Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

b) tarbiyaviy maqsad: ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash; uni 
asrab-avaylash, sofligini saqlash tuyg’ularini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Komiljon: – Yer kurrasini ko‘ryapsizlarmi? U bizning ona 
sayyoramiz, ona zamindir. Yer – bizning yashash makonimiz. Uni yana 
qanday nomlar bilan ataymiz?
Topshiriq.
 Qo’yilgan muammo:  Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlar 
o‘rniga ma’nodoshlarini qo‘ying. O’QIB TUSHUNISH ko’nikmasini 
rivojlantirish uchun mo’ljallangan. 
O‘zbekiston o‘zining yerosti va yerusti boyliklariga ko‘ra dunyoning 
eng ko‘zga ko‘ringan davlatlaridan biridir. Yurtimizda 2700 ga yaqin 
istiqbolli konlar mavjud. Respublikamizda oltin, mis, neft, tabiiy gaz, 
ko‘mir, kaliy tuzi kabi noyob qazilmalar mavjud. Mamlakatimiz oltin 
zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uran zaxiralari bo‘yicha yettinchi-
sakkizinchi, mis zaxiralari bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadi. (“Internet” 
materialidan)
Yechim:
Matndagi so’zlar
Ma’nodoshlari
boylik
xazina, ganjina (mol-dunyo, davlat)
dunyo
olam, jahon, koinot
davlat
yurt, mamalakat
oltin
tillo, zar
noyob
tanqis, kamyob
o’rin
joy, mavqe 
Qoidani tushuntirishda shakl va ma’no so’zlariga alohida utg’u 
berilishi kerak. 
Tushunchalar misol
Shakl(yozilishi)
Ma’no
Sinonim
ahil-inoq
+
Omonim
sir-sir
+
Antonim
yaxshi-yomon
paronim
yondosh-yondash
- (biroz farqli)
257-mashq.
 Qo’yilgan muammo: YOZING. Ajratilgan so‘zlarga 
izoh bering. 
1. Salomatlik – tuman boylik. Biz tuman markaziga – sport 


146
musobaqasiga bordik. 2. Rang ko‘r, hol so‘r. Ko‘r hassasini bir marta 
yo‘qotadi. 3. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Esing borida 
biron kasbning etagini tut. 4. Yer – xazina, suv – gavhar. Mehnat qilgan 
katta yer. 5. Qovun ekkan qovoq olmas. Uning qovog‘idan qor yog‘ilar 
edi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling