Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Tilning belgilar sistem asi ekanligi


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

Tilning belgilar sistem asi ekanligi
F.de Sossyur lingvistik konsepsiyasining yana bir muhim jihati 
tilning belgilar sistemasi ekanligi haqidagi qarashidir.
Til kishilar o ‘rtasidagi eng m uhim aloqa vositasidir. U obyektiv 
borliqdagi m a’lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy 
vositadir. Bundan axborot tashishning boshqa yo'llari ham borligi 
m a’lum bo'ladi. M asalan, yo‘l harakatidan maMumot beruvchi 
vositalar, yo'ldan o ‘tish-o‘tmaslik xabarini beruvchi vositalar va 
boshqalar. Bu jih atd an til ham axborot berish uchun xizm at
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladigan yuqoridagi vositalar sirasida turadi. Ularning hammasi 
uchun um um iy narsa, avvalo, o ‘zi haqida va shu bilan birga 
borliqdagi boshqa m a’lum n arsa-h o d isalar haqida m a’lum ot 
berishdir. Bunday vositalar b e l g i l a r deb nomlanadi.
Inson o ‘zini qurshab turgan olam ni bilish jarayonida olam 
unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks 
etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning 
har qanday moddiy ifodalovchilari b e l g i hisoblanadi.
Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va 
universal tomonidir.
XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar 
shug‘u llan d ilar. F aq at XIX asr oxiridan boshlab bu m asala 
ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi.
Belgi haqidagi falsafiy nazariya o ‘zinirig uzoq tarixiga ega.
Qadimgi ellinlar narsanmg mohiyati va ularning nomlanishi 
yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga 
asoslangan edilar.
Faylasuflar ta 'sirid a XIX asrdan ooshlab tilning um um iy 
nazariyasiga bag‘ishlangan dcyarli barcha lingvistik asarlarda so‘z 
ikki tom onlam a xarakterga ega bo‘lgan bclgi sifatida talqin qilina 
boshiadi. V. G um boldt, Shleyxer, Shteyntal, L. Breal, A. Meye, 
F. Fortunatov, I.A. Boduen de Kurtene, N. Krushevskiy asarlarida 
so‘zga belgi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur 
tilning belgili tahiatini aniq-ravshan yoritib berdi. H atto belgi 
nazariyasi bilan shug'ullanuvchi alohida fan — semiologiya fani 
mavjud bo ‘lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi 
lozimligini ta'kidladi.
Bir to m o n d a n , stru k tu ralizm n in g m uvaffaqiyati, ikkinchi 
to m o n d an , sem iotika fanining rivojlanishi tufayli 50-yillardan 
boshlab belgi m uam m osiga qiziqish yanada ortdi. Lingvistik 
m uam m olam i semiotik aspektda o ‘rganish lingvistikaning o ‘zini 
ham o ‘rnining o ‘zgarishiga olib keldi. U ham inson bilimlari 
sistemasida markaziy o ‘rin oluvchl fanga aylandi.
Hozirgi kunda belgining turli aspektlarini hisobga oluvchi turli 
ta ’riflari mavjud. Uning ham m a qirralarini hisobga olgan holda 
Yu.S. Maslov shunday ta 'rif beradi: «Belgi — bu idrok qilinadigan
36
www.ziyouz.com kutubxonasi


narsa bo ‘lib, idrok qiluvchiga o ‘zi haqida va ushbu belgidan tashqari 
b o ‘lgan boshqa narsa haqida ma'lumot beruvchi vositadir».
Belgini aniqlashda, odatda, uning ikki xususiyati ko‘rsatiladi: 
belgining birinchi xususiyati idrok qilinishdir. Demak, u idrok 
qilinishi uchun m a’lum moddiy asosga ega bo'lishi kerak. Belgining 
moddiy asosi turlicha boMlshi m umkin; tovush (akustik), ko'rish 
(optik), maza (gustator) va boshqalar.
Belgining ikkinchi xususiyati o ‘zi haqida va boshqa obyekt 
haqida ma'lumot berishdir. Anglashiladiki, har qanday belgida o ‘zaro 
m a’lum munosabatda bo‘lgan ikki obyekt mavjud bo'ladi. Obyektlar 
o ‘rtasidagi munosabat ikki xil: sabab-natijali munosabat va shartli 
m unosabat. Sabab-natijali m unosabatda o 'z a ro m unosabatda 
b o ‘lgan o b y e k tla r m o tiv la n g a n , s h a rtli m u n o s a b a td a esa 
motivlanmagan bo‘ladi. Obyektlar o ‘rtasidagi bu ikki munosabatni 
quyidagi sxemalar orqali ifodalash mumkin.

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling