Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

Nutqiy faoliyat 
(Languege)
til (Langue) 
nutq (parole)
sinxroniya
diaxroniya
Nutqiy faoliyat doirasida ikki asosiy tushunchani — til (langue) 
va nutq (parole) ni ajratdi. Shu asosda hngvistikani ham ikki turga — 
til lingvistikasi va nutq lingvistikasiga bo‘Idi. Lekin amalda asosan 
til lingvistikasiga e'tiborini qaratdi.
Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt, 
yosh gram m atikachilar maktabi va Boduen tom onidan bayon 
qilingan b o is a ham, lekm F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining 
markaziga aylantirdi.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xolodovichning e ’tiro f etishiga ko‘ra, Sossyurning bu dixo- 
tomiyasiga murojaat etm agan biron bir fikrlovchi lingvist topilmasa 
kerak.
Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tom oni mavjud: 
individual va sotsial. Ulam i bir-birisiz tasaw ur qilish mumkin emas. 
«Til» nima degan savolga javob berar ekan, u «til» tushunchasiga 
«nutqiy fa o liy a t» tu sh u n ch a si teng kelm asligi, «til» «nutqiy 
faoiiyat»ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial 
mahsulot ekaniigi, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud 
bojgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini
 
ta'kidlaydi.1
F.de Sossyur tilnfng belgilar sistemasi ekanligini e ’tirof etish 
bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi. 
U tilni m unosabatiar yig‘indisi sifatida ijtimoiy hodisalar qatorida 
o ‘rganar ekan, unm g boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi belgili 
xarakteri ekanligini, «til g ‘oyaiarni ifodalovchi belgilar sistemasi» 
ekanligini bayon qiladi.
Uning fikricha, til — bu bir ijtimoiy jamoaga mansub bo‘lgan 
kishilaming nutqiy amaliyoti orqali to ‘plangan bir xazinadir. Bu 
har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, 
to ‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech 
bir alohida indivldda to ‘liq mavjud bo'lm aydi, u to ‘liq holda faqat 
jam oada mavjud bo ‘ladi.2
Nutqiy faoliyatni til va nutqqa bo'lar ekan, bu bilan F.de Sossyur 
sotsiallikni individuallikdan, m uhim ni nom uhim dan, qo‘shimcha, 
tasodifiy holatlardan farqlanishini bayon qiladi.
F.de Sossyur tilning so‘zlovchi faoliyati (fonetion) emas, balki 
so'zlovchi tom onidan passiv ro ‘yxatga olinadigan tayyor mahsulot 
ekanligini ta ’kidlaydi.
Alan G ardinerning ta'k id lash ich a, F.de Sossyurnm g katta 
xizmati shundaki, u «til» va «nutq» o ‘rtasidagi farqlanishga e ’tibor 
qaratdi. Bu shunday m uhim farqlanishki, u keyinchalik har qanday 
grammatikaning ilmiy tadqiqi uchun m uqarrar asos b o ‘lib qoladi.3
SossyurF.de. 0 ‘shaasar, 47-bet.
Sossyur F.de. 0 ‘sha asar, 52-bet.
3 rapdunep A. Pa3;iHHne Me»cty «penbio» 

«ri3biKOM». — 3BermmeB 
B.A. 
HcTOpna H3bIK03HailHK 
XIX 
M
XX 
BeKOB 

OHepKaX H H3BJieHeHHHX. H.II. — M.,
1960, c. 13.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bugungi kunda bunday farqlanish, darhaqiqat, har qanday 
lingvistik tadqiqot uchun tayanch nuqtaga aylanib qoldi. Hozirgi 
davrda bu farqlanishni e'tiro f ctmagan biron bir tilshunos topilmasa 
kerak.
Shunday bo'lishiga qaram asdan, til-nutq dixotomiyasi olg'a 
surilgandan buyon bu farqlanishga yondashuv, uning talqini 
tilshunoslar o'rtasida bir xil bo ‘Igan emas.
Xususan, O.Yespersenning 1925- yil Osloda nashr etilgan 
«Insoniyat, millat va individ lingvistik nuqtayi nazaridan» mavzusi- 
dagi m a’ruza matnlaridayoq «til» va «nutq» haqidagi qarashlari F.de 
Sossyur qarashlaridan anchagina farq qilishining guvohi bo'lamiz.
O. Yespersinning fikricha, til va nutq o ‘rtasidagi farqlanish 
individ va jam iy at o ‘rtasidagi lingvistik od at farqlanishning 
gavdalanishidir. Xususan, u nashr etilgan m a’ruza m atnining 
16-sahifasida «til» va «nutq» o ‘rtasidagi farqlanishida men individual 
«ong»ga qarama-qarshi qo'yilgan «xalq ongi», «jamoa ongi» yoki 
«to‘da ongi» nazariyasining variantidan boshqa hech narsani 
ko‘rmayman, deb yozadi. Ana shu fikrlar asosida m uallif shunday 
xulosa qiladi: har bir individ o ‘zining nutqi uchun tashqaridan 
beriladigan me'yorga ega bo'ladi. Amalda u boshqalaming individual 
nutqlarini kuzatish yo‘li bilan qo ‘lga kiritiladi. Shu asosda aytishimiz 
mumkinki, til (la langue) go‘yo nutqning (la parole) ko‘pligidir. 
Bu xuddi «ko‘p otlar» «bir necha» otlardan tashkil topganiga 
o ‘xshaydi. Y a’ni ot, + ot2 + ot3 m unosabatida o t2 ot, dan, o t3 esa 
ot, dan m a’lum belgilari bilan farq qiladi. Xuddi shunga o ‘xshash 
barcha individual tillar jam lanib milliy tilni hosil qiladi.
Ana shu asosda O.Yespersen Sossyurning til va nutq farqlanishi 
haqidagi nazariyasini o ‘zicha izohlaydi. Uning ta ’kidlashicha, 
individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir. Yoki nutq 
individning lingvistik odatlari yig‘indisidir.
Alan Gardiner individual «til» va individual «nutq» haqidagi olimlar 
fikrlariga to‘xtalar ekan, bunga Sossyuming munosabati haqida shunday 
yozadi: «Men shunga aminmanki, u individual «til» va «nutq» o ‘rtasida 
xuddi jamiyat tili va uning har bir a’zosi nutqi o ‘rtasida katta farqlanish 
mavjud bo'lgani kabi farqli tomonni ajratadi».‘
1 Gardiner A. 0 ‘sha asar, 14-bct.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


A .G ardinerning fikricha, har qanday lug'at va har qanday 

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling