Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

qo‘shimchalarga ajrating.
Kitob+xon, sino+v, bo‘yo+q, og‘ri+q, tila+k, kubog+i, yo‘g‘+i, 
olt(i)+ov, chir+illa, shov+ulla.
230-mashq. 
Uyga vazifa. Berilgan gaplarni ko‘chiring. Tovush 
o‘zgarishiga uchragan so‘zlarning tagiga chizing.
62-dars. ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI (davomi)
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda asos va qo’shimchalar 
1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga 
-v, -q, -qi, -vchi
qo‘shimchalari 
qo‘shilganda, a unlisi o aytiladi va yoziladi: sayla – saylov, qayna – qay 
noq, sayra – sayroqi. Shuningdek, o‘qi – o‘quv, sovi – sovuq, to‘qi – 
to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.
2. g tovushi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar 3 xil aytiladi va 
yoziladi: borgan, eshikka, chiqqach.
Eslatma: bargga, tog‘ga, og‘gan, sig‘guncha, pedagogga kabi so‘zlar, 
qanday aytilishidan qat’i nazar, asliday yoziladi.


130
imlosi haqida bilim va ko’nikma hosil qilish;
 b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga matnlarni tahlil qilish orqali 
sog’lom turmush tarziga rioya etish ko’nikmasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: tinglab tushunish, o‘qish; gapirish va 
yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsni avvalgi darsning mantiqiy davomi sifatida quyidagi she’riy 
topishmoq bilan boshlash tavsiya etiladi. 
Suv ostida ko’z yummay,
Bir so’z aytmay suzaman.
Muqim turmay bir joyda
Ko’p o’lkalar kezaman.
Tezroq topgin, toliqma,
Axir, bu men -----------(baliqman) 
231-mashq.
 Yozuvda aks etgan tovush o‘zgarishlariga uchragan 
so‘zlarni belgilang, tagiga chizing. So‘zlarida tovush o‘zgarishi 
uchramagan gapni ko‘rsating. 
Yechim:
1. Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi. 2. Xal-
qimizning tilagi bitta – tinchlik. 3. Yurtimizning xalqaro miqyosdagi 
obro‘yi kundan kunga oshib bormoqda. 4. Sportchilarning olimpiada 
o‘yinlaridagi ishtiroki hammamizni quvontirdi. 5. Dam olish kuni bog‘ga 
ko‘chat ekkani bordik.
Grammatik qoida o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling