Odam fiziologiyasi


talayginasi  impulslarni  vegetativ  asab  tizimini  spinal  neyronlariga  yetkazib  beradi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70

talayginasi 

impulslarni  vegetativ  asab  tizimini  spinal  neyronlariga  yetkazib  beradi.

Yon  ustunlarning  kortikospinal  y o ‘llari  uzunchoq  miyaning  pastadagi 

uchdan  bir  qismi  ro‘parasida  kesishadi.  Oldingi  ustunlarning  kortikospinal 

y o ‘llari 

(to ‘g ‘ri 

piramidal 

y o lla r  

deb 

ataladi) 

uzunchoq 

miyada 

kesishmaydi;  ular  qaysi  segmentda  tugasa,  o ‘sha  segment  yaqinida  qarama- 

qarshi  tom onga  o ‘tadi.  Kortikospinad  у о ‘11аг  shu  tariqa  kesishgani  uchun  bir 

yarim  sharning  motor  markazlari  zararlanganda  tananing  qarama-qarshi 

tomonidagi  mushaklar  falaj  b o ‘ladi.

Piramidal  neyronlar  yoki  kortikospinal  y o ‘lning  o ‘sha  neyronlardan 

boshlanuvchi  asab  tolalari  shikastlangandan  bir  necha  vaqt  o ‘tgach  ba’zi 

patologik  reflekslar  kelib  chiqadi.  Piramkial  y o ‘llar  zararlashining  tipik 

4mptomi  shundan  iboratki,  Babinskiy  refleksi  (oyoq  kafti  terisining  refleksi) 

yuzaga  chiqadi.  Bu  reflcks  shundan  iboratki,  oyoq  kaftining  terisiga  igna 

bilan  ta'sir  etilsa,  bosh  barmoq  yozilib,  qolgan  barmoqlar  y elp ig ‘ich 

shaklida  yoyilib  ketadi;  yangi  tu g‘ilgan  bolalarda  piramidal  y o ‘llar  hali 

rivojlanib  ulgurmagani  uchun  ularda  ham  shunday  refleks  yuzaga  chiqadi.

Piramidal 

hujayralaming 

kortikokspinal 

y o ‘llarni 

hosil 

qiluvchi 

aksonlaridan  kollaterallar  chiqadi,  bu  kollaterallar  targ‘il  tana,  gipotalamus 

yadrolarida, 

qizil 

yadroda, 

miyachada, 

miya 

stvolining 

to ‘rsimon 

formatsiyasida 

tugaydi. 

Yuqorida 

sanab 

o ‘tilgan 

barcha 

yadrolardan 

impulslar 

ekstrakortikospinal 



yoki 

ekstrapiramidal 



y o lla r  

degan 

tushuvchi  y o ‘llar  orqali 

orqa  miyaning  kiritma  neyronlariga  keladi.  Bu 

tushuvchi  yollardan  eng  asosiylari 

retikulo-spinal,  rubro-spinal,  tekto- 

spinal  va  vestibulo-spinal 

yoilardir.  Rubro-spinal  trakt  (M onakov  tutami) 

orqali  miyachadan,  to‘rt  tepalikdan  va  p o ‘stloq  osti  markazlaridan  orqa 

miyaga 

impulslar  keladi. 

Shu 

y o id a n  

o ‘tuvchi 

impulslar 

harakatlar 

koordinatsiyasida  mushaklar  tonusining  boshqarilishida  ahamiyatli.  Vestibulo

-  spinal  y o ‘l  uzunchoq, 

miyadan  vestibulyar  yadrolardan  orqa  miyaning 

oldingi  shox  neyronlariga  boradi.  Ana  shu  y o id a n   keluvchi  impulslar  tana 

vaziyatining  tonik  renekslarini  yuzaga  chiqaradi.  Retikulospinal  y o ila r  

to ‘rsimon  formatsiyaning  faollashtiruvchi  va  tormozlovchi  ta’sirotini  orqa 

miya 

neyronlariga 

o ‘tkazadi. 

Ular 

harakat 

neyronlarga 

ham, 

oraliq 

ncyronlarga  ham  ta’sir  k o ‘rsatadi.  Yuqorida  aytilgan  barcha  tushuvchi  uzun 

y o ila r  

(orqa 

miyaning 

oq 

moddasi) 

dan 

tashqari, 

yuqoriroqdagi 

segmcntlarni  pastroqdagi  segmentlarga  b o g io v c h i  kalta  y o ila r   ham  bor.

www.ziyouz.com kutubxonasi



K eyingi  m iya

Odam  va  umurtqali  hayvonlarda  orqa  miyaning  davomi  uzunchoq 

m iyajiisoblanadi.  Uzunchoq  miya  va  miyaning  k o ‘prigi  (Varoliy  k o ‘prigi) 

hamda  o ‘rta  va  oraliq  miya  birgalashib  miya  ustunini  hosil  qiladi.  Miya 

ustuni  tarkibiga  talaygina  yadrolar,  ko4tariluvchi  va  tushuvchi  y o ‘Har 

kiradi.  Lekin,  miyaning  tursimon  tuzilmasi  (retik u lar  form atsiyasi)  o ‘z 

funksiyalari  b o ‘yicha  bularning  ichida  alohida  o ‘rin  egalaydi  (121-rasm).

Uzunchoq  miyadagi  tuzilmalar  bilan  Varoliy  k o ‘prig  keyingi  m iyani 

tashkil  qiladi.  Uzunchoq  miyadagi  ba’zi  asab  hujayralarining  o ‘siqlari  orqa 

miyaning  turli  boMimlariga  boradi  va  uzunchoq  miya  bilan  oraliq  miyani 

bir-biriga  b o g ‘laydi.  Boshqa  asab  hujayralarining  o ‘siqlari  esa,  uzunchoq 

miyadan  chiqib,  bosh  miya  asablarini  hosil  qiladi.

Keyingi 

miyada 

neyronlarning 

to ‘plamidan 

vujudga 

keladigan 

markazlar 

muhim 

reflektor 

reaksiyalami 

yuzaga 

chiqaradi. 

Masalan, 

uzunchoq  miyada  hayot  uchun  muhim  bir  qancha  markazlar  bor.  Jumladan, 

nafas  markazi,  yurak  faoliyati  markazi,  tomir  harakatlantiruvchi  markaz, 

hazm  markazi  va  modda  almashinuvini  idora  ctadigan  markaz  uzunchoq 

miyadadir.

121-rasm.  Uzunchoq  miyada  bosh  miya  asablari  yadrolarining joylanishi. 

1-q o ‘shimcha  asab  (XI juft),  2-til  osti  asabi  (XII juft),  3-eshituv  asabi  (XIII juft), 

uzoqlashtiruvchi  asab  (VI juft),  5-g'altak  asabi  (IV juft),  6-k o ‘zni  harakatlantiruvchi  asab 

(III juft),  7-uch  shoxli  asab  (V juft),  S-yuz  asabi  (VII juft),  9-til-halqum  asabi  (IX juft), 

10-adashgan  (sayyor)  asab  (X juft).

Bu 

markazlaming 

fiziologiyasi 

darslikning 

tegishli 

boblarida 

mukammal  bayon  qilingan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



V-XII  miya  asablaming  yadrolari  b o g ‘langan  reflektor  yoylar  keyingi 

miyada  tutashadi.  Shu  bosh  miya  asablari  orqali  keluvchi  afferent  impulslar 

keyingi  miyada  kiritma 

va  harakatlantiruvchi  neyronlarga  o ‘tadi  (122- 

rasm).

Uzunchoq  miyada  oddiy  va  murakkab  reflekslarining  markazlari  bor, 

bu  reflekslaming  yuazaga  chiqishida  har  xil  mushak  guruhlari,  tomirlar  va 

k o ‘pgina  ichki  a’zolar  qatnashadi.  Bu  reflekslar  orqa  miyadan,  shuningdek 

til-halqum,  eshituv,  vestibular  asab,  uchlik  asab  va  adashgan  asabning 

retseptor  tizimlaridan  keluvchi  impulslarga  javoban  kelib  chiqadi.  Yoylari 

keyingi  miya  orqali  o ‘tadigan  reflekslar  orqa  miya  reflekslariga  nisbatan 

mukammalroq  va  murakkabroq  u y g ‘unlashtirilgan  reflekslardir.  Bunga, 

masalan,  tana  vaziyatining  tonik  reflekslari  kiradi.  Keyingi  miyaning 

k o ‘pgina  murakkab  reflektor  faoliyatini  bajarishda  turli  neyronlar  muayyan 

tnrtibda  q o ‘z g ‘alib 

qatnashadi.  Yutish  va  aksa  urish  reflekslan  bunday 

rcflekslarga  misol  b o ‘la  oladi.

122-rasm.  Bosh  miya  asablarining  umumiy  ko ‘rinishi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Uzunchoq 

miya 

neyronlarining 

markazlari-nafas, 

yurak, 

tomir 

harakatlantiruvchi 

markazlarning 

xususiyati 

shuki, 

ular 

periferiyadan 

keluvchi  asab  impulslari  ham  markazlarga  bevosita  ta’sir  etuvchi  kim yoviy 

ta’sirlovchilar  ham  refleks  y o ‘li  bilan  q o ‘z g ‘atadi.

Bu  yerda  biz  asosan  skelet  mushaklarining  faoliyati  bilan  b o g ‘langan 

uzunchoq  miya  markazlari  va  reflekslarini  k o ‘zdan  kechiramiz.  Vegetativ 

asab 

tizimidan 

innervatsiya 

oladigan 

ichki 

a’zolar 

va 

lomirlarning 

boshqarilishida  uzunchoq  miyaning  qanday  rol  o ‘ynashini  k o‘rib  o ‘tamiz.

Nafas  markazi  uzunchoq  miyaning  turli  qismlaridagi  neyronlarning  bir 

necha  guruhidan  vujudga  kelib,  yagona  funksional  tizim  hisoblanadi.  Nafas 

markazi  Varoliy  k o‘prigining  yuqori  chegarasi  bilan  uzunchoq  miyaning 

pastki  qismi  o ‘rtasida  to ‘rsimon  formatsiyaga  tegishli  sohada  joylashgan. 

Nafas  markazini  ayrim  yadroga  o ‘xshash  mustaqil  anatomik  tuzilma  deb 

hisoblash  kerakmi  yoki  nafas  harakatlarini  idora  etishga  ixtisoslashgan 

to ‘rsimon  formatsiya  b o ‘lagi  deb  qarash  kerakmi,  bu  to ‘g ‘rida  hanuz  aniq 

fikr  y o ‘q.  Umuman  olganda,  nafas  markazining  eng  muhim  qismlari 

pnevmotaksis,  ekspirator  va  inspirator 



markazlardir.  Impulslar  nafas 

markazidan  orqa  miyaning  diafragmani  va  qovurg‘a  аго  mushaklarni 

innervatsiyalovchi  motoneyronlariga  keladi.  Xuddi  shuning  uchun  ham  orqa 

miyani  4 -b o ‘yin  segmentining  yuqorisidan  qirqib  q o ‘yish  natijasida  nafas 

olish  to‘xtaydi.

Nafas  markazining  ritmik  faoliyati  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyadagi 

boshqa  markazlar  holatiga  ta’sir  etadi.  Yurak  faoliyatini  idora  etuvchi 

markaz  bilan  nafas  markazi  o ‘rtasidagi  b ogian ish   ayniqsa  yaqqol  k o ‘rinadi. 

Nafas-olish  yyrak  refleksi, 



yoki 

nafas aritmiyasi 



shu  b ogian ish   natijasidir.

Uzunchoq  miya  yadrolari  ovqat  chaynash,  emish  (so ‘rish),  yutish, 

q o ‘sish,  aksa  urish,  y o ‘talish,  k o ‘zni  o ‘chirish  va  boshqa  reflekslarni 

bajarishda  qatnashadi.  Bu  reflekslar  bosh  miyasining  katta  qismi  b o im a y  

turib  tu g ilg a n   bolalar 

(anensefallar) 



da  ham  kuzatiladi.

Emish  (so‘rish) 



harakatlari  yangi  tug‘ilgan  bolaning  labiga  tegilganda 

namoyon  b o ia d i.  Bu  refleks  uchlik  asabning  sezuvchi  oxirlari  ta’sirlanganda 

yuzaga  chiqadi,  q o ‘z g ‘alish  uchlik  asabdan  uzunchoq  miyada  yuz  asabi 

bilan  til  osti  asabining  motor  yadrolariga  o ‘tadi.

Ovqat  chaynash 



o g ‘iz  b o ‘sh lig ‘idagi  retseptorlarning  ta’sirlanishiga 

javoban  refleks  y o ‘l  bilan  yuzaga  chiqadigan  harakat  reaksiyasidan  iborat. 

Nem is  olim i  R.Magnusning  m aium otlariga  k o‘ra,  ovqat  chaynash  markazi 

uzunchoq  miyada joylashgan.

Ovqat  yutish 



jarayonini  ikki  fazadan  iborat: 

1)  ovqat 

luqmasi 

shakllanib,  halqum  b o ‘sh lig‘iga  yaqinlashtiriladi; 

2)  ovqat  yutilib,  halqum 

mushaklari  qisqaradi,  ayni  vaqtda  tanglay  pardasi  k o ‘tariladi,  hiqildoq  usti

www.ziyouz.com kutubxonasi



tog‘ayi  esa  pastga  tushadi.  Bu  mexanizmning  birinchi  qismi  ixtiyoriy, 

ikkinchi  qism i-ixtiyorsiz-shartli  refleksi  y o ‘li  bilan  boshqariladi.

Ovqat  yutish  vaqtida  uchlik  asab,  til-halqum  asabi  va  adashgan 

asabning  afferent  tizimlari  qatnashadi.  Bu  refleksni  yuzaga  chiqishi  uchun 

k o ‘pgina  yadrolaming  funksional  birlashmasi  ishtirok  etadi.

Q usish  refleksi-halqum,  m c’da  retseptorlari  va  vestibuloretseptorlar 

ta’sirlanganda  yuzaga  chiqadi.  Qusish  vaqtida  m e’daning  kirish  y o ‘li 

ochiladi,  ichak  mushaklari  va  m e’da  devorlari  qisqaradi,  qorin  pressi  va 

diafragma  mushaklari,  halqum,  hiqildoq,  til  va  o g ‘iz  mushaklari  ham 

qisqaradi,  s o ‘lak  va  k o‘z  yoshi  chiqadi.  Shu  retseptorlardan  afferent  tolalar 

orqali  uzunchoq  miyaga  keluvchi  impulslar  uzunchoq  miyadagi  shuningdek 

orqa  miyadagi  k o ‘pgina  effektorlarga  borib,  qusish  refleksini  yuzaga 

.'hiqaradi.

A ksa  urish  refleks  y o ‘li  bilan  nafas  chiqarishdan  iborat  murakkab 

rcaksiya  b o iib ,  uchlik  asabning  burundagi  retseptorlari  ta’sirlanganda  kelib

chiqadi.

Y o‘tal  ham  him oyaviy  refleks  y o i i   b o iib ,  hiqildoq,  kekirdak  (traxeya) 

va  bronxlarning  shilliq  pardasi  ta’sirlanganda  kelib  chiqadi.  Aksa  urishga 

qarama-qarshi  o ia ro q ,  y o ‘talda  burun  teshigi  berkilmaydi,  balki  o v o z 

yorig‘i  yumiladi.  Y o ‘talishda,  aksa  urish  reaksiyasiga  kabi,  efferent  tolalar 

qatnashadi,  afferent  siganllar  esa  adashgan  asab  tolalari  tarkibida  o ‘tadi.

K o‘zni  uchirish  ham  himoya  refleksi  b o iib ,  k o ‘zning  shox  pardasi 

bilan  kon’yunktivasi  ta’sirlanganda  kelib  chiqadi,  bu 

pardalar  uchlik 

asabning  afferent  tolalaridan  innervatsiyalanadi.  Ulardan  keluvchi  impulslar 

uzunchoq  miyada  yuz  asabining  harakatlantiruvchi  yadrosiga  o ‘tadi,  natijada 

ko‘z  qovoqlari  yumiladi.

Yuqorida  sanab  o ‘tilgan  barcha  reflekslardan  tashqari,  uzunchoq  miya 

tcvarak-atrofdagi  olamda  y o ‘l  topishga  va  mushaklar  tonusini  boshqarishga 

imkon  beradigan  reflektor  mexanizmlarda  qatnashadi.  Tegishli  reflekslam i 

yuzaga  chiqaradigan  afferent  impulslar  V-XII  miya  asablar  (jumladan, 

vcstibular  asablar)  orqali,  shuningdek,  yuz,  b o ‘yin,  q o i-o y o q   va  tana 

mushaklarining  retseptorlaridan  impuls  o ‘tkazuvchi  orqa  miya  asablari  orqali 

keladi.

Shunday  qilib,  uzunchoq  miya  bilan  Varoliy  k o ‘prigi 

murakkab 

rcaksiyalarni  yuzaga  chiqara  oladi.

0 ’rta  m iya

0 ’rta  miyada  to ‘rt  tepalik  yadrolari  (ular  Silviy  suv  y o iin in g   ustida 

qopqoq-  tectum  sohasida  joylashadi),  qizil  yadro,  k o ‘zni  harakatlantiruvchi 

va  g ‘altak  asablarning  yadrolari  va  qoramtir  modda  (substantia  nigra)  bor. 

Talamusga,  katta  yarim  sharlarga  va  miyachaga  impuls  olib  boradigan 

barcha  k o ‘tariluvchi  y o ila r   va  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyaga  impuls

www.ziyouz.com kutubxonasi



yetkazib  beradigan  tushuvchi  у о к11аг  o ‘rta  miya  orqali  o ‘tadi.  Uzunchoq 

miyadagi  kabi,  o ‘rta  miyada  ham  to ‘rsimon  formatsiya  neyronlari  bor  (123- 

rasm).

0 ’rta miya funksiyalari



0 ’rta  miya  yadrolari  bir  qancha  muhim  reflektor  funksiyalarni  bajaradi.

To‘rt  tepalikning  oldingi  do‘mboqlari  birlamchi  ko‘ruv  markazlari 



b o iib ,  y o ru g iik   ta’siriga  javoban  ba’zi  reflekslarning  yuzaga  chiqishida 

qatnashadi.  Bu  rcflekslarga  k o ‘rish  -  

chamalash 



(oriyentirovka) 

reflekslari 



kiradi.  Bu  reflekslar  shundan  iboratki,  hatto  yarim  sharlardan  mahrum 

b o ig a n ,  ammo  o ‘rta  miyasi  butun  qolgan  hayvon  y o ru g iik   ta’siriga  javoban 

k o‘z  va  tana  harakatlari  bilan  reaksiya  k o ‘rsatadi.  T o ‘rt  tepalikning  oldingi 

d o ‘mboqlari 

qorachiq 



(k o ‘z  ichiga  tushadigan  hamma  yoru giik   nurlarini 

rangdor  parda  markazidagi  teshik  o ‘tkazadi,  shu  teshik  qorachiq  deb  ataladi) 

refleksining  yuzaga  chiqishida  qatnashadi.  0 ’rta  miyaning  birlamchi  k o ‘ruv 

markazlari  bilan  aloqador  reflekslarga 

ko‘z  akkomadatsiyasi 



(turli  masofada 

to ‘r  pardaning  moslashuvi)  va  k o‘ruv  o ‘qlarining  bir  nuqtaga  q o‘shilishi  -  

konvergensiya 



kiradi.

To‘rt  tepalikning  orqa  do‘mboqlari  birlamchi  eshituv  markazlari 



b o iib ,  tovush  kelayotgan  tomonni  chamalab  bilish  reflekslarining  yuzaga 

chiqishida,  hayvonlarning  q ulog‘ini  ding  qilishida,  boshi  va  tanasini  tovush 

kelayotgan  tomonga  burishida  qatnashadi.

0 ’rta  miyaning 

qizil  yadrosi 



tushuvchi  rubrospinal  y o ‘1  boshlanadigan 

joy  hisoblanadi.  Bu  y o ‘l  orqali  orqa  miya  segmentlariga  kelib  turadigan 

impulslar  skelet  mushaklarining  tonusini  boshqaradi.  Qizil  yadrodagi  yirik 

neyronlarni  elektr  toki  bilan  ta’sirlash  orqa  miyadagi  bukuvchi  alfa  va 

gamma  motoneyronlarni  q o ‘z g ‘atib,  yozuvchi  motoneyronlarni  tormozlaydi 

( 123-rasm).

123-rasm.  0'rta   miyaning  tuzilishi.

1-5  yo'llar:  1-oldingi  p o 'stloq-ko‘prik  yo'li,  2-kortikonuklear  уоЧ,  3-yon  kortikospinal 

yo'li,  4-oldingi  kortikospinal  y o ‘li,  5 -p o ‘stloq-ko‘prik  y o 4 i,  6-Silviyev  vodoprovod,  7- 

pastki  ikki  tepalik,  8-to'rsim on form atsiya,  9-medial  leminsk,  10-yon  leminsk,  11 -qoram tir

modda,  12-qizil  yadro.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Rubro-spinal  y o ‘ldan  orqa  miyaga  tushuvchi  impulslar  samarasi  keyingi 

miyadagi  Deyters  yadrosidan  boshlanadigan  vestibulospinal  y o ‘l  b o ‘ylab 

keluvchi  impulslarnikiga  qarama-qarshi:  ular  yozuvchi  mushaklarning  alfa 

va 

gamma-motoneyronlarini 

q o‘z g ‘atib, 

bukuvchilarnikini 

tormozlaydi. 

0 ’zaro  b o g ‘langan  qizil  va  Deyters  yadrolari  bir-birini  tormozlab  turadi. 

Natijada  yozuvchi  mushaklar  tonusi  pasayadi.  Bu  ikkala  yadroni  b ogian gan  

y o ila r   kesilsa  (miya  to ‘rt  tepalikning  orqa  d o ‘mboqlari  pastidan  kesilsa) 

o y o q -q o i,  orqa,  dumni  yozuvchi  mushaklar  tonusi  keskin  oshib  ketadi- 

hayvonda 

deserebratsion  rigidligi 



rivojlanadi.

0 ’rta  miyasi  butun  qolgan  odam  va  hayvondagi  chamalash  reflekslarida 

harakat  reaksiyalari  bilan  bir  qatorda  ba?zi  vegetativ  o ‘zgarishlar  ham 

kuzatiladi;  yurak  faoliyati  ritmining  o ‘zgarishi,  arterial  bosimning  o ‘zgarishi 

va  hokazolar  shu  jumladandir.

Qoramtir  modda  (qoramtir  substansiya) 



ovqat  yutish  va  chaynash 

reflekslari  kabi  murakkab  jarayonlarning  u yg‘unlanishiga  bevosita  daxldor. 

Bu  modda  ta’sirlanganda  ovqat  yutish  hafakaltari  yuzaga  chiqib,  nafas  olish 

lcgishlicha  o ‘zgaradi  va  q o ‘l  barmoqlarining  juda  aniq  bajariladigan  mayda 

harakatlarini 

yuzaga 

chiqarishda 

va 

binobarin, 

tonusning 

nozik 

boshqarilishida  rol  o ‘ynaydi,  degan  k o ‘rsatmalar  ham  bor.  Qora  modda 

zararlanganda  mushaklar  tonusi  oshib  ketadi,  ya’ni 

gipertonus 



ro‘y  beradi 

(Suvorov,  1986).  Qoramtir  moddani  targ‘il  tana  bilan  b o g io v c h i  y o ila r  

shikastlanganda  o g ‘ir  xastalik  -   Parkinson  kasalligi  rivojlanadi.  Buning 

natijasida  harakatlantiruvchi  funksiyalar  buziladi.

Deserebrasion  rigidlik



Hayvonlaming  miya  ustuni  uzunchoq  miya  yuqorisidan  qirqilib, 

qizil 


yadrolar 

shu 

chiziqdan 

yuqorida 

qoldirilsa, 

tana 

mushaklarining 

deserebratsion 

rigidlik 

degan 

maxsus 

holati 

vujudga 

keladi. 

(Ch.S.Sherrington).  Bu  holat  yozuvchi  mushaklar  tonusining  kcskin  darajada 

ortishi  bilan  ta’riflanadi. 

Hayvon  q oi-oyoq larin i  raso  uzatib,  boshini 

orqasiga  qayiradi,  dumi  k o ‘tarilib  turadi.  Oyoqlarni  z o ‘rlik  bilan  bukish 

to‘xtatilgach,  ular  yana  yoziladi  (124-rasm).

www.ziyouz.com kutubxonasi



124-rasm.  Deserebratsion  rigidlik.

P-bosh  miya  yarim  sharlari  po  ‘stlog ‘i,  Um-uzunchoq  miya,  Om-orqa  miya.  l-uzunchoq 

miyaning  yuqorisidan  kesilgan jo y i  (qizil  yadrolar  kesilgan  chiziqning  yuqorisida 

joylashgan).  II  va  III-tonik  va  statik  rejlekslarining  o ‘zgarishi  va  ular  uchun  xarakterli

mushaklar pozalari.

Miya ustunining tonik  va statik  reflekslari



Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling