Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


ORALIQ,  VULVA VA QINNING YIRTILISHI


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

ORALIQ, 
VULVA VA QINNING YIRTILISHI
Homilaning tug‘ilish davrida qin, vulva va oraliq anchagina cho‘ziladi. Oraliqning yirtilishi akusherlik 
patologiyasining ko‘proq uchraydigan turlaridan bo‘lib, tug‘uvchi ayollarning o‘rta hisob bilan 10 % da 
kuzatiladi. Oraliq yirtilishi quyidagi holatlarda kelib chiqadi: 1) yoshi kattaroq birinchi marta tug‘ayotgan 
ayollarda to‘qimalar elastikligining yo‘qolganligi, avvalgi tug‘ruqdan 
keyin chandiqlar qolganligi
, oraliqning 
baland ekanligi; 2) homila boshining noqulay o‘lcham bilan yorib chiqishi – homila 
boshi yozilib oldinda 
yotganda
, haddan tashqari katta bo‘lganda; 3) operatsiya qilib tug‘dirish – qisqich solish; 4) 
tor chanoq

ayniqsa yapaloq raxitik chanoq (boshning tez yorib chiqishi) va infantil chanoq – qov burchagining torligi; 5) 
tug‘ruqni noto‘g‘ri 
boshqarish
, homila boshining barvaqt yozilishi va tez yorib chiqishi. Homila boshining 
tobora tazyiq ko‘rsatishi natijasida oraliq gumbazga o‘xshash do‘ppayib chiqadi, ko‘karadi va shishadi. Oraliq 
terisi keyinchalik oqaradi, yaltiraydi, mayda-mayda yoriladi. Bu o‘zgarishlar oraliqning yirtilishi xavfi borligini 
ko‘rsatadi. Oraliqning yirtilish xavfi paydo bo‘lganda, oraliq o‘rtasidan qirqiladi – perineotomiya deb aytiladi. 
Kesilgan jarohatning silliq chetlari choklangach yaxshiroq bitadi. Oraliq yiritilishi 3 darajaga bo‘linadi. Birinchi 
daraja yirtilish – orqa bitishma (oraliq bilan qin devori o‘rtasidagi kichkina teri parchasi) uziladi, oraliq 
muskullari shikastlanmaydi (140-rasm). 290 Ikkinchi darajali yirtilish – oraliq terisi qin devori 
va oraliq 
muskullari uziladi
, to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteri butun qoladi (141-rasm). Uchinchi darajali yirtilish – 
yuqorida ko‘rsatilgan to‘qimalar va to‘g‘ri ichakning tashqi sfinkteri, ba’zan devori ham yirtiladi (142-rasm). 
Bu to‘la yirtilish deyiladi. Kamdan kam hollarda chot markazidan yirtiladi. Oraliq to‘qimalarning yirtilishi 
infeksiya kirish jihatidan xavfli. Oraliq uchinchi darajali yirtilganda gaz va axlat tutib bo‘lmaydi. Oraliq 
yirtilishning har biri choklanishi lozim. 
 



Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling