*iroq  tovushi  ikkinchi 

gal  mudofaa  refleksini  keltirib 

chiqaradi. 

Buning 

sababi 


shuki, 

shartli 


refleksning 

xarakteri 

uni 

mustahkamlovchi  shartsiz  refleksga  bog‘liq.



Yuqorida  aytib  o ‘tganimizdek,  shartli  reflekslar  shartsiz  rcflekslar 

asosida  hosil  b o ‘ladi.  Ammo  I.P.Pavlov  laboratoriyalarida  yana  bir  muhim 

dalil  aniqlandi.  Agar  shartli  refleks  vujudga  keltirilib  mustahkamlansa, 

bunday  refleks  o ‘z  navbatida  yangi  shartli  refleksning  kelib  chiqishiga  asos 

b o ‘ladi.  Buni  misol  bilan  tushuntiraylik.  Chirog*  yoqish  va  ovqat  berish  bir 

necha  marta  takrorlangandan  keyin  itda  chirog‘  yoqishga  javoban  shartli 

refleks  hosil  bo‘ladi.  Bunday  it  chirog‘  yoqilishini  k o ‘rgach  hamona  so ‘lagi 

oqa  boshlaydi.  Shartsiz  refleks  asosida  hosil  bo*lgan  shartli  rcfleks 



birlamchi  refleks 

deyiladi.  Keyinchalik,  befarq  (indifferent)  ta’sirlovchi 

birlamchi  shartli  refleks  bilan  bir  vaqtga  to ‘g ‘ri  keltiriladi.  Masalan,  itning 

terisini  qashlash  bilan  bir  vaqtda  chirog‘  yoqiladi,  ayni  vaqtda  shartsiz 

ta’sirlovchi  (ovqat)  berilmaydi.  Shu  ish  bir  necha  marta  takrorlangandan 

keyin  itda  terining  qashlanishiga  javoban  yangi  shartli  refleks  hosil  b o ‘ladi. 

Endi  itning  terisini  qashlash  bilanoq  so ‘lagi  oqa  boshlaydi.  Shartli 

ta’sirlovchi  asosida  kelib  chiqqan  shunday  shartli  refleks 



ikkilamchi  shartli 

refleks 

deyiladi.

Indifferent 

(befarq) 

signalni 

ikkinchi 

tartibdagi 

shartli 


signal 

(ta’sirlovchi)  bilan  birga  q o ‘llanib,  itda 



uchinchi  tartibdagi  shartli  refleksni 

vujudga  keltirishi  mumkin.  Itda  to ‘rtinchi  tartibdagi  shartli  refleksni  hosil 

qilish  mumkin  emas.  Bolalarda  oltinchi  tartibdagi  shartli  reflekslar  hosil 

qilish  mumkin.

Shunday qilib, oliy  asab faoliyati  bosh miya po*stlog*ida sodir bo*luvchi 

ko‘pddan-kofcp  o‘zaro  bog*liq  asab  jarayonlarining  yig*indisidir. 

Bu 

jarayonlar  yuqori  darajada  rivojlangan  hayvonlar  va  odam  xulq-atvorining 



tevarak-atrofidagi  muhitning  doimiy  ravishda  o*zgarib  turuvchi  sharoitga 

moslashib  belgilab  beradi.  Organizm  o*zining  hayoti  mobaynida  orttirgan  va 

befarq  ta’sirlovchilar  bilan  shartsiz  ta ?sirlovchilarining  navbatlashishi 

natijasida hosil bo‘lgan retlekslami  I.P.Pavlov shartli  reflekslar deb ataladi.



Shartli  refleks ta’sirlovchilari

Turli  ta’sirlovchilar-tovushlar,  yorug‘lik,  geometrik  figuralar,  ranglar, 

hidlar,  ta’mli  moddalar,  teriga  tegish,  bosim,  issiq  va  sovuq  ta’siii,

www.ziyouz.com kutubxonasi



mushaklarning  taranglanish  darajasi,  qisqarishi  va  b o ‘shashuvi,  tananing 

fazodagi  vaziyati,  ichki  a’zolar  holati,  shilliq  pardasining  ta’sirlanishi, 

shuningdek  organizmda  modda  va  energiya  almashinuvchining  zgarishlari 

shartsiz  ta’sirotlar  bilan  birga  q o ‘llanilganda  ular  shartli  reflekslaming 



signallari  (ta’sirlovchilari)ga 

aylanadi.  Eksteroseptiv, 

interoseptiv 

va 


proprioscptiv  ta’sirotlarning  hammasi  shartli  refleks  signallari  bo‘lib  qolishi 

mumkin.


Dastlab 

indifferent 

(befarq)  b o ‘lgan 

ta’sirotlargina  emas,  odatda 

organizmning  biron  bir  reaksiyalarini,  jumladan  shartsiz  reflekslarni  yuzaga 

chiqaradigan  ta’sirotlar  ham  shartli  signallarga  aylanishi  mumkin.  I.P.Pavlov 

laboratoriyasida 

o ‘tkazilgan 

tajribalarida 

kuchli 


himoyalanish 

shartsiz 

refleksini  vujudga  keltiradigan  ta’sirotlar  ovqatlanish  refleksining  shartli 

signallariga  aylantirilgan  edi.  Shu  maqsadda  hayvonning  oyoq  panjasidan 



v l c k t r  

toki  o ‘tkazish  bilan  bir  vaqtda  ovqat  ham  berib  turildi.  Himoyalanish 

shartsiz  refleksi-oyoq  bukish  refleksi  sekin-asta  susayib,  ovqatlanish  shartli 

rcflcksi  mustahkamlanadigan  paytgacha  butunlay  y o ‘qoladi,  tormozlanadi. 

Bu  holda  asab  jarayoni  bir  shartsiz  refleks  markazidan  boshqa  asab 

vaqtincha  shartsiz  rcfleksini  yuzaga  chiqaruvchi  ta’sirot  ovqatlanish  shartli 

rcfleksning  signaliga  aylanadi.

Vaqtincha  aloqaning  hosil  bo‘lishi

Bosh  miya  p o ‘stlog‘ining  ikki  guruh  neyronlar:  shartsiz  va  shartli 

ta'sirotni  qabul  qilib  oluvchi  neyronlar  o ‘rtasida  vaqtincha  funksional  aloqa 

paydo  b o ‘lishi  asosida  shartli  refleks  hosil  b o ‘ladi.  I.P.  Pavlovning  bu 

tasavvurini  hozir  dunyo  miqsida  k o ‘pchilik  e ’tibor  etadi  (146-rasm  va  148- 

rasm).


Bundan  oldingi  bobda  katta  yarim  sharlar  p o ‘stlog‘ining  tuzilishi  va 

funksiyalari  haqida  batafsil  aytib  o ‘tgan  edik.  Endi  esa,  miya  p o ‘stlog‘ining 

qaysi  mintaqalarida,  qaysi  qavatlarida  va  qanday  qilib  xulq-atvorimizning 

neyrobiologik  mexanizmlarning  tashkil  topishi  haqida  s o ‘z  yuritamiz. 

M a’lumki,  neokorteks  ichidan  va  oq  moddasidan  o ‘tuvchi  gorizontal  asab 

tolalari  (proyeksion,  assotsiativ  va  komissural  asab  tolalar)  polisensor 

q o ‘zg‘alish 

va 


tormozlanish 

jarayonlarni 

o ‘tkazadi. 

Retseptorlardan 

organizmning 

turli-tuman 

nuqtalaridan 

keluvchi 

afferent 

impulslar 

talamusning  k o ‘chiruvchi  yadrolari  orqali  bosh  miya  po‘stlog‘ining  turli 

proyeksion  mintaqalariga  yctib  boradi.  Lekin  bu  turli  xarakterga  ega  boMgan 

impulslarning 

sifati, 


biologik 

ahamiyati 

va 

efferent 



javoblarining 

shakllanishi  bosh  miyaning  qaysi  tizimlariga  o ‘tadi?

www.ziyouz.com kutubxonasi


146-rasm.  Bosh  miya  yarim  shariar po'stlog4da  b a ’zi funksiyalarning

markazlari.

1-orqa  miya  va  uzunchoq  miya  qismlari;  ll-m iya  ustuni  bo4im i;  IH-bosh  miya  p o 's tlo g ‘i 

(neokorteks).  1-ko'z;  2-quloq;  3-teri;  4-burun;  5-til;  6-mushak;  7-ichki  a ’zolar.

Bu  muammoni  chuqur  o ‘rganish  uchun  ontogenetik  va  qiyosiy 

fiziologik  izlanishlar  o ‘tkazish 

maqsadga  muvofiqdir. 

Masalan, 

turli 


yoshdagi  bolalarda  neyronlarning  rivojlanishi  turli  darajada  b o ‘lishi  sababli 

ularning  oliy  asab  jarayonlari  turlicha  rivojlanadi  (147-rasm).



147-rasm.  Bolalar  bosh  miya  p o lstlog*i  neyronlarining  rivojlanishi 

(tug‘ilgan  ikki  yillikgacha).  Neyronlarning  kattalanishi  va  ular  miqdorining 

ko ‘payishi  ko ‘rsatilgan.

I-yangi  tu ilgan  bola;  11  -  3  oylik;  III  -   15  oylik;  IV-ikki  yillik.

Agar  p o ‘stloqdagi  turli  sohalarining  o ‘zaro  funksional  konstelasiyasi 

(bir  joyda  dominant  markazi  hosil  bo‘lishi)  uning  assotsiativ  mintaqalarida

www.ziyouz.com kutubxonasi



birlamchi  va  ikklamchi  afferent  sintezlash  tarzida  o ‘tadigan  b o ‘lsa,  po‘stloq 

va  po ‘stloq  osti  yadrolaming  funksional  qayta  bo g ‘lanishi  (P.K.Anoxinning 

qaytar  bogManish  tamoyili)  refleksining  amalga  oshirishi  uchun  qanday  o ‘rin 

tutadi?


Hozirgi  kunda  bu  savollarga  javob  qaytarish  oson  emas.  Faqat  shuni 

qayd  qilib  o*tish  zarurki,  neokorteksdagi  turli  sohalarning  o ‘zaro  ta’sir  etish 

mexanizmlarida 

po‘stloq-po‘stloq 

osti 

yadrolari-po‘stloq 



y o ila ri 

ham 


bcvosita  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Shartli  q o ‘z g ‘alishning  o ‘tishi  uchun  bu 

yollarning  qanday  ahamiyati  borligini  quyidagi  dalillar  bilan  izohlash 

mumkin:  it  miyasining  kulrang  moddasini  kesib,  neokorteksning  turli 

qismlari  ajratib  q o ‘yilsa,  shu  qismlardagi  neyronlar  o ‘rtasida  vaqtincha 

funksional  aloqa  vujudga  kelaveradi  (E.A.Asratyan).  Odam  miyasining 

birinchi  somatosensor  mintaqalari  (markaziy  pushtadan  keyin)  harakat 

mintaqasi  (4,6  maydonlar)  dan  ajratib  qo‘yilsa,  shu  sohalar  o ‘rtasidagi 

barcha  gorizontal  asab  aloqalari  batamom  uzulganiga  qaramay,  harakat 

mataklari  b uzilmaydi.  Qadoqsimon  tana  qirqib  q o ‘yilganda  ham ,  odam ning 

harakat  malakalari  jiddiy  ravishda  buzilmaydi.

Oxirgi  yillarda  k o ‘p  tadqiqotchilar  shartli  refleksning  vujudga  kelish 

mexanizmida  dominant  hodisasi  muhim  rol  o ‘ynaydi,  deb  faraz  qilishadi. 

Eslatib  o ‘tamiz,  dominanta  qo‘zg ‘aluvning  asosiy  o ‘chog‘i  hisoblanib,  bu 

q o ‘z g ‘a!ish  o ‘choqlari  boshqa  hamma  asab  markazlar  faoliyatini  o ‘zgartiradi 

va  g o ‘yo  o ‘ziga  bysundiradi.  Jumladan,  P.K.Anoxin  va  uning  shogirdlari 

(K.V.Sudakov,  A.Zilov  va  boshqalar)  shartli  refleksni  yuzaga  chiqaruvchi 

asosiy  om il-funksional  tizimi  va  ta’sirlovchilar  ta’sirida  ularda  paydo 

b o ‘ladigan  dominant  o ‘chog‘i  hisoblanadi,  deb  fikmi  oldin  surganlar.  Shartli 

ta’sirot  vaqtida  tegishli 

funksional  tizimning  p o ‘stloqdagi 

markazida 

neyronlar  q o ‘z g ‘aluvchanligi  keskin  darajada  oshib  ketadi,  shu  tufayli  bu 

neyronlar 

neokorteksdagi 

boshqa 

sohalarning 



q o ‘zg‘alishiga 

reaksiya 

k o ‘rsatadigan  b o ‘ladi.  Natijada  indifferent  va  shartsiz  ta’sirotlar  birga 

qollanilsa,  ular  yuzaga  chiqaradigan  q o ‘z g ‘alishlar  o ‘zaro  q o ‘shiladi, 

I.P.Pavlov  ta’biri  bilan  aytganda,  reflckslaming  sum m atsiyasi  ro ‘y  beradi.

Shunday  qilib,  shartli  refleksning  hosil  b o ‘lishida  vaqtincha  funksional 

aloqaning  paydo  b o ‘lishi  asosiy  fiziologik  mexanizm  hisoblanadi.  Ammo 

uning 


hosil 

b o ‘lishida  konvergensiya,  dominanta,  summatsiya  degan 

miyaning  asosiy  ishchi  tamoillari  katta  rol  o ‘ynaydi.  Har  bir  funksional 

tizim  markazida  sanoqsiz  vaqtincha  aloqalar  hosil  bo ‘lishi  mumkin  va 

harakat  analizatori  bu  yerda  doimiy  komponent  b o lib   turadi.

Vaqtincha  funksional  aloqaning  hosil  b o ‘lishida  bir  qator  kimyoviy 

moddalar,  -  jumladan  neyropeptidalar  ham  hal  qiluvchi  rol  o ‘ynaydi. 

R.I.Kruglikovning  fikriga  k o ‘ra,  bu  jarayonda  enkefalinlar,  endorfinlar, 

adrenokortikotrop  gormon  (AKTG)  muhim  o ‘rin  tutadi.  Bu  moddalar

www.ziyouz.com kutubxonasi



neokorteksning 

peptidergik 

neyronlariga 

ta’sir 


qilib 

ularning 

q o ‘zg‘aluvchanligini  oshiradi.  Qiziqi  shundaki,  bosh  miyaning  neyronlarida 

bu  moddalar  xotira  jarayonlarida  ham  ishtirok  etishadi.

Mushak

] 48-rasm.  Vaqtincha  aloqalar  hosil  bo  lish  gipotezalarining  tasviri.

Zamonaviy  g ‘cyalarga  k o ‘ra  vaqtincha  aloqaning  hosil  b o ‘lishi  (148- 

rasm)  quyidagi  mexanizmlar  orqali  amalga  oshiriladi:

I  -  k o ‘ruv  va  so‘lak  ajratish  shartsiz  reflekslar  o ‘rtasida  vaqtincha 

aloqaning  hosil  b o iis h i  (E.A.Asratyan  bo‘yicha);  1-po‘stlog‘ning  kulrang 

moddasi  orqali  aloqa;  2-po‘stloqning  oq  moddasi  orqali  aloqa;  3-po4stlog4 

osti  yadrolar  orqali  aloqa.

II  -  ikki  a ’zoli  harakat  shartli  refleks  (L.G.Voronin  b o ‘yicha):  A- 

eshituv  retseptorlari;  B,V-eshituv  proyeksion  mintaqasi;  D-ovqatlanish 

markazi;  Y e-po4stlog4ining  harakat  elementlari;  J-po4stlog‘  osti  harakat 

yadrolari.

III  -  shartli  refleksning  funksional  tizimi  (P.K.Anoxin  b o ‘yicha):  UR- 

shartli 

ta’sirlovchi; 

a-nospetsifik 

va 


a2-spesifik 

afferentlar; 

o-muhit 

ta’sirlovchilari;  A,  A 1,  A2  -analizatorlar;  AS-afferent  sintezi  apparati;  AD- 

ta’sir  akseptori;  RD-reflektor  ta’sir;  OA4jayta  afferentatsiya;

IV 


-  

harakat-oziqlanish 

shartli 

refleks 


(A.B.Kotlyar  b o ‘yicha): 

himoyalovchi,  ovqatlanish  va  oriyentirovchi  shartli  reflekslaming  hosil 

b o iish   mexanizmlari.

Shartsiz  s o ia k   ajratish  refleks  yoyi  (149-rasm,  A,B,V,G)  ni  ko ‘rib 

chiqib,  q o ‘zg‘alish  o g ‘iz  b o ‘shlig‘i  retseptorlari  (1)  dan  uzunchoq  miya  (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi



orqali  so ‘Iak  bezlari  (3)  ga  borishini,  ammo  shu  bilan  bir  vaqtda  q o ‘z g ‘alish 

bosh  miyaning  o ‘tkazuvchi  yo ‘llari  b o ‘ylab  miya  po‘stIog‘ining  ovqatlanish 

markazi  (4)  deb  ataladigan  qismiga  ham  borishini  k o ‘rish  mumkin.  Shunday 

qilib,  shartsiz  refleks  y o ii  bilan  so ia k   ajralishi  katta  yarim  sharlar 

p o ‘stlog‘ining  ovqatlanish  markazi  q o ‘zg‘alishi  bilan  b o g iiq   b o ia d i.

Elektr  lampochkasining  yonishi  (B)  itning  k o kz  retseptorlarini  (5) 

q o ‘zg ‘atadi.  Retseptorlardan  q o 4zg‘alish  k o ‘rish  asab  orqali  (6)  miya  yarim 

sharlari  p o ‘stlog‘ining  ko ‘rish  mintaqasidagi  ensa  guruh  hujaylarga  (7) 

o ‘tkaziladi.  Y orugiik  bilan  ta’sir  etish  itga  ovqat  berish  bilan  bir  vaqtda  (V) 

to‘g ‘ri  kelganda  miya  p o ‘stlog‘ida  ham  ovqatlanish  markazi  (4),  ham 

ko‘rish  mintaqasining  m a iu m   qismi  (7)  bir  vaqtda  q o ‘z g ‘aladi.  Y orugiik 

ta’sirlovchisi  bilan  shartsiz  ovqat  ta’sirlovchisi  (G)  bir  necha  marta 

birgalikda  ta’sir  etganda  miya  p o ‘stlog‘ning  q o ‘zg ‘algan  b o iim lari  orasida 

vaqtincha  funksional  aloqa  (8)  paydo  boiad i.



149-rasnu  Itlarda  vaqtincha  aloqaning  hosil  bo4ishi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shartsiz  va  shartli  reflekslami 

Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling