142
247-mashq.
Uyga vazifa. Berilgan so‘zlarning imlosiga diqqat
qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Oy-u kun, kecha-kunduz,
rang-barang, ko‘raylik-chi, 5-soat, 1-may,
yaxshi-da, shaharma-shahar, dum-dumaloq.
69-dars. KO‘CHIRISH QOIDALARI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga imlo me’yorlari
haqida tushuncha berish; ko’chirish qoidasi yuzasidan bilim va
ko’nikmalarini oshirish;
b) tarbiyaviy maqsad: inson hayotida ota va ustozning o’rni
beqiyosligini matn orqali singdirish; ularga hurmat hurmat ruhida
tarbiyalash ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsni bo’g’in ko’chirishning ahamiyatini aytishdan boshlash
tavsiya etiladi.
Bo’g’inning amaliy ahamiyati:
1. Satrga sig’may qolgan so’zlarni keying satrga olib tushish mumkin.
2. Barmoq vazni bo’g’inlar miqdoriga asoslanadi.
3. Maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’limda o’qish va yozishni
oson o’rganish uchun kerak bo’ladi.
Topshiriq. Matnni o‘qing, hikmatga diqqat qiling.
“Intervyu”
metodidan foydalanish tavsiya etiladi.
Bir hakimdan:
– Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi ko‘rasan, – deb
so‘rashdi.
– Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o‘tkinchi
hayotimning sababchisidir! – deb javob qildi u.
Do'stlaringiz bilan baham: