Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Yechim:
Tuman- o’n ming; ma’muriy bo’linish (Quva tumani).
Ko’r- ko’rmoq fe’li; ko’zi ojiz
Tut – meva; tutmoq fe’li.
Yer – yer-joy, tuproq ma’nosida; ye+r , ya’ni yemoq.
Qovoq – poliz ekini; ko’z kosasini qoplovchi, ochilib-yopilib 
turadigan teri.
258-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Avval ma’nosi bir-biriga yaqin 
so‘zlarni, keyin qarama- qarshi ma’noli so‘zlarni ko‘chiring.
Yechim:
Ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar
Qarama-qarshi ma’noli so’zlar
ko’kat-maysa
yutuq-kamchilik
yugurmoq- chopmoq
uzun- qisqa
bemor- betob- kasal
topmoq-yo‘qotmoq
paqqos tushirmoq- yemoq
259-mashq. 
Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlardan 10 ta YOZING. 
“Quvnoq alifbo” o’yini tavsiya etiladi. Bunda bir tovush bilan farq 
qiluvchi so’zlar qatorini hosil qilinadi. Qatordagi so’zlar talaffuz qilib 
ko’riladi va so’zning talaffuzdoshi tanlanadi. Ma’nosini izohlang: top 
– topmoq, tob – sog‘liq.
Yechim:
bob- bot, bop, bosh, bol, boq, bor; bob-kitobning bobi, bop- mos.
yot- yoz, yol, yon, yod, yor, yov; yot – begona, yod – es.
xol – tol, shol, qol, hol, mol, fol; xol-yuzdagi xol, hol – ahvol.
260-mashq.
 Uyga vazifa. O‘z yurtingiz haqida 10–12 gapdan 
iborat matn tuzib, sarlavha tanlang. Unda ma’nosi bir-biriga yaqin, 
zid ma’noli so‘zlardan, bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlardan 
foydalaning.
72-dars. SINONIMLAR. SINONIMIK QATORDA BOSH SO‘Z
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning sinonim so’zlar, 
sinonimik qator va undagi bosh so’z haqida tushunchalarini boyitish;

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling