Topshiriq.
Matnni O‘QING. Ajratilgan so‘zlarga e’tibor
bering. Matn o’qish tushunish ko’nikmasini rivojlantirish uchun
mo’ljallangan. O’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan
o’qib eshittirilib, “Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi.
Adiblar xiyobonida
Keyingi yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy bog‘i hududida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga
oshirildi. Bu yerda “Adiblar xiyoboni” tashkil etildi.
Xiyobonda Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat,
Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen
Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari
atoqli shoir va yozuvchilar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik
majmualari yaratildi.
“Adiblar xiyoboni”ga kelgan kishi tabiat go‘zalliklaridan bahra
olib qaytishi shubhasiz. Bu mo‘jaz bog‘ga tashrif buyurgan har bir inson
adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siymolarning haykallari
poyiga gullar qo‘yadi. (“Ma’rifat gazetasi”dan)
Yechim:
Bosh harf bilan yozilgan so’zlar
Bosh harf bilan yozilgan so’zlar
Izohi
“Alisher Navoiy” bog’i
muassasaga atab qo’yilgan nom
Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy,
Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon,
Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov,
Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg
Kishilarning ismi, otasining
ismi, familiyasi, taxallusi
O‘zbekiston Milliy bog‘i
Atoqli joy nomlari
Bu yerda, Bu
Gapning boshlanishi
“Adiblar xiyoboni”
Atab qo’yilgan joy nomi
Munosabat bildiring.
1. Yuqorida nomlari sanalgan adiblarning ijodi bilan tanishmisiz?
2. Dunyo tanigan qaysi o‘zbek ijodkorlarini bilasiz?
242-mashq.
Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib YOZING. Bosh
Do'stlaringiz bilan baham: |