Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

252-mashq.
 Uyga vazifa. Ustozim ulug‘” mavzusida ko‘chirish 
qoidalariga amal qilib, 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing.
70-dars. O‘ZBEK TILINING LUG‘AT BOYLIGI
 
 Darsning a) o‘quv maqsadi: o’quvchilarga o’zbek tilining lug’at 
boyligi va undan unumli foydalanish haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash; uni 
asrab-avaylash, sofligini saqlash tuyg’ularini singdirish;
v) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
2006–2008-yillarda “O’zbek tilining izohli” lug’ati chop etilgan edi. 
2020 –yil esa 80000 mingdan ortiq so’zni o’z ichiga olgan holda qayta 
nashr etildi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida izohli-
lugat.uz veb-saytiga elektron shaklda joylandi.
Komiljon: – Bilasizlarmi, o‘zbek tili dunyodagi eng boy va 
go‘zal tillardan biridir. Tilimiz dagi so‘zlar miqdori, ta’sirchanligi, 


144
ifodaviyligiga ko‘ra hayotimizda alohida o‘rin tutadi.
Donoxon: – Bu so‘zlar bizning xazinamiz, katta boyligimizdir. 
Kelinglar, quyidagi rasmga qarab, “Tilimizning tillo sandig‘i ” degan 
mavzuda suhbatlashaylik. Boshladik bo‘lmasa!
253-mashq. 
Qo’yilgan muammo: Qavs ichidagi so‘zlardan mosini 
tanlab, maqollarni to‘g‘rilab YOZING. O‘zbek tilining so‘z boyligi 
bo‘yicha suhbatlashing. GAPIRISH va YOZISH ko‘nikmasini 
shakllantirishga qaratiladi.”Kim zukko” metodi orqali mashqni 
bajarish mumkin. 
Yechim:
1. (Qo‘li, mushti, bilagi) zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – 
mingni. 2. Ilm – (miya, bosh, aql) chirog‘i. 3. Uchishga qanot kerak, 
o‘qishga (sabot, toqat, qanoat) kerak. 4. (Chiroy, go‘zallik, husn) ilm-u 
ma’rifatda.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling