Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari
/
imiiihmctmkm . — Tpy/ibi no o6meMy m 3 i , iko - 3H3HHIO. - M.: «riporpecc», 1977, c. 39. 27 www.ziyouz.com kutubxonasi uning fikrlari ayrim dalillar bilan cheklangan bo ‘lib, chuqur ilmiy xulosalardan yiroq edi. F.Boppning xizmati sanskrit tilining Ovro'pa va Osiyodagi bir qator tillar bilan qarindoshligini ochish bilan belgilanmaydi. Uning lingvistika tarixi oldidagi xizmati shundaki, qarindosh tillarning o ‘zaro m unosabatini o ‘rganuvchi alohida fanni shakllantirish mumkinligini angladi. Sossyurning e'tiro f etishicha, F.Boppning katta xizmati bir tilni unga o'xshash boshqa bir til asosida tahlil etish, bir tilga xos bo‘lgan shaklni boshqa bir til shakli vositasida izohlashdir. F.B oppning bunday katta yutuqqa erishuviga sanskritning ochilishi muhim rol o ‘ynadi. Lotin va yunon manbalaridan tashqari, uchinchi manba — sanskrit tili materiallarini ham qiyoslab o‘rganish imkoniyatiga ega bo ‘ldi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanishida F.Bopp bilan bir vaqtda germ anistikaning asoschisi Yakov G rim m ning ham xizmati kattadir. Maks Myuller, Avgust Shleyxcrlar tilshunoslikning bu yo‘nalishini yangi materiallar bilan boyitdilar. Shuni ta ’kidlash kerakki, bu ntaktab hosildor qo‘riqni ochgan bo ‘lsalar-da, Iekin ularga ham haqiqiy ilmiy lingvistikani yaratish baxti nasib etmadi. 0 ‘rganilayotgan obyektning tabiatini ochish masalasi ularning nazaridan chetda qoldi. Ularning xatosi shundan iboratki, o ‘z tadqiqotlarida chcga- ralan g an tilla r, y a ’ni h in d -o v ro ‘pa tillari doirasi b ilan g in a cheklandilar va o ‘z oldilariga qiyoslash natijasi nintaga mos kcladi, kashf qilinayotgan m unosabat nimani bildiradi kabi savollarni qo ‘ymaydilar. Ularning tadqiqotlari tarixiylik o'rniga, asosan qiyosiy b o ‘lib qoldi. Sossyurning fikricha, qiyoslash tarixiy haqiqalni yoritishda zaruriy shart-sharoit tug'diradi. Lekin faqat qiyoslashning o ‘zi bilan cheklanish o ‘rganiIayotgan obyekt haqida to ‘g‘ri xulosa chiqarishga olib kclmaydi. Faqat XIX asrning 70-yillaridan boshlab tillarning yashash sharoiti qandayligi masalasi e ’tiborni torta boshladi. N atijada tilshunoslikning yangi davri boshlandi. Bu davr yosh gram - matikachilar davri hisoblanadi. Ularning xizmati shunda boMdiki, 28 www.ziyouz.com kutubxonasi qiyoslash natijalarini tarixiy istiqbolga qo'shdilar va dalillarrri tabiiy tartibda joyladilar. Natijada til o ‘zi rivojlanayotgan organizm sifatida emas, balki til guruhlari jamoasining ruhiy hosilasi sifatida qarala boshlandi. Lekin bu maktabning tilshunoslik oldidagi xizmatlari qanchalik katta bo‘lishiga qaramasdan, hamma masalalarga oydinlik kiritdi, deb bo'lmaydi. Umumiy lingvistikaning asosiy masalalarini hal qilish yana ochiq qoldi.1 Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi» bo'yicha m a'ruzalari ana shu masalalarni yoritishga bag‘ishlandi. Bu asarning maydonga kelishi tilshunoslik tarixida sistcm aviy-struktur tilshunoslikning shakllanishiga olib keldi. F.de Sossyurning dunyo tilshunosligida bunchalar katta shon- shuhratga olib kelishiga sababchi bo‘lgan omillar nima edi? Sossyur yosh gram m atikachilarning individual til haqidagi g‘oyasini davom ettirgan holda, tilda individuallik va sotsiallik o ‘rtasidagi munosabatga asosiy e'tiborni qaratdi. Shuningdek, V.Gumboldtning til «crgon» emas, balki «energiya» ekanligi haqidagi g'oyasidan foydalangan holda tilshunoslikning o ‘rgarrish obyekti nutqiy faoliyat bo'lishi lozim, degan xulosaga keladi. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling